Zaharli kimyoviy moddalar bilan zaharlanganda birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatish

кимеовий дорилардан захарланиш

Oldingi maqolalarimizda meda (oshqozon) og’rishining sabablari, kimyoviy moddalardan zaharlanish hamda asab tizimi kasalliklari haqida gaplashdik. Bugungi maqolamizda, zaharli kimyoviy moddalardan zaharlanish va birinchi yordam haqida gaplashamiz.

Turmushda uy va bog hasharotlariga zaharli kimyoviy moddalar, kalamushlarga qarshi ishlatiladigan insektitsidlarga xlorofos, karbofos va zootsidlar kiradi. Zaharli kimhoviy moddalar xlorofos va karbofos ichga ketib zaharlanganda bemor qusadi. Va ichi ketadi, boshi og’riydi, tish osti og’riydi, qattiq terlaydi, og’zi va burnidan shilliq oqadi.

Og’ir hollarda hushidan ketadi, tirishadi, nafasi buzilib, hatto to’xtab qoladi. Yuragi juda sust uradi, muskullari bo’shashadi, arterial bosim pasayadi. Xlorofos va karbofosdan zaharlanish alomatlari bo’lganda tezda vrach chaqirish shart.

Vrach yetib kelgunicha zaharlangan odamni ochiq havoga olib chiqib, zahar tekkan kiyimni yechish, badanining ochiq joylarini yuvish. Zaharli ximikatlar ichga ketganda 3-4 stakan suv, yaxshisi 1 stakan suvga yarim qoshiq tuz solib ichirish. Va og’ziga choyqoshiq solib 4-5 marta qustirish. Keyin bir qoshiq surgi dori  taxir tuz ichirish tavsiya etiladi. 5-6 tabletka besalol yoki bekarbon, suxari bilan issiq choy ichiriladi.

Urug’liklarni ekishdan oldin dorilashda simob organik zaharli ximikatlar  granozan va merkuran. Pestitsidlardan arsenit angidrid, parij yashili, uzum va bog’ zararkunandalari. Va o’simliklarning zamburug’ kasalliklariga qarshi hamda kanani qirish uchun mis kuporosi va bordo suyuqligi ishlatiladi. Kolloid, yanchilgan oltingugurt va boshqalarni ishlatish qoidalariga rioya qilinmaganda ham zalarlanish mumkin.

Zaharli kimyoviy moddalardan zaharlanish va uning oldini olish uchun terini yaxshi himoya qilish (qo’lqop, hamma yog’i berk poyabzal va maxsus mato, rezinadan tikilgan kiyim – korjoma kiyish). Ish kiyimi va ichdan kiyiladigan kiyimni tez-tez almashtirib, yuvib turish, havoda, aerozol bo’lganda respirator, protivogaz taqish, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish. Qo’lni yuvib turish, ishdan so’ng’ vannada yoki dushda cho’milish, ish vaqtida chekmaslik va ovqat yemaslik kerak.

Zaharli kislota va ishqorli moddalardan zaharlanish

Kontsentrlangan kislota va ishqorlar kuchli zahar hisoblanib, toksik ta’sirdan tashqari ular tushgan joyida kuyish belgilarini namoyon qiladi. Ko‘pincha zaharlanish og‘iz orqali sodir bo’lgani sababli asosan lablar, og‘iz bo‘shlig‘i va halqumni kuyishi kuzatiladi.

Bunday moddalardan zaharlanishda birinchi yordam ko‘rsatish: oshqozonni toza suvda yuvish, kislota yoki ishqorni kuchsizlantirish maqsadida sut yoki o‘simlik moyi ichirish tavsiya etiladi. Kislotani ta’sirini kamaytirish maqsadida ishqoriy vositalar qo‘llash va oshqozonni yuvmasdan turib qusish refleksini chaqirish ma’n etiladi.

“Birinchi tez yordam” kitobidan:

tuzuvchilar: Yu Tolipov; Z Xamdamova;

 Muxarrir: A Xamro qizi

Taqrizchi:

Toxir Ibragimov

tibbiyot fanlar doktori, professor

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: