Tamaki, alkogol va to’yingan yog’lardan arteriyangizni asrang

Kashandalik va chekishning zararlari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda kamharakatlilikning hayot uchun xavfliligi hamda qon aylanishini kuchaytirish haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, kashandalik va o’pka emfizemasi, chekishning organizmga zararlari, tamaki tarkibidagi zaharli moddalar ta’siri haqida bo’ladi.

Qahva, choy, tuz mahsulotlarining ta’siri

Tamaki tutunida mavjud smola va zararli kimyoviy moddalar arteriya devorlariga yopishib qoladi. Qon tomirlari yo’lini berkitib qo’yadi. Tamaki, qahva, choy, alkogol mahsulotlari yurak faoliyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Bu moddalar yurakni go’yoki siqib qo’yadi va yurak zo’riqish bilan ishlay boshlaydi. Tamaki istalgan korinishda yurak dushmanidir.

Doktor Lester M. Morison tamaki haqida yurak xastaliklarini davolash va oldini olish bo’yicha mutaxasislarga bunday degan: «Tamaki – bu zahar. Uning asosiy mahsulotlaridan biri – nikotin zaharli moddasidir. U miya, yurak va boshqa hayot uchun muhim bo’lgan a’zolarga ta’sir ko’rsatadi. Tamaki o’simlgi bellagonna (uyqu karaxtligi) bilan bir oilaga mansub. Unda asosiy zahardan, ya’ni nikotindan boshqa yana bir necha yaxshi ma’lum bo’lgan zaharlar mavjud: is gazi, mishyak, qatron va boshqa moddalar».

«Nikotin – bu inson organizmining qon tomirlariga ta’sir ko’rsatuvchi moddalarning eng zararlisidir», deb ta’kidlaydi doktor Morison.

Nikotin usiz ham devorlaridagi zaharli cho’kindilar oqibatida kichik qirqimga ega bo’lgan tomirlarni toraytiruvchi kuchli narkotikdir. Kashandaning yuragi ikki karra xatarga yo’liqadi. Uning qoni tamaki zaharlariga to’ladi, qon tomirlari esa qon aylanishini buzib, torayadi. Organizmning chekishda sodir bo’ladigan is gazidan himoyasi yo’q. Nega siz vafot etishni xohlamay turib, bu zaharni ichingizga tortasiz?

Qatron – bu ham zahar, U o’pka, og’iz bo’shlig’i va nafas olish yo’llari saratoning asosiy sababchisidir. 25 yuldan so’ng tamakining haddan tashqari iste’moli tufayli insonlarga nima bo’lishini o’ylash dahshatli. Har bir kashanda uni bevaqt o’limga olib keluvchi qaysidir bir kasallikni orttirib olish xavfiga o’zini duchor qiladi.

Tamaki, alkogol va to'yingan yog'lardan arteriyangizni asrang

Kashandalik va o’pka emfizemasi

Chekish oqibatida paydo bo’ladigan boshqa bir qotil-xastalik – bu hozirgi kunda keng tarqalgan o’pka emfizemasidir.

Bu kasallik tamakining qatron, nikotin va boshqa vayron qiluvchi zaharlari o’pkaning mayda havo qopchalariga o’rnashib qolishi bilan ajralib turadi. Ularning devorlari shu sababli avval juda torayib ketadi, keyun esa batamom vayron bo’ladi. Bundan so’ng qon zaharli karbonat kislotasini chiqarolmay, kislorod qabul qila olmay qoladi. Kasal kislorod tanqisligidan vafot etadi.

Emfizema darhol o’ldirmaydi. U bildirmay kashandaning orqasidan keladi. Avvaliga kichik yo’talishlar paydo bo’ladi. Bu yo’talishlar uni asosan ertalablari bezovta qiladi. Keyinchalik yo’tal uni ertayu kech bezovta qila boshlaydi. Bemorning holati muntazam yomonlashib boradi. Yaqin orada u oddiy havodan nafas ola olmay qoladi va kislorodli yostiqchadan foydalanadi. Oxir-oqibat, o’pkalar hatto toza kislorod olganda ham faoliyat ko’rsata olmay qolganida kasal jon beradi.

Nafas olish – bu bizning hayotimiz. Biz bir necha kun suvsiz va bir necha hafta ovqatsiz yashay olamiz, biroq havosiz bir daqiqa ham yashay olmaymiz. Havo – bizning mavjudligimiz asosiy tarkibiy qismi, kislorod esa – tabiatdagi eng buyuk tozalovchi kuchdir.

Tamaki chekish tabiatning barcha qonunlariga qarshi qaratilgan. Qachonki siz tabiat qonunlarini vayron qilishga urinsangiz, ular sizni nobud qiladi.

Yurak ishlab turishi uchun katta miqdordagi kislorodga muhtoj bo’ladi. Organizmda kislorod iste’molini kamaytiruvchi har qanday kasallik yurak, o’pka va butun organizm xastaliklariga olib keladi.

Tamaki, alkogol va to'yingan yog'lardan arteriyangizni asrang

Chekish organizmdagi C vitaminini yo’q qiladi

C vitamini – mustahkam sog’lik barpo qiluvchi tabiatning asosiy elementlaridan biridir. Bu vitamin, masalan, singa (zangila) kasalligini davolsh vazifasini davolashdan tashqari, tana hujayralarini oziqlantiruvchi ingichka kapillyarlardagi qon ketishining oldini oladi. Agar bu narsa yurak yoki miyada sodir bo’lsa, qon tomirlari yo’li bekilib qolishi mumkin. Bu esa halokatli oqibatlarga olib keladi. Oyoq-qo’llarda bunday bekilib qolishlar amputatsiya (kesib tashlashga) olib keluvchi qorason (gangrena)ni yuzaga keltirishi mumkin.

Tamaki C vitamini faoliyatini neytrallab qo’yadi, sizdan bu hayotiy himoyani o’g’irlaydi. C vitaminini o’rganuvchi kanadalik mutaxasis, doktor Makkormik laboratoriya tadqiqotlariga asoslanib, bir dona sigaret chekish bir apelsinda bor vitaminlar miqdorichalik vitaminni yo’q qilishini aniqlagan.

Bundan kelib chiqqan holda, bir kunda bir quti sigaretani chakkan inson o’z organizmidagi qimmatli C vitaminining normal balansini tiklash uchun kuniga 20 ta apelsin iste’mol qilishi kerak.

Biroq tamaki sizdan nafaqat C vitaminini olib qo’yib o’maradi, balki shaharlarimizdagi havoni ifloslantiradi. Shuningdek, kimyoviy konservantlarga boy ovqatda vitamin zahirasini quritadi.

Pol Breegg «Yurak» nomli kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: