Yuzdagi dog’larni ketkazish uchun uy sharoitida sabzavotli niqoblar tayyorlash usullari

Yuzdagi dog'larni ketkazish usullari

Salom bo’stlar, oldingi maqolalarimizda quruq yuz terisi uchun niqoblar, yuz va bo’yin terisi parvarishi hamda ayollarga oid kasalliklar haqida gaplashdik, bigingi mavzumiz, inson yuzida dog’larning paydo bo’lish sabablari hamda yuzdagi dog’larni ketkazish yo’llari va sabzavotli niqoblar bilan davolash usullari haqida bo’ladi.

Dog’larning paydo bo’lish sabablari

Terida paydo bo’ladigan dog’lar go’zal ayollarimizga tashvish keltirishi aniq. Bu dog’lar teridagi pigment miqdorining oshib ketishi bilan bog’liq. Endokrin bezlar (buyrak usti, jinsiy bezlar) faoliyatining buzilishi, jigar va o’t yo’llari kasalliklari, surunkali zaharlanishlar, surunkali infeksiyalar tufayli bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, gijjalar, moddalar almashinuvi buzilishlari (semizlik) vitaminlar yetishmasligi va hokazolar yuzga dog’ tushishiga sababchi bo’lishi mumkin.

Homiladodlik davrida ko’pchilik ayollar yuziga dog’ tushishi mumkin. Bachadonning surunkali yallig’lanish kasali bor ayollarda va uzoq vaqt davomida gormonal kontraseptiv preparatlarni qabul qilib yurganlarda dog’lar paydo bo’ladi. Ular noto’gri shaklda bo’lib peshona, lunj, yuqori lab terisida simmetrik joylashadi. Bu dog’lar yozda ko’payib qishda kamayadi yoki butunlay yo’qolib ketadi.

Ayrim dorilar masalan, sulfanilamidlar, tetrasiklin, abakta, amidopirin kabilarni ko’p qabul qilish dog’ paydo qiladi. Ayniqsa, ko’p quyoshda yurish ham dog’lar paydo bo’lishiga olib keladi.

Ko’pgina kosmetik vositalarda quyoshga sezgirlikni oshiruvchi moddalar bo’ladi. Ular quyosh ta’sirida terida dog’lar paydo qiladi.

Dog’larni davolash,yo’qotish, xalos bo’lish uchun ularning sababini yo’qotish zarur. Yuzdagi dog’larni yo’qotish uchun tabiiy vositalardan foydalanish mumkin.

Yuzdagi dog'larni ketkazish uchun uy sharoitida sabzavotli niqoblar tayyorlash usullari

Yuzdagi dog’larni ketkazish, xalos bo’lish uchun sabzavotli niqoblar tayyorlash usullari:

Bodringli va boshqa sabzavotli niqoblar

  • Mayda to’g’ralgan bodringga bir necha tomchi limon sharbati tomiziladi. Yuz va bo’yin sohalariga surtiladi. 20 daqiqadan keyin yuvmasdan, sekin sochiq bilan artib olinadi.
  • Kalendula sharbatini yuzga kuniga 5-6 marta surtish mumkin.
  • Iliq suvda yuvilgan yuz terisiga qovunni bo’tqa holiga keltirib surtiladi. 15-20 daqiqadan so’ng yuvib tashlanadi. Haftasiga 2-3 marta takrorlanadi. Davolash kursi 8-10 marta niqob surtish bo’ladi.
  • Karam sharbatini doka salfetkalarga shimdirib dog’larga ketma-ket 10 -15 daqiqadan kuniga 3-4 marta qo’yiladi.
  • Qatiq bilan yuzlarni yuvib turish ham yaxshi samara beradi.
Yuzdagi dog'larni ketkazish uchun uy sharoitida sabzavotli niqoblar tayyorlash usullari

Qovoq va olmali niqob

2 oshqoshiq qaynatilgan qovoq yoki qirg’ichdan chiqarilgan olmani 1 oshqoshiq zaytun yog’i (olivkovoy masla) bilan aralashtirib yuz terisiga surtiladi. 20 daqiqa qo’yiladi va yuvib tashlanadi. Haftasiga 2-3 marta qilishingiz mumkin.

Sabzidan niqob

2 ta qirg’ichdan o’tkazilgan sabzini 1 ta tuxum oqi bilan aralashtirib, 1 choy qoshiq zaytun yog’i yoki sut va ozgina kraxmal qo’shib yaxshilab aralashtiriladi. Keyin yuzga surtiladi va yarim soatdan keyin iliq suvda yuviladi.

Yuzdagi dog'larni ketkazish uchun uy sharoitida sabzavotli niqoblar tayyorlash usullari

Turp yoki kartoshkadan niqob

Maydalangan turp yoki kartoshkani zaytun yog’i bilan aralashtiriladi va bir necha tomchi limon sharbati tomiziladi. Yuzga surtib 20 daqiqa qo’yiladi. Vaqt tugagach, oldin iliq suv bilan, keyin sovuq suv bilan yuviladi.

Banan va shaftolidan niqob

  • 1 dona banan ezib 1 choy qoshiq sut bilan aralashtiriladi. Yuzga surtib 20 daqiqadan keyin yuvib tashlanadi. Niqobni haftasiga 2 marta takrorlash mumkin.
  • Shaftolini ezib moychechak (romashka) qaynatmasi bilan aralashtiriladi. Yuzga surtiladi va 20 daqiqadan keyin yuvib tashlanadi.

«Onaning salomatligi – farzandning baxti» kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: