Buyrak og’riganida qanday davolash mumkin

Buyrak og'rig'ini qanday davolasn mumkin

Oldingi maqolalarimizda buyrak kuchsizligini davolash, buyrak yaralarini davolash hamda suyak chiqqanda birinchi tez yordam haqida gaplashdik. Bugungi maqolamiz, uy sharoitida buyrak og’rig’ini davolasn haqida bo’ladi.

Qanaday belgilari mavjud:

Buyrakda ba’zan ozish, so’lish va charvisi kamayish hollari paydo bo’ladi. Ko’p jinsiy aloqa va ortiq bo’shalish ta’sirida buyrak yog’i butkul yo’qoladi. Buning belgilari-jinsiy aloqa xohishining kamayib ketishi, peshobning oq va ko’p bo’lishi, belning zaif bo’lishi va unda yengil og’riq bo’lishi; ba’zan gavdaning ozishi ham sodir bo’ladi.

Buyrak og’rig’ini davolash mumkinmi:

  1. Buyrak og’rig’ini davolasn uchun shirin bodomning 400 grammiga 400 gramm shakar qo’shib, tuyib, 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, ozish va charvi yogi kamayishiga foyda qiladi.
  2. Xuddi shunday pista mag’iziga teng baravar qo’shib, tuyib, talqonini 15 kun 3 maxal och xolda 2 qoshiqdan iste’mol qilinsa, jinsiy aloka xohishining pasayib ketishiga foyda qiladi.
  3. Tovuq va g’oz yog’larini, echkining buyrak yogini charvi yogi solingan issik nonni 15 kun 3 maxal to’yib iste’mol qilinsa, foyda qiladi. Bu narsalarga peshob xaydovchi dorilar va quvvat beruvchi dorilar aralashtiriladi. Peshob xaydovchi dorilarni yetkazuvchilik vazifasini ado etishi va tabiiy quvvatni harakatga solishi uchun aralashtiriladi.
  4. Buyrak og’rig’ini davolash uchun uzoq muddat sigir suti ichib yurilsa, buyrak ozishiga foyda qiladi.
  5. Buyraklari og’rigan kishilarga qo’zi gushti, jo’ja gushti va qo’y kallalari shurvasida maydalangan buyrakni pishirib, sho’rvasi ichirilsa, foyda kiladi.
  6. Dumba solib tayyorlangan ovqatlarni iste’mol qilinsa- yanada foydaliroq bo’ladi.
  7. Semiz qo’zining kallasini qozonga solib, unga bir yarim litr suv quyiladi. So’ng qozonni berkitib loylab, bir kecha-kunduz et suyakdan ajralgunicha, hatto suyaklari bir-biridan ajralishga yaqinlashguncha tandirga qo’yib pishiriladi. Unga sariyog’ aralashtirib iste’mol qilinsa, buyrak ozishi tuzaladi.
  8. Sariq yo’ng’ichka bargi, temirtikanni teng baravar olib, talqoniga ozroq piyoz aralashtirib, 10 kun 3 maxal iste’nmol qilinsa, buyrak ozishi tuzaladi.

Hoji Megnazar Rustam o’g’lining “Dard borki, darmon bor” kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: