Me’da kasalliklari va mijoz belgilari va ularni davolash yo’llari

Meda oshqozon kasalligini davolash

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda birinchi tibbiy tez yordam turlari, meda (oshqozon) yarasi va behuzurlikni davolash hamda qandli diabet belgilari va davolash yo’llari haqida gaplashdik. Bugungi mavzu me’da (oshqozon)dagi shish va kasalliklarni davolash yo’llari haqida bo’ladi.

Me’da (oshqozon)dagi issiq shish belgilari

Qanday belgilari bor:

Meda’da issiq shish borligiga qattiq isitma, kuchli achishish, tashnalik, sanchib og’rish va me’daning ko’pchishi dalolat beradi. Issiq shish ko’pincha, aql chalkashligiga va melanxoliyaga olib keladi.

Badan ozib, quvvat kuchsizlansa, tabiat yumshab, ich ketish va qusish ko’paysa, isitma tushib, peshob kamaysa va me’da barmok bilan ushlab bo’lmajdigan darajada og’risa, shish chiqiqqa aylangan bo’ladi. Me’da og’rig’i bilan birga qul-oyoq sovisa, bu yomon oqibatga olib keladi.

Me’da (osqozon)dagi shish va kasalliklarni davolash uchun malhamlar tayyorlash.

  1. Yetmakni 2 kun 1 mahal hidlatilsa, kuchli qustiradi.
  2. Makkai sanoni 3 kun 1 osh qoshiqdan 1 mahal kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, ichni suradi.
  3. Aloega asal qo’shib tayyorlangan dorini 10 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, shish va yallig’lanishni tuzatadi.
  4. Kasallik tuzalguncha, parhez ovqatlar iste’mol qilinadi.
  5. Qora yovvoyi zirani 3 kun 3 mahal choynakka 2 osh qoshiq tashlab, 15 minut damlab, hammasi birdan ichilsa, isitma tushadi.
  6. Me’da shishiga anor guli, zig’ir, qashqarbeda va gulxarilardan teng baravar qushib, 10 kun 2 mahal quyuq surtma qilib bog’lansa, yaxshi foyda qiladi.
  7. 12 kun 3 mahal 125 gramm ituzum suvi, 125 gramm sachratki suvi va ozgina arpabodiyon suvini qushib, och holda 1 osh qoshiqdan ichilsa, shish qaytadi.
  8. Achchiq bodom yog’ini ham 11 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan ichilsa, meda shishiga yaxshi ta’sir qiladi.

Me’dadagi yirigli shishni davolash

Tabiblarning bilimsizliklari sababli medadagi shish ko’pincha chiqiqqa aylanadi.

Me’da (oshqozon)dagi shish va kasalliklarni davolash yo’llari.

  1. Issiq shishli me’da(oshqozon)ni sirtdan va ichdan mumkin bo’ladigan narsalar bilan sovutish kerak, toki u yiringli shishga aylanib ketmasin. Agar u yiringli shishga aylansa va yetilish yo’liga tushib olsa, yoki shishning yaqinda yetilishi taxmin qilinsa, yangi sog’ilgan sutni 17 kun 3 mahal 100 grammdan suv qushib, ketma-ket ichilsa foyda qiladi.
  2. Shishning katta va kichikligini barmoq botishiga qarab, tekshirib turiladi, bemordagi betoqatlik, et uvishishi va og’rik kuchayishi ham kuzatib boriladi. Bemorga 1 5 kun 3 mahal yo’ng’ichqa va temirtikan talqonlaridan quyuq qilib choy ichish, foyda qiladi.
  3. Bemorga quruq qoqiguldan 1,5 dirham, kanop urugi va sariq- yo’ng’ichkaning har biridan bir dirham (3,975 grammdan) 14 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan 100 —200 grammdan sut ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
  4. Bemorni issiq suvda cho’miltirilib, anjirning sutok qaynatma suviga yoki sariq yo’ng’ichqaning quyuq qaynatma suviga dokani to’yintirib, qorniga yopishtirib, 11 kun 3 mahal bog’lansa, yaxshi foyda qiladi.
  5. Shishning teshilib oqayotganini qayt qilinayotgan va ichdan utayotgan yiring va qondan bilinadi. Ana shu paytda aloe va sachratki qaynatmasini 15 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichirilsa, foyda qiladi.

Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining “Dard borki, darmon bor” kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: