Yo’talni qanday davolash mumkin

Yo'talni davolash yo'llari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda hiqichoqni davolash, qizilo’ngachdagi yaralarni davolash hamda zaharli kimyoviy moddalardan zaharlanish va uning davolari haqida gaplashdik. Bugungi mavzumiz shamollaganda bo’ladigan yo’talni davolash haqida bo’ladi.

Yo’tal kishining shamollashi, allergiyaga moyilligi shuningdek, shilliq pardalarga u yoki bu ko’rinishdagi moddalar tushishidan paydo bo’ladi.

Shamollaganda bo’ladigan yo’talni davolash uchun iste’mol qilinadigan malhamlar

  1. Behining ichini keng qilib o’yib, sariyog’ yoki dumba qo’yilib, cho’g’da pishirib 7 kun 3 mahal 20 grammdan iste’mod qilinsa, foyda qiladi.
  2. Shuningdek, anjirning 500 gramm suviga, asaldan qilingan gulqand, mayiz, chuchukmiya ildiz talqonlaridan teng baravar olinadi. 1 kilosiga 500 gramm achchik bodom yog’ini aralashtirib, 12 kun 3 mahal och holda 1 osh qoshiqdan yeyish kerak.
  3. 3 dona yangi tuxum, shu tuxumga 2 baravar asal, yarim baravar sariyog’ olinadi. Qirk dona murch olib yanchiladi, shu aralashmani 12 kun och holda 3 mahal, 1 osh qoshiqdan iste’mol qilish kerak.
  4. Xantalning 500 grammini 300 gramm achchiq bodom yog’iga aralashtirib, och holda 9-11 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, tuzaladi.
  5. Bangidevona urug’idan olti qirot, sanabar urug’idan uch qirot, zafarondan 4 gramm (3,975) olib, 400 gramm uzum shinnisi bilan qorib, 11 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, kasal tuzaladi.
  6. Karamning 2 kilosini, 500 gramm toza asal bilan 25 minut past olovda qaynatib, 13 kun 3 mahal och holda 100 grammdan iste’mol qilinsa, foyda kiladi. Nafas yo’li xastaliklarida ijobiy natija beradi.

Yo’talni davolash uchun ichiladigan malhamlar

  1. Shivit (ukrop) urug’laridan yarim siqim choynakka tashlab, 10 minut damlab 3 mahal och holda ichilsa balg’amni ko’chiradi. Iztirobli yo’talni qoldiradi.
  2. Yog’i olinmagan sutni 2 litriga 500 gramm sariyog’ qo’shib, 20 minut kaynatiladi. Och holda 3 mahal 100 grammdan ichilsa ham, yo’taldan holi bo’lishiga yordam beradi.
  3. 10 kun 3 mahal och holda indov talqonini 1 cheoy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa ham, yo’tal tuzaladi.
  4. 1 kilogramm anzjir mevasiga 4 litr sut qushib, 20 minut qaynatib, och holda 3 mahal 50 grammdan ichish lozam.
  5. 1 kilogramm aloega 2 litr suv qo’shib, 1 soatdan ortiqroq qaynatib, qolgan suviga teng baravar asal qo’shib. 10 minut qaynatib, och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, yo’tal tuzaladi. (14 kun).
  6. 150 gramm yalpiz, 150 gramm sanabar doni va gazandao’t urug’laridan 100 gramm zig’ir, uzun va oq murchlardan 100 gramm olinadi. Hammasini qushib 500 gramm asal bilan qorib, 12 kun 3 mahal och holda 1 osh qoshiqdan ichilsa, yo’tal tuzaladi.
  7. Qo’y dumbasining 500 grammini, 3 litr sigir sutida past olovda 25 minut kaynatib, 10 kun 3 mahal 100 grammdan ichilsa, yaxshigina foyda qiladi.
  8. Kishini qiynaydigan, iztirobli yo’talga barham beradigan tabiiy, bezarar bo’lgan bargizub (zubturum)ni 15 kun 3 mahal choynakka yarim siqim tashlanadi. 20 minut damlab issiq-issiq hammasini birdan ichilsa, beshubha foyda qiladi.
  9. O’tloq yo’ng’ichqasi (qizil boshchalar)ning gullaridan 1 osh qoshiq olib, 200 gramm qajnoq suvga solinadi. 1 soat davomida o’rab qo’yiladi. 4 mahal, ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin 2 osh qoshiqdan 12 kun ichilsa, foyda qiladi.

Mazkur muolajalar shamollaganda, ko’k yo’talda, bronxial astmada yaxshi foyda beradi.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, darmon bor’ kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: