Uyqusizlikning sabablari va davolash yo’llari, uy sharoitida malham tayyorlash

Uyqusizlik sabablari va davolash yo'llari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda qorin g’uldirashi, ichak kasalliklarini davolash hamda yo’talni davolash yo’llari haqida gaplashdik. Bugungi mavzumiz uyqusizlikning sabablari va davolash yo’llari haqida bo’ladi.

Uyqusizlikning belgilari:

Sezgilarning kuchliligi va boshning yengilligi, ko’z, til va burun teshiklarining quruqligi, boshning issiq va sovuq sezmasligi, uyqusizlikning belgisi bo’ladi.

Quruqlik bilan issiqdan bo’ladigan uyqusizlikning alomati, achishib alangalanish bilan birga quruq mijozlik belgilarining mavjud bo’lishidir. Ba’zan, tashnalik bilan birga ko’z tagi kuyishib achishadi.

Uyqusizlikning cabablaridan yana biri, xiltlarning buraqligidan bo’ladigan uyqusizlikda. Burun teshiklaridagi ho’llik, ko’zning ifloslanishi, boshda bir oz og’irlik sezilishi, uyqudan tez uyg’onish va bemorning yoshi xam sabab bo’ladi.

Joyning kuchli yorug’ligidan yoki ovqat sababli ham uyqusizlik bo’lishi mumkin. Savdo shishidan bo’ladigan uyqusizlikning belgilari, yuqorida bir necha bor aytilgan belgilardir. Og’riqdan yoki g’amgin qiladigan fikrlardan, yoki o’tkir isitmalardan bo’ladigan uyqusizlikning belgisi ham shu sabablarning bo’lishidir.

Uyqusizlikning sabablari va davolash yo’llari

  1. Quruq mijoz sababli uyqusizlikka uchragan kishi rutubatlantiruvchi ovqat yeyishi, ayniqsa, issiq mo’tadil bo’lgan xammomga tez-tez tushib turishi kerak.
  2. Ammo xammom uxlatmasa, demak, uning badani mo’tadil emas va mijozi buzuq bo’ladi. Faqatgina quruqlik yokn hammom qo’zg’atadigan yomon xiltlar kuchiga bo’ysungan bo’ladi. Unday kishi uzoq aqliy mehnat qilishdan, jinsiy aloqa va og’ir mehnatdan saqlanishi kerak.
  3. Bemor tinch dam olib yotishi kerak. Uning boshiga doimo ho’llovchi yog’larni mo’l qilib surtish, sut surtish, mazkur yog’larni burunga tomizish va quloqqa tomizish kerak. Ayniqsa, 18 kun 3 maxal gulhamishabahor suvi burunga tomizilsa, foyda qiladi.
  4. 24 kun 3 maxal atirgul suvidan yoki sutcho’p suvidan peshonaga surtib yurilsa, foyda qiladi.
  5. 5 kun 1 maxal 5 bog’ kashnichni go’shtmaydalagichdan o’tkazib, dokadan suzib ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
  6. Dolchin, za’faron talqonlaridan teng baravar olib, kashnichni go’shtmaydalagichdan o’tkazib, dokada siqib olingan suviga aralashtirib, ikki chekkaga va burunga 9 kun 3 maxal surtib yurilsa, foyda qiladi.
  7. Isitma va boshqa kasalliklar sababli uyqusizlikka yo’liqqan kishini uxlatuvchi tadbirlar qo’llaniladi. Masalan, uyqusizlikka uchragan kishining qo’l va oyoqlarini og’ritadigan darajada siqib bog’lanadi va oldiga chiroq yoqib qo’yiladi. Tevarakdagi kishilarni qattik gaplashish va suhbatlashishga buyuriladi. Keyin to’satdan bemorning ko’ylak tugmasi va arqonlar yechiladi, chiroq o’chiriladi va odamlarga jim bo’lish buyuriladi, shunda bemor uxlab qoladi.
  8. Sho’r rutubat sababli sodir bo’ladigan uyqusizlikda hamma o’tkir va sho’r ovqatlardan saqlanish va toshloq suv balig’i va yengil go’shtlarning ham tuzsiz sho’rvasi bilan ovqatlanish tavsiya etiladi. (20 kun).

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining “Dard borki, darmon bor” kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: