Yuzni qanday oqartirish mumkin

Yuzni qanday oqartirsa bo'ladi

Yuzni qanday oqartirish kerak: Buning uchun olma sharbatini siqibolamiz, 1 osh qoshiq limon va asal solib, aralashtirib, yuzga 30 daqiqa surtib ushlab tursangiz, yuz oqarib ketadi. Tvorog surtish ham yaxshi. Guruchni qaynatib guruchli suvga yuzingizni yuvsangiz ham yuz oqaadi. Guruchli suvga asal qo’shib niqob tayyorlab, doka bilan 30 daqiqa sursangiz, yuzga namlik va iliqlik baxsh etadi.

Foydali maslahatlar bo’limiga QAYTISH

Kosmetalogiyaga oid savol va javoblar

  1. Hozirgi kunda qizlar va ayollar yuzni qanday oqartirish kerak va chiroli latofatli ko’rinish uchun salonga borib, yuz va burundagi tuklarni olib tashlashadi. Bu tog’rimi?
    Javob: Tuklarni olmaslik yaxshiroqdir. Chunki, tuklar yuzning himoya qobiliyatini saqlaydigan parda rolini o’ynaydi. Depilyatsiya qilingan teri ham sovuqqa, ham issiqlikka va turli xil tashqi omillarga toqat qilmaydi.
  2. Ko’pchilikning burnida va burun atrofida qora nuqta paydo bo’ladi. Nima u?
    Javob: Ba’zi insonlarning yuz terisi yog’li bo’lishi mumkin. Teri toza yuvilmasa ham, terining teshiklari kattalashgan bo’lsa ham, burun atrofida qora nuqta paydo bo’ladi.
  3. Bahorda yuzda oq dog’lar paydo bo’ladi. Yuzdagi ajinlar uchun davo bormi?
    Javob: Inson terisi xuddi tabiat bahorda yangilanayotgan kabi yangilanadi. Men yuzdagi ajinlarni tozalash uchun aytib o’tgan niqob bu: asal, tuxum sarig’i va bananni aralashtirib yuzga surtsangiz foydali bo’ladi.
  4. Hozirgi kunda ko’pchilik qizlar har oyda yuzini tozalash uchun salonga borishadi. Ba’zilar yuzimni tozalasam, kimyoviy moddalar bilan zarar etkazaman, deb qo’rqishadi. Salonga borib, yuzni tozalash qanchalik to’g’ri?
    Javob: Men shifokor-kosmetolog sifatida yuzni tozalash teriga zarar yetkazishiga qo‘shilmayman. Salonda yuzini hech qachon tozalamagan qiz va yuzini muntazam tozalaydigan qizning yuzida sezilarli farq bor. Bugungi kunda tibbiyot ham, kosmetologiya ham rivojlangan. Yuzni kimyoviy moddalar bilan kuydirishdan qo’rqishga hojat yo’q.

Hozirgi kunda barcha salonlar o’simlik kosmetikasi yordamida yuzni tozalaydi. Bu yuzning qon aylanishini yaxshilaydi. Ikkinchidan, teri to’qimalaridan faqat mikroskop ostida ko’rish mumkin bo’lgan kiruvchi moddalarni olib tashlaydi. Undan yuz porloq bo’lib, uyg’onadi va yasharadi. Ba’zida qizlar qo’rqishadi. Ba’zi salonlarda yuzdagi dog’lar va ajinlar, peeling bilan yondiriladi va inson terisi birinchi qatlami olib tashlanadi. Bu zarar.

Teri qatlamini eritma bilan yoqish – bu 1992 yildan beri boshlangan usul. Bu usuldan keyin odamning yuzi toza va chiroyli bo’ladi. Va bir oydan keyin dog’lar va ajinlar yana paydo bo’ladi va hatto ko’payadi. Chunki, inson terisi qalinligi uch qatlamdan iborat. Bir qavatni olib tashlagan teri himoya qobiliyatini yo’qotadi. Va bu ajin va dog’larni yo’q qiladi, deb aytish behuda. Buning uchun ichki organlarni davolash va to’g’ri ovqatlanishni to’g’ri yo’lga qo’yish kerak.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: