Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda sistik kasalligini davolash, ayollarda siydik yo’llarini davolash hamda qandli diabetda parhez ovqatlar haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, qandli diabetni xalq tabobati bilan davolash usullari, ibn Sino maslahatlari va diabetda shifobaxsh ichimliklar, uy sharoitida tabiiy davolsh yo’llari haqida boladi.
Qandli diabetda o’simlik va mevalarning foydali xususiyatlari
Muntazam iste’mol qilganda qondagi qand miqdorini me’yorda saqlashga va kasallikning asoratlari xavfini kamaytirishga yordam beradigan mahsulotlar bilan tanishamiz.
Ismaloq tarkibida magniy ko’p. Ushbi mineral qondagi qand miqdorini nazorat qilishda qatnashadi va qon bosimini pasaytiradi.
Sachratqi dorivor o’tida talxa mo’l bo’lib, u insulin ishlab chiqaruvchi oshqozon osti bezi hujayralariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Qahva o’rniga ushbu o’simlik ildizidan tayyorlangan ichimlikni iste’mol qiling, bargini esa, albatta, salatlarga qo’shing.
Sarimsoq qonda qand miqdorini kamaytiradi. Bunda oshqozon osti bezi insulinni yaxshiroq ishlab chiqara boshlaydi va hujayralarning unga bo’lgan ta’sirchanligi oshadi.
Yong’oqda yog’ va kletchatka ko’p bo’lib, ular qandning so’rilishini sekinlashtiradi va so’rilish darajasini kamaytiradi. Yong’oq tarkibida kaloriya ko’p, shu bois kuniga ko’pi bilan 50 grammgacha iste’mol qilish mumkin.
Bodring tarkibida oshqozon osti bezi bir maromda ishlashi uchun zarur bo’lgan garmonlar bor. Qandli diabet bilan og’rigan bemorlar kuniga 3 mahal 100 grammdan bodring pyurisi iste’mol qilishlari kerak. Bu esa insulinni ishlab chiqarishda yordam beradi.
Yernoki (topinambur) tuganaklaridan bahorda har kuni bir donadan iste’mol qilinsa, qand kasaliga davo bo’ladi. Yernoki tarkibida kraxmal yo’q, glyukoza va saxaroza juda kam. Shuning uchun undan salatlar va kartoshkali taomlar tayyorlash mumkin.
Qandli diabetda Ibn Sino maslahati
Buyuk tabib Abu Ali ibn Sino qand kasali bor bemorlarga quyidagicha maslahat bergan:
- Echki, qo’y, sigir sutlari teng miqdorda qo’shib qatiq qilinadi. Qatiqning zardobi ajratib olinadi, bir qaynatilib, so’ng sovitilib salqin joyda (sovitkichda) saqlanadi. Undan har kuni ko’ngil tusagan miqdorda ichish mumkin.
- Har kuni 4-5 dona chilonjiyda iste’mol qilish kerak. U qondagi mikroblarni o’ldiradi, organizmni kasallikdan saqlaydi, qon bosimini yaxshilaydi.
- Har kuni kechqurun yotishdan oldin ikkita olma yeyish qondagi qand miqdorini kamaytiradi va tartibga soladi. Chunki olma foydali moddalarga boy meva.
- Yog’larning hazm bo’lishini yengillashtirish uchun ovqatga ziravor va sirka qo’shib (achchiq qalampirdan tashqari) iste’mol qilish foydali.
Qandli diabetda shifobaxsh ichimliklar
Qandli diabetni xalq tabobati bilan davolash usullari.
Kiyiko’ti damlamasi
Kerakli masalliqlar: 1 oshqoshiq kiyiko’t, 300 ml suv.
Tayyorlanishi: 1 oshqoshiq kiyiko’t kechqurun termosga solinib, ustidan 300 ml qaynoq suv quyiladi va tuni bilan damlab qo’yiladi. Ertasi kuni kun bo’yi 3 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim piyoladan ichiladi.
Apelsinli damlama
Kerakli masalliqlar: 3 dona apelsin, 0,5 litr suv.
Tayyorlanishi: 3 dona apelsin po’choqlari termosga solib, ustiga 0,5 litr qaynoq suv quyib, 1 soat tindiriladi. Kuniga 2-3 mahal choy kabi ichiladi.
Petrushkali damlama
Kerakli masalliqlar: 2 oshqoshiq quritilgan petrushka, 1 piyola suv.
Tayyorlanishi: petrushkaning quritilgan ko’katidan 2 oshqoshig’i termosga solinadi. Ustiga 1 piyola qaynoq suv quyilib, 1 soat tindirib qo’yiladi. Damlama kuniga 3 mahal 3 ga bo’lib ichilsa, qandli diabetga shifo bo’ladi.
Semizo’ti damlamasi
Kerakli masalliqlar: 1 oshqoshiq semizo’t, 1 piyola qaynoq suv.
Tayyorlanishi: semizo’tining yangi uzilgan va maydalangan o’tidan 1 oshqoshig’ini termosga solib, ustiga 1 piyola qaynoq suv quyiladi. 1-2 soat tindirgach suzib olinadi. Kuniga 2-3 qoshiqdan 4 mahal ovqatdan oldin ichiladi. Agar qand miqdori baland bo’lsa, 50-100 gr yangi uzilgan semizo’tdan salat qilib, iste’mol qilsa ham bo’ladi.
Qizil lavlagi sharbati
Kerakli masalliq: 2 ta o’rtacha kattalikdagi qizil lavlagi.
Tayyorlanishi: qizil lavlagi qirg’ichdan o’tkaziladi va sharbati siqib olinadi. Yangi tayyorlangan sharbat yarim piyoladan, 3-4 mahal ovqatdan oldin ichilsa, qonda qand miqdorini kamaytiradi. Muolajani 3 -4 hafta davom ettirib, 5 – 10 kun tanaffis qilinadi.
«Qandli diabetda shifobaxsh dasturxon» kitobidan.