Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda suyak chiqqanda birinchi yordam, meda (oshqozon) kasalliklari hamda birinchi tibbiy tez yordam turlari haqida gaplashdik. Bugungi mavzu uy sharoitida buyrak yaralarini davolash haqida bo’ladi.
Qanday belgilari mavjud:
Peshobdan yiring chiqishi va rangining yovvoyi yasmiq va gusht yuvindisi kabi qizilligidir. Ko’pincha, bemor buyragida og’rik sezadi. Ba’zan yara paydo bulishidan oldin qon siyish va buyrakda yiringli shish bo’lishi va tosh ko’chishi sababli og’rik bo’ladi. Ba’zan yara borligi buyrakka tekkan zarba yoki turtkiga qarab bilinadi.
Tomir og’zining ochilishida esa, og’rik bo’lmaydi, buni doimiy ravishda oz-oz qon siyishdan bilinadi. Agar bu hol yiringli shishning oqishidan yoki yuqoridagi tomirning yori- lishidan bo’lsa, qon siyish faqat ikki yoki uch kun davom etishi mumkin. Bundan chuzilsa va qon siyishning chuzilishi bilan birgalikda peshob rangida o’zgarish yoki yiring aralashishi paydo bo’lsa, buyrakda yoki qovuqda yara borligi ayon bo’ladi. Bu yo’sinda qon siyish zaiflashtiruvchidir.
Chunki, uning miqdori oz bo’lsa ham ketma-ket bo’lganidan ko’p miqdorda qon yo’qotiladi. Buyrak yarasi bilan qovuq yarasi orasidagi farq shuki buyrak yarasida peshob tarkibidagi qizil bo’lib, qovuq yarasida oq bo’ladi. Yara qovuqda bo’lganida, u qobiqlar katta va qalin holda, yara peshob yo’lida bo’lganida, ular kichik va yupqa bo’ladi.
Farqini og’rikning o’rnidan ham bilamiz, chunki og’rik o’rni har ikkovida turlicha bo’ladi.Buyrak yaralarida og’rik yuqorida seziladi, peshob yo’lining yaralarida — o’rtada, jinsiy a’zo yo’lida hammasidan — quyida bo’ladi. Ko’pincha peshob yo’li yaralarida og’rik qattiqroq bo’ladi va to’lg’oq og’rig’idek har daqiqada avj oladi.
Mazkur farq og’riqning kuchi bilan ham aniqlanadi: og’rik qovuq yaralarida kuchliroq bo’ladi, chunki qovuqda asab tomirlari ko’p bo’lib, sezishi kuchlidir. Ketma-ket qon siyish ikkala xil yaraga xos bo’lsa-da, bu qovuq yaralarida ozroq bo’lib, peshobga aralashgan qon ham ozroq bo’ladi. Avval yiring kelib, ketidan qon kelsa, bunda tomirlarning eyilishi borligi tushuniladi.
Buyrakdagi yaraning og’ir va yomon sifatli ekanligiga davolashni qay darajada qabul qilishi, kasallikning chuzilishi, peshobda chukmaning ko’pligi va yomon ko’pik borligi va uning nihoyat darajhada badbo’yligi ham dalil bo’ladi.
Buyrak yaralarini davolash uchun tayyorlanadigan malhamlar
- Siyishga bo’lgan hojhat hamda buyrakka oqib keladigan narsalar sababli harakat kamayishi uchun bemor suyuq ovqatlar va suv ichishni kamajtirishi lozim.
- Xiltlarni mo»tadillashtiruvchi choralardan biri, ichni sekinlik bilan surishdir. l0 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan makkai sano talqonini kapalab, orqasidan kaynagan suv ichilsa, ich suriladi.
- Gulli qoraqoshni 400 grammini, 4 litr yomgir suvida bir sutka ivitib, ertasi 30 minut kaynatib, 12 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan och holda ichilsa, bemor shifo topadi.
- Behi suviga teng miqdorda asal qushib, 13 kun 3 mahal och holda ichilsa, foyda qiladi.
- Uzum sirkasini 17 kun och holda 3 mahal1 choy qoshiqdan ichilsa, foyda qiladi.
- Aloeni 50 gramm suviga, 50 gramm iliq suv qushib, ovqatdan keyin ichilsa, qustiradi.
- Xiltlarni mo’tadillashtiruvchi vositalar: tarvuz va paq-paq o’ti suvlarini 20 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, foyda qiladi.
- Yarani tozalash chuzilib ketmasligi uchun, masalan, gulxayri, arpabodiyon va yovvoyi gulsapsar ildizi kaynatmalarini 20 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, yaxshi foyda qiladi.
- Kasallik yomon sifatli bo’lsa, gazak uti va bo’ymodaron kaynatmalarini 27 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, og’rik to’xtaydi.
- Bunday bemorlar orom olishlari, badantarbiyada oyoq- qullarini ishqalash bilan kifoyalanishlari lozim. Bemor tuzalgandan keyin sekinlik bilan yengil harakatga kaytadi.
- Aloe suviga teng baravar asal qushib, 50 minut kaynatib, 15 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa. yaralar bitib tuzaladi.
- Og’rik zo’raysa, chukri urug’i talqonini 20 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, og’riq to’xtaydi.
Hoji Mengnazar Ructam o’g’lining «Dard borki, Darmon bor kitobi»dan.