Oldingi maqolalarimizda parhez ovqatlanish, sog’lom ovqatlanish hamda kiyik o’tining foydalari haqida gaplashdik. Bugungi mavzuimiz, kimoviy moddalardan zaharlanish – zaharli modda organizmga me’da- ichak, nafas yo’llari orqali kirganda, teridan so’rilganda, teri ostiga, muskul orasiga, venaga yuborilganda ro’y beradigan kasallik holati haqida bo’ladi. Zaharlanishga sabab bo’ladigan modda miqdori (dozasi) qanchalik kam bo’lsa, uning toksikligi, ya’ni zaharliligi shunchalik kuchli namoyon bo’ladi. Kundalik hayot tajribasidan ma’lumki, davo dozalarida ichiladigan kopgina kimyoviy preparatlar organizmning biror kasallik tufayli buzilgan qator funktsiyalarining tiklanishiga yordam beradi, ya’ni davo qiladi.
Shunday qilib, usha bitta kimyoviy preparatning o’zi bir qator hollarda organizmga ta’sir etishiga qarab, ham zahar ham dori bo’lishi mumkin. Kuchli kimyoviy moddalardan zaharlanish tasodifiy va qasddan zaharlanishga bo’lish kabul qilingan. Tasodifiy zaharlanish juda ko’p uchraydi va umumiy zaharlanishning 80%ini tashkil qiladi. Dori moddalarini, ayniqsa, o’z-o’zini davolashda kuchli ta’sir etadigan dorilarni katta dozada iste’mol qilish, etil alkagol va uning surrogatlarini yuqori dozada ichishdan kelib chiqadigan alkagol intoksikatsiyasidir.
Biror kimyoviy moddani dori yoki ichimlik deb adashtirib ichib qo’yishdan zaharlanish tasodif zaharlanish jumlasidandir. Qasddan kimyoviy moddalardan zaharlanish kam uchrasada, bunday hollarda kishi o’zini o’ldirish maqsadida katta dozada ichadi. Bu suitsidal zaharlanish bo’lib, ruhiy kasalliklarga yoki beqaror odamlarga xosdir. Ro’y beradigan joyiga qarab o’tkir zaharlanish turmushda va ishlab chiqarishda sodir bo’lishi mumkin. Aksari uyda ko’p miqdorda saqlanadigan dorilar va zaharli kimyoviy moddalardan zaharlanish hollari ko’p uchraydi. Kuchli zaharlanish, zaharli moddalarning organizmga qanday yo’l bilan kirganiga qarab ham ajratiladi.
Ovqatdan qanday zaharlanish mumkin
Ovqat bilan kirgan zaharning og’izdan me’da-ichak yo’liga tushib, u yerdan qonga so’rilib, butun organizmga tarqalishi natijasida kelib chiqadigan ovqatdan zaharlanish keng tarqalgan. Bundan tashqari, zaharli moddalar bug’i nafasga kirishidan (ingalyatsion zaharlanish), zaharning himoyalanmagan teri orqali organizmga tushishidan zaharli moddaning burun, quloq, jinsiy organlar orqali o’tishidan zaharlanish mumkin va hokazo. Nihoyat, toksik moddalar eritmalarini bevosita to’qimaga yoki qon oqimiga shprits yordamida kiritish yohud zaharli hasharotlar va ilonlar chaqishi natijasida zaharlanish mumkin.
- Kuchli zaharlanishga sabab bo’ladigan ko’pgina kimyoviy moddalardan zaharlanish bor, bularga: kasalliklarni davolashda qo’llaniladigan, biroq katta dozada zaharli xususiyatga ega bo’lgan dori preparatlari,
- turmushda turli xo’jalik va sanitariya maqsadlarida keng ishlatiladigan kimyoviy preparatlardir,
- shaxsiy gigiena va kosmetikada ishlatiladigan kimyoviy preparatlar,
- qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi foydalaniladigan turli zaharli kimyoviy moddalar,
- turli sintetik materiallar asosini tashkil qiladigan kimyo sanoati mahsulotlari va, nixoyat hayvon toksinlari hamda dorilar tayyorlashda ishlatiladigan o’simliklar zahari kiradi.
Kimyoviy moddalarning organizmga ta’siri
Bu barcha kimyoviy moddalardan zaharlanish organizmga turlicha xususiyatda ta’sir etadi va shunga ko’ra ular:
- achishtiradigan,
- kuydiradigan,
- terini yiringlatadigan,
- bo’g’adigan,
- uxlatadigan,
- tirishtiradigan
- va boshqa zaharlarga bo’linadi.
Bu zaharli moddalardan ko’pchiligi dozasi va organizmga kirish yo’lidan qat’iy nazar, o’ziga xos tanlab ta’sir etish xususiyatiga, ya’ni muayyan bir xujayraga va to’qimalar strukturasiga ta’sir etish xususiyatiga ega:
- Tanlab ta’sir etishiga qarab, qon zaharlari, ya’ni qon hujayralariga ta’sir qiladigan zaharlar (is gazi, selitra va hokazo),
- Markaziy va periferik nerv sistemasini zararlaydigan nerv yoki neyrotoksik zaharlar (alkagol, narkotiklar va boshkalar).
- Buyrak va jigar zaxarlari, ya’ni shu organlar funktsiyasini buzadigan zaxarlar (ogir metallar birikmalari, ba’zi zamburug’lar zahari va boshqalar).
- Yurak zaharlari (ba’zi alkaloidlar guruxiga mansub o’simliklar zahari, ular ta’sirida yurak ishi buziladi), me’da va ichakni zararlaydigan me’da-ichak zaharlari (kislotalar va ishqorlarning kontsentrlangan eritmalari) farq qilinadi.
Zaharli moddalarning xilma-xilligi, ularning organizmga turlicha ta’sir etish xususiyati turlicha bo’ladi. Zaharlanishning oldini olish, diagnoz qo’yish va o’z vaqtida davolanishda o’ziga xos qiyinchiliklar tug’diradi. O’z-o’zini davolashdan kelib chiqadigan kuchli zaharlanish nihoyatda katta xavf tug’diradi. Zaharlanishning sub’ektiv sabablari orasida ayollarning xomilani tushirish maqsadida, erkaklarning alkogolizmga qarshi uyda davolanish maqsadida turli dori va kimyoviy moddalarni ko’p dozada ishlatib zaharlanishi katta o’rin tutadi.
Ovqatdan zaharlanganda uy sharoitida birinchi yordam
Dorilar va kimyoviy moddalarning bolalar qo’li yetadigan joyda saqlanishi ularning shu moddalardan zaharlanishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, qarovsiz qoldirilgan bolalar zaharli moddalarni vitamin yoki oziq-ovqat mahsuloti deb yeb qo’yishi ham mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, ba’zi kasalliklar, masalan miokard infarkti, insult, keksa yoshli odamlarda zaharlanish alomatlari (qorin og’rigi, ko’ngil aynishi, qusish, behollik) bilan kechishi mumkin. O’tkir appenditsit, ichak buralishi, enteritda va boshqa kasalliklarda zaharlanishga uxshash alomatlar bo’lishi mumkin.
Bu kasalliklarda me’dani yuvish, surgi dorilar berish, ko’ngilsiz, ba’zan og’ir oqibatlarga sabab bo’lishi mumkin. Kishining zaharlanganiga gumon tug’ilsa, darhol vrach chaqirish yoki bemorni eng yaqin joydagi davolash muassasasiga jo’natish zarur. Vrach yetib kelguniga qadar ko’rsatiladigan birinchi yordam (qanday moddadan zaharlanishidan qat’iy nazar) asosan organizmdan zaharni imkoni boricha tezroq chiqarib tashlash, agar iloji bo’lmasa, loaqal uni zararsizlantirishdan iborat. Me’dani yuvish ko’p hollarda zaharni chiqarib tashlashning eng yaxshi naf beradigan usulidir. Bunda bemorga, birdan bir necha stakan suv ichiriladi va og’ziga barmoq tiqib qustiriladi.
Turmushda ishlatiladigan kimyoviy preparatlar:
- kosmetik vositalar,
- insektitsidlar,
- yuvuvchi vositalar,
- dog’ ketkazish
- va lak-bo’yoq vositalariga bo’linadi.
Kosmetik vositalar loson, odekolon, soch bo’yaydigan vositalar va boshqalar tarkibida nerv sistemasiga yomon ta’sir ko’rsatadigan butil spirti bo’ladi. Bu preparatlar ichga kirganda kishini kuchli zaharlab nafas va yurak faoliyatini buzishi mumkin.
Kimyoviy moddalardan zaharlanish va birinchi yordam
Insektitsidlar – xlorofos va karbofos kuchli, hamda surunkali zaharlanishga sabab bo’ladi. Kundalik hayotda ko’p ishlatiladigan 80 foizli sirka kislota (sirka essentsiyasi), xlorid, karbol, oksalat kislotalar va o’yuvchi ishqor, og’ir zaharlanishga olib kelishi mumkin. Kuchli kislota yoki ishqor organizmga kirgan zahoti og’iz, halqum, nafas yo’llari qattiq og’riydi. Shilliq pardalar kuyganda juda shishib ketadi, ko’p so’lak ajraladi. Bemor yutinolmay qoladi, so’lak nafas yo’liga ketib, nafas olishni qiyinlashtirib qo’yadi. Bunday hollarda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarur.
U yetib kelgunicha bemorning og’zini doka yoki dastro’mol bilan artib, so’lak va shilliqdan tozalanadi. Bo’g’ilish alomatlari paydo bo’lsa, sun’iy nafas oldirish shart. Me’da yuvilmaydi, bemorga 2-3 stakan suv ichirib, me’daga tushgan kislota va ishqor suyultiriladi. Ichga kislota ketgan bo’lsa, uni kuchsiz ishqor eritmasi berib, ishqor ketgan bo’lsa, kuchsiz kislota berib ‘neytrallash» aslo yaramaydi. Shilliq pardalar kuchli kuyganda og’riq qattiq bo’ladi, bemorda shok holati kuzatilishi mumkin. Teriga, ko’z va lab shilliq pardasiga tekkan kislota 1-2 litr suv bilan yuviladi. Vodoprovod jumragi yoki choynakdan suv quyib yuvish ham mumkin.
Kimyoviy preparatning har qanday turidan zaharlanishda tez tibbiy yordam chaqirish shart. Vrach yetib kelgunicha bemorni qustirish kerak. Hushidan ketgan bemorni boshini past qilib yonboshlatib yotqizib qo’yiladi.
Kislotalar va o’yuvchi ishqorlardan zaharlangandagi belgilar
Kislotalar va o’yuvchi ishqorlardan zaharlangandagi belgilar – lab, og’iz shilliq pardasining qattiq og’rishi va kuyishi, ovqat yutganda og’riq paydo bo’lib, qon aralash qayt qilishdir. Kislotalar (sirka, sulfat, xlorid, nitrat kislotalar va boshqalar)dan zaharlanishda tez yordam yetib kelguniga qadar me’dani uzoq vaqt (bir necha litr suv bilan) yuvish kerak.
Suvga bir oz ishqor qo’shish (1 stakan suvga 1 choyqoshiq magneziya) lozim. Me’dani qaynagan oddiy sovuq suvda yuvib, bemorni sun’iy yo’l bilan qustirish ham mumkin. Bemor hushidan ketayozgan yoki butunlay hushdan ketgan bo’lsa, uni qustirib bo’lmaydi. Ishqorlar (novshadil spirt-shchyolok potashli ishqor) bilan zaharlanishda me’dani kislota qo’shilgan suv bilan (1/2 stakan suvga 1 g limon kislota yoki 1 stakan suvga 1oshqoshiq 3 foizli Sirka kislota) yuvish lozim. Birinchi yordam ko’rsatib bo’lingach, bemorga muz bo’laklari yuttirish, sovuq qaymoq yoki sovuq sutni choyqoshiqda ichirish, xom tuxum, bo’lak-bo’lak sariyog’ yutg’irish kerak. Ko’kragiga va tush ostiga muzli xalta, qo’l va oyoqlariga esa grelkalar qo’yiladi.