Jarohatlangan insonga berilishi kerak bo’lgan eng birinchi yordam nimalardan iborat

Жарохатланган инсонга биринчи ердам кандай курсатиш керак

Oldingi maqolalarimizda sog’lom ovqatlanish, kimyoviy moddalarning organizmga tasiri hamda parhez ovqatlanish qoidalari haqida gaplashdik. Bugungi maqolamiz, jarohatlangan insonga birinchi yordam – to’qimalarning shikastlanishi (teri, shilliq parda, ko’pincha muskul, nerv, yirik tomir, suyak, bo’gim, ichki organ va gavda bo’shliqlarining butunligiga putur yetishi) haqida bo’ladi. Jarohatlovchi vosita qorin bo’shlig’i, kalla suyagi va shunga o’xshash organlarni shikastlashi, bunday shikastlanishlarda ichki organlar ham jarohatlanishi mumkin. Og’riq, qon ketishi to’qimaning ochilib qolishi jarohatning asosiy belgisidir.

 Har qanday jarohat, ayniqsa, yirik qon tomirlaridan qon ketishi, ichki organlarning yaralanishi va shokka sabab bo’ladigan qattiq og’riqli jarohatlar xavfli. Boshqa hollarda esa, jarohatning xavfli tomoni unga mikrob tushishi, ayniqsa, qoqshol va quturish kabi kasalliklarga sabab bo’lishidir. Xirurgik jarohatdan tashqari barcha jarohatlarga mikroblar tushgan bo’ladi.

Agar jarohatlangan insonga birinchi yordam   yaxshi va to’gri birinchi yordam berilmasa, jarohatdagi mikroblarning rivojlanishi (jarohatning mikroblar bilan qayta ifloslanishi) davom etaveradi. Jarohatga tushgan mikroblar haddan tashqari ko’p bo’lsa, yiring paydo qiladi, nisbatan kam bo’lsa, ular yashaydigan oziq moddasi ko’p bo’lgan taqdirdagina tez ko’payishi mumkin.

Jarohatdagi hayot faoliyati buzilgan yoki butunlay o’lgan to’qimalar mikroblar uchun oziq muhiti hisoblanadi. Mikroblar jarohat ichidagi quyulib qolgan qonda tez ko’payadi. Mikroblarning rivojlanishiga imkon berilmasa, ular halok bo’ladi, yoki jarohat bitgunicha unga ta’sir qilmay turaveradi. Sanchilgan, kesilgan va majaqlangan jarohatlar kam yiring boylaydi. 

Jarohatlovchi vosita tekkan to’qimalargina o’z hayot faoliyatini yo’qotgan bo’ladi. Shuning uchun bunday jarohatlar atrofidagi to’qimalari kam shikastlangan jarohatlar hisoblanadi. Yaralovchi qurol qancha o’tkir bo’lsa, jarohat ham shuncha kichik bo’ladi, shu boisdan xirurgiyada ishlatiladigan skalpel juda o’tkir qilib charxlanadi.

Kesilgan va chopilgan jarohatlardan qon oqib turadi. Sanchilgan jarohatlardan deyarli qon ketmaydi va uncha ifloslanmagan bo’ladi. To’qimalar (masalan, yuz to’qimalari) qon bilan yaxshi ta’minlangani tufayli undagi jarohatda infektsiya tug’diruvchi mikroblar unchalik rivojlana olmaydi.

Jarohatga infektsiya tushishi xavfli

Yirtilgan, lat yegan, tishlangan va o’q tekkan jarohatlar katta jarohatga kiradi. Yirtilgan (yulingan) jarohatda teri tagi bilan ko’chib ketishi, teri osti kletchatkalari qattiq shikastlanishi mumkin. Katta jarohatda ko’p to’qimalar hayot faoliyatini yo’qotishi (shikastlangan, ezilgan, majaqlangan bo’lishi) mumkin. Jarohat devoridagi mayda qon tomirlar yirtilgan yoki qon quyulib bekilib qolgan bo’ladi.

 Bunday jarohatning ko’rinishi murakkab bo’lib, undagi yopiq chuqurchalarga  qon yig’ilib quyulib qoladi. Bularning hammasi og’ir asoratli anaerob infektsiya vujudga kelishiga va yiringli jarohatlar hosil bo’lishiga olib keladi. Bunday yiringli infektsiya ham ancha xavfli bo’lib, jarohatda yig’ilgan yiring qo’shni to’qimalarga o’tib, ularni zararlaydi. Yiringli kasalliklar, flegmonalar paydo bo’lib, yiring keng tarqalib ketishi mumkin.

Og’ir hollarda esa, umumiy kasallik – sepsis ro’y beradi. Uzoq vaqt ko’p yiring oqishi bemorning ahvolini og’irlashtirib, holdan toydiradi. Qoqshol kabi infektsion kasalliklar aksariyat katta jarohatlarda uchraydi. Quturish kasalligi mikroblari faqat quturgan hayvon tishlaganda emas, balki kichik jarohatga va ko’z ilg’amaydigan tirnalgan joyga quturgan hayvon so’lagi tushganda ham yuqishi mumkin.

Infektsiya tushmagan (yiringlamagan), chetlari bir-biriga tegib turgan kichik jarohatlar 7-10 kunda bitib ketadi. Keyinchalik yara o’rnida chiziqqa o’xshash chandiqcha qoladi. Infektsiya tushgan (yiringlagan) jarohat, shuningdek, chetlari bir- biridan ”qochgan” jarohat tortilib bitadi.

Har qanday jarohatlangan insonga birinchi yordam  jarohatni ifloslanishdan saqlashdan iborat. Buning uchun jarohat atrofi spirtli yod eritmasi bilan artilib, aseptika qoidasiga rioya qilgan holda sterillangan bint bilan bog’lab qo’yiladi.

Bunda jarohat yuzasiga aslo tegmasligi zarur. Yirtilgan jarohatlarda kesilib ketgan teri a’zodan tamoman ajralib tushmaydi, bunday hollarda uni chetga tortib, yod surib, so’ng bog’lash lozim. Agar jarohatdan ko’p qon oqayotgan bo’lsa, birinchi yordamni qon oqishini vaqtincha to’xtatishdan boshlash kerak. O’gir jarohatlangan qo’l yoki oyoqni taxtakachlab qo’yish lozim.

Jarohatlangan insonga birinchi yordam  uchun vrach-xirurgga olib borish kerak. Kechiktirib bo’lmaydigan xirurgik yordam jarohatni ifloslanishdan, tuproq, yot jismlar, zahar va radioaktiv moddalardan tozalashdan iborat. Shok holatidagi, kuchli qon ketgan va ichki organlari shikastlangan bemorlarni tezlik bilan kasalxonaga olib borish zarur.

It qopgan, mushuk va boshqa uy hayvonlari tishlagan jarohat juda kichik bo’lsa ham, o’z vaqtida vrachga murojaat qilish shart. Unchalik chuqur bo’lmagan, chetlari bir-biridan sal qochgan, ifloslanmagan kichik jarohatlarda, birinchi tibbiy yordam to’gri ko’rsatib bog’lab qo’yilsa, o’zi bitib ketadi.

Uy sharoitida bog’lam qo’yish va kerakli dorilar

 Jarohat 1-2 sutkadan keyin og’risa, bu unga infektsiya tushganidan dalolat beradi. Bunda darhol vrach-xirurgga murojat qilish lozim. Bu ayniqsa, barmoqlar uchi shikastlanganda (kesilganda, sanchilganda) milkak chiqishi xavfini tug’diradi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, kishi jarohatlanganda suyaklar, yirik qon tomirlari, nervlar ham bir yo’la shikastlanishi mumkin.

Jarohatning og’ir-engilligi uning joyiga (bosh, ko’krak va qorin bo’shliqlarining jarohatlanishi, ayniqsa xavfli), to’qimalarning qay daraja yemirilganiga, jarohatning nechog’lik ifloslangani va jarohatlanish vaqtida qanchalik qon ketganiga bog’liqdir. Imkoniyat bo’lsa, shikastlangan kishini qoqsholga qarshi emlash kerak.

Jarohatga bog’lam qo’yishda ma’lum qoidalarga amal qilish kerak: jarohatni yuvish yaramaydi, chunki unga yiringlatuvchi mikroblar tushishi mumkin. Agar jarohatga yog’och bo’laklari, kiyim parchalari, tuproq va boshqalar tushib qolsagina (tushganda ham faqat uning yuzasida turgan bo’lsa), ularni qo’l bilan olib tashlash mumkin. Faqat bunda jarohatga qo’l urish, ayniqsa, iflos qo’lni tekkizish yaramaydi. Steril material, bint bo’lmasa, shikastlangan odamni davolash muassasiga yetkazib borgunga qadar jarohatini bir bo’lak toza gazlama bilan (uni oldin issiq dazmolda dazmollab olib) o’rab qo’yish mumkin.

Uy sharoitlarida bog’lam qo’yishdan oldin unga kerakli hamma narsalarni oldindan tayyorlab qo’yish zarur. Yordam beradigan kishi bog’lam qo’yishdan avval ko’ylak yenglarini tirsakdan yuqoriroq shimarib qo’yishi, tirnoqlarini olib, qo’llarini sovunlab yuvishi va toza sochiqqa artishi, jadallikni talab qiladigan hollarda esa, qo’llarini spirt bilan artib olishi kerak.

Jarohatga steril doka parchasi yopib qo’yiladi, vodorod peroksid yoki spirt (aroq, atir)ga ho’llangan paxta bilan jarohat atrofidagi teri obdon tozalanadi. Bunda teridan yuvilib chiqadigan iflos jarohatga tushmasligi uchun terini jarohatdan tashqariga qarab artish lozim. Shundan keyin jarohatning o’ziga tegmay, teriga yo’d surtib qo’yiladi.

 Agar hech iloji bo’lmasa,  teriga yo’d surtish bilan kifoyalanish mumkin. Vaqtincha qo’yilgan doka salfetka olinib, jarohatga bir necha qavat steril doka yaxshilab yopiladi. Pinset bo’lmasa, doka salfetkalarni burchaklaridan ushlash kerak. Salfetkalarni buklanmaydigan, tekis qilib yopish lozim. Doka ustidan yupqaroq, ammo tekis turadigan qilib gidroskopik, ya’ni namni yaxshi tortadigan paxta qo’yiladi (steril paxta bo’lsa yana yaxshi), keyin bog’lam ustidan doka bint bilan o’rab bog’lanadi.

Jarohatlanganda osh tuzi eritmasini qanday tayyorlash kerak

Bunda sotiladigan tayyor shaxsiy paketdan foydalanish juda qulay. Bog’lamni almashtirishda ham xuddi shu qoidalarga rioya qilish lozim. Qurib yopishib qolgan bog’lamni jarohatdan ko’chirib olish yaramaydi. Ustki paxta qavatini olgach, keyin doka chetini sal ko’tarib, jarohatga vodorod perekis, rivanol, kaliy permanganat, osh tuzi eritmasi yoki, iliq qaynagan suv quyish kerak.

Jarohatga kompress qog’ozini qo’yib bo’lmaydi. Rivanolchi yangi qaynatilgan suvda eritish lozim (1 stakan suvga 2 tabletka).

Osh tuzi eritmasi quyidagicha tayyorlanadi: qaynatilgan toza suvda (1 stakan) 2 choyqoshiq osh tuzi eritilib, paxta orqali suzib o’tkaziladi va so’ngra toza sirli idishda qaynatiladi (10-15 daqiqa). Eritmalarni qaynagan suvda yuvilgan va qaynab turgan suv bilan bug’langan toza stakanlarga quyib olish mumkin.

Pinset va qaychilarni ishlatishdan avval sirli idishda 10 daqiqa qaynatish kerak. Shikastlangan odam hushdan ketishi mumkin, shuning uchun hidlatishga novshadil spirti tayyor turishi kerak. Uy aptechkasida jarohatni davolash uchun zarur narsalarning hammasi bo’lishi lozim.

“Birinchi tez yordam” kitobidan:

Tuzuvchilar: Yu Tolipov; Z Xamdamova;

Muxarrir: A Xamro qizi

Taqrizchi:

Toxir Ibragimov

tibbiyot fanlar doktori, professor

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: