Yuragi xasta insonlar qanday ovqatlanishi kerak

Insultning kelib chiqish sabablari va belgilari

Salom do’stlar, bugungi mavzumiz, yuragi xasta insonlar ovqatlanish taomnomasi (menyusi), insultning kelib chiqish sabablari va belgilari haqida bo’ladi.

Parhezli go’shtsiz ovqatlar taomnomasi

Butun bir irodangizni do’stlaringiz va tanishlaringizning mazaxlariga e’tibor bermay, o’zingiz uchun eng yaxshi bo’lgan taomni tanlab iste’mol qilishga safarbar eting.

Doktor Ruchard T. Feld

Miokard infarktiga uchragan bemorga doktor Kellog qat’iy sabzavotli parhez ko’rsatmasini bergan va bu umrining oxirigacha davom etishini ta’kidlagan. Bu faqatgina mevalar, sabzavotlar, pista va yong’oqlardan tashkil topgan vegetarianlar ovqati edi. Go’sht, baliq, tuxum, sutli mahsulotlar, qahva, alkogol, tuzlarni u umuman taqiqlagan.

Quyida Kellog taomnomasining ikki varianti bilan tanishamiz.

Birinchi taomnoma (menyu)

Nonushta:

  1. Yangi meva yoki apelsinning yangi siqilgan sharbati.
  2. Soyali un va asaldan tayyorlangan 100% butun g’alla (ma’qul ko’rilsa, parrak qilib to’g’ralgan banan qo’shiladi) yoki tun davomida ivitilgan danaksiz turshak, unib chiqqan bug’doy doni hamda asal iste’mol qilinadi.

Tamaddi:

  1. Xom sabzavot va o’simlik yog’i qo’shilgan limonli salat.
  2. Qo’rda pishirilgan kartoshka (kartoshkani po’chog’i bilan yeyish kerak) yoki qo’ng’ir rangli guruch.
  3. Pishirilgan yoki dimlangan sabzi.
  4. Asal bilan shirinlashtirilgan olma sharbati.

Tushlik:

  1. Yog’ va limon qaylali to’g’ralgan karam salati.
  2. Dimlangan sariq qovoq yoki loviya.
  3. Kungaboqar pistasi va mayiz.
Yuragi xasta insonlar qanday ovqatlanishi kerak

Ikkinchi taomnoma (menyu)

Nonushta:

  1. Bir stakan yangi siqilgan apelsin yoki greypfrut sharbati.
  2. Unib chiqqan bug’doy uni va asalli dimlangan olxo’ri.

Tamaddi:

  1. Xom sabzavotlardan bo’lgan salat hamda limon va o’simlik yog’li avokado.
  2. Go’shtsiz toblama (qaynatilgan yasmiq, loviya, piyoz, sarimsoq, tayyor bo’lishidan 10 daqiqa oldin tomat qo’shiladi).
  3. Yangi mevalar.

Tushlik:

  1. Yangi uzilgan mevali salat.
  2. Lavlagi ko’kati.
  3. Asparagus.
  4. Xurmo va yong’oqlar.

Doktor Kellog qat’iy parhez yurak kasalliklari bemorlariga juda zarur deb ta’kidlaydi. Ichimliklardan o’tli choy, yangi meva va sabzavot sharbatlari, distillangan suvga ruxsat etiladi.

Doktor Kellog va ko’pchilik shifokorlar yurak kasalliklari bemorlariga go’shtsiz parhezni tavsiya etadilar.

Yuragi xasta insonlar qanday ovqatlanishi kerak

Insultning kelib chiqish sabablari va belgilari

Har yili yuz minglab insonlar insult qurbonlariga aylanadilar. Bu kasallik qarilik “imtiyozi” deb hisoblanadi. Biroq oxirgi paytlarda yoshlar ham duchor bo’lmoqalar.

Miyaga qon borishi susaygan yoki umuman to’xtab qolgan insonlar insult qurboniga aylanadilar. Miya qismidagi asab hujayralari kislorod va oziqlanishdan mahrum bo’lganlarida ular faoliyat ko’rsata olmaydi. Va bu asab hujayralari orqali boshqarildigan tana qismlari shol bo’lib qoladi. Bunday falajlarning natijalari miyaning shikasti kattaligi va og’irligiga bog’liq.

Insult halokatli bo’lishi mumkin. U tananing bir tarafini yoki bir qismini falaj qilib qo’yadi. “Yengil” insult nutqning buzilishi va qo’l oyoqlarning harakati og’irlashuvi yoki xotiraning yo’qolishiga olib kelishi mumkin.

Insultdan keyin shikastlangan hujayralar tiklanishi yoki miyaning boshqa hujayralari ularning vazifalarini o’z zimmalariga olishlari mumkin. Ba’zi bir bemorlarda shunday shikastlar bo’ladiki, qisman bo’lsada, tiklanib olish uchun ancha vaqt kerak bo’ladi.

Shol bo’lgan insonning hayot faoliyati tezroq tiklanishiga yordam berish uchun bemorning oziqlanishi va jismoniy mashqlariga ahamiyat qilish kerak. Harakatsizlik qon aylanishini va bemorning tiklanishini qiyinlashtiradi.

Odatda, insult yurak xuruji sifatida boshlanadi. Arteriyalar xolesterin va mineral cho’kindilar bilan to’lib ketadi. Bu qonning erkin harakatlanishiga to’sqinlik qiladi. Bu toraygan va yallig’langan tomirlardan o’tayotib, qon quyqa hosil qiladi. Bunday quyqalar arteriyalarni tark etganida qon oqimi bilan qo’shilib ketadi va tomir kesimini umuman yopib qo’yishi mumkin.

Agar yurak mushagini oziqlantiradigan hayotiy muhim arteriyalar bekilib qolsa, natija sifatida yurak xuruji yoki yurak tomirlari trombozi paydo bo’ladi. Agar bular miya arteriyalarida sodir bo’lsa, ba’zida “boshdagi yurak xuruji” deb atalmish insult yuzaga keladi.

Pol Bregg “Yurak” nomli kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: