Ayollarda siydik tuta olmaslikni davolash usullari

Ayollarda siydik tutolmaslikni davolash usullari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda yuz falajini davolash, sistik kasalini davolash hamda yuzdagi dog’larni ketkazish haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, ayollarda siydik tutolmaslikni uy sharoitida davolash usullari, kelib chiqish sabablari, tabiiy davolash yo’llari va kasallik turlari haqida bo’ladi.

Siydik tutolmaslikning turlari

Siyishni nazorat qilishning buzilishi jiddiy muammodir. Har 15 odamdan bittasi siydik tuta olmaydi. Bu dard erkaklarda ham uchraydi. Ammo ayollar 2 marta ko’proq bu dardga chalinadilar. Menopauza davriga kirgan ayollarning yarmi siydik tuta olmaslikning turli ko’rinishlaridan aziyat chekadilar.

Agar kulayotganda, yo’talganda, aksirganda, yugurganda, yuk ko’targanda siydikning bir qismi chiqib ketsa, bu stress siydik tutolmaslik deyiladi. Bu turdagi siydik tutolmaslikka siydik qopini ushlab turuvchu muskullar kuchsizlanishi sabab bo’ladi. Qorin bo’shlig’ida siydik qopiga bosim oshganida sfinkterning yaxshi ishlamasligi natijasida siydikning bir qismi chiqib ketadi.

Ayolning to’satdan, kutilmaganda siygisi kelib qolishi sharillab oqayotgan suv ovozidan bo’lishi yoki umuman hech qanday sababsiz bo’lishi mumkin. Ba’zida hatto siydik qopi bo’sh bo’lsa ham siygisi kelib qolishi mumkin. Bu turdagi siydik tutolmaslik oldingi turdan farqli ravishda muskullar bo’shashidan emas, aksincha, ularning ortiqcha qisqarishi oqibatida bo’ladi. Bunga nevrologik sabablar, infeksiya yoki surunkali yallig’lanish olib kelishi mumkin.

Ayollarda siydik tuta olmaslikni davolash usullari

O’ta faol (giperaktiv) siydik qopi

Tez-tez va beixtiyor, siydik qopining to’la yoki to’lamasligidan qat’iy nazar, bemor istamagan vaqtda siygisi kelib qoladi. Ko’pchilik ayollar bunday paytda hojatxonaga yetib olguncha siydikni ushlab tura oladilar. Bunday bemorlar asosan, siydik tutolmaslikdan emas, tez-tez siyishdan charchaydilar.

Dorilar ta’sirida bo’ladigan turi

Qon bosimini pasaytiruvchi, tushkunlikka depressiyaga) qarshi, siydik haydovchi dorilar ham siydik tutolmaslikka sabab bo’lishi mumkin.

Siydik tutolmaslik salomatlik uchun xavfli bo’lmasada u ayolning ruhiyatiga yomon ta’sir qiladi. Ularda jinsiy mayl susayishi, depressiya kuzatilishi mumkin.

Bu kasallikni davolash uchun oldin uning qaysi turdaligini, keltirib chiqargan sababini aniqlab olish zarur. Albatta, ayol analiz topshirishi, qancha suyuqlik ichishi, qancha va necha marta siyishi, necha marta siydik tuta olmay qolishini kundalik daftar qilib yozib borish zarur. UZI, sistometriya, MRT kabi tekshiruvlardan o’tkazilishiga zarurat tug’ilishi mumkin.

Ayollarda siydik tuta olmaslikni davolash usullari

Siydik tuta olmaslikda foydali maslahatlar

Choy, kofe, sho’rva kabilarni kamroq iching. Kofe va boshqa tarkibida kofein bo’lgan suyuqliklardan voz keching. Chunki, kofein siydik hosil bo’lishini kuchaytiradi. Har 2-3 soatda siygingiz kelmasa ham siyishga odatlaning.

Siydik tutolmaslikning stress turida Kegel mashqlari yordam beradi: Siyib turganda siydikni to’xtatmoqchi bo’lgandek muskullarni qisqartiring va 10 soniya ushlab turing, keyin bo’shashtiring. Mashqni 5 daqiqa davomida kuniga bir necha marta takrorlang.

Ayollarda siydik tuta olmaslikni davolash usullari

Ayollarda siydik tutolmaslikni uy sharoitida davolash usullari

  • 1,5 kg jiyda mevasi po’tlog’idan ajratiladi. Ajratilgan po’stloqlar idishga solinib, ustidan yarim litr qaynagan suv quyiladi. Kechqurun damlansa ertalabgacha tayyor bo’ladi. Damlama uchga bo’lib kun mobaynida ichiladi. Jiyda mevasining o’zi 3 mahal 11 donadan yeyiladi. Muolajani 5 kun yoki undan ham ko’proq davom ettirish mumkin.
  • Bemor yotishdan oldin oyog’ining tagiga asalni surtib, salafanga o’rab, naski kiyib yotishi kerak.
  • Kechki payt ovqatni ko’p yemaslik kerak. Ertalab, tushlik vaqti, kechqurun bir qoshidan asal yeyiladi.
  • Dumba yog’i eritilib, yotishdan oldin bir qoshiq ichiladi va qovuqqa, oyoqlarga surtiladi.
  • Bir chelak qum yaxshi qizdiriladi. Qop ustiga to’kib o’raladi. Bir matoga o’rab oyoq tagiga qo’yib, ko’rpaga o’ranib yotiladi.
  • 20 ta yong’oq mag’zi chaqib olinadi. Qizarguncha yaxshilab qovuriladi. Sovigandan keyin mayda qilib tuyiladi. Har kuni yotishdan oldin bir osh qoshiq kapalanib ichiladi.

“Onaning salomatligi – farzandingiz baxti” kitobidan

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: