Onajonlarimiz haqida eng go’zal she’rlar to’plami

Mehribon onajonlarimiz haqida eng sara she'rlar
Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )
  1. Onamdan xat
  2. Ona qalbi haqida
  3. Ona va bola
  4. Onajon

Salom do’stlar! Oldingi maqolalarimiz Muhammad Yusuf sherlari, kulgili mantiqiy topishmoqlar va vatan haqidagi sherlarni hukmingizga havola qildiik. Bugun esa munis, mehribon onajonlarimiz uchun eng sara she’r va qo’shiqlar to’plami sizning e’tiboringizga havola qilamiz. Ota ona haqida she’r deb qidiruvchilar uchun barcha sara sherlar to’plami.

Onamdan xat

O’g’lim, jigargo’sham, aytgin-chi, nahot,
Achinmaydi joning onang holiga.
Meni to’shaklarga mixlab qo’ydi bod,
Kelsang bir ko’rsamu… o’lsam, mayliga.

Chakka o’tgan eski tomga o’xshayman,
Ko’zimdan yomg’irlar to’kilar tinmay.
Bu yorug’ dunyoda bormi, bilmayman,
O’z o’g’li yo’liga intizor menday…

Onajonlarimiz haqida eng go'zal she'rlar to'plami

Hayhotdek hovlida qoldim bir o’zim,
Nima xayollarga bormasman ba’zan.
Sog’misan ishqilib, qo’rqaman, qo’zim,
Podsholar haqida sherlar yozasan.

O’ynashib bo’larmi shohlar bilan, ayt,
Qishloqi joningga she’rdan ne huzur?
Zeriksang – bepoyon yaylovingga qayt,
Siqilsang – dashtlarda ot choptirib yur!

Faqat xayolingdan chiqargin she’rni,
(Kimgadir yoqmasmish chinmi-yolg’onmi),
Axir, sen yozmasang o’sha Boburni,
Shoirning urug’i qurib qolganmi?..

O’glim, jigargo’sham, aytgin-chi nahot,
Achinmaydi joning onang holiga?
Meni to’shaklarga mixlab qo’ydi bod,
Kelib bir ko’tarib chiqqin hovliga.

Qolingda jon berib o’lsam, mayliga…

Muhammad Yusuf «Saylanma» kitobidan.

Ona qalbi haqida

Agar bola yig’lasa bormi,
Ko’krak berib, ovutar ona.
Betobligin sal bilsa bormi,
Uyqusini tark etar ona.

Qo’llarini aylaydi bolish,
Siynasini yumshoq karovot.
Bolajoni etmasin nolish,
Buzilmasin uyda farog’at.

Oq sutidan tayyorlab dori
Mehrin unga qo’shib beradi
Yozilajak ona xumori
Bolajoni kulib qaradi.

Meni qiynar goho bir narsa,
Yuragimga soladi larza.
Zorlanganda bazan onamiz,
Yupatishdan nega tonamiz.

Oq sutining hurmati shumi,
Ona qalbin xizmati shumi?

Munis, mehribon onajonlarimiz uchun sara she’r va qo’shiqlr to’plami…

Ona va bola

Bunda ko’rdim ajoyib haykal,
Haykaltarosh beribdi sayqal.
Huzurida o’y surib qoldim…
Huzurida ko’p turib qoldim.

… Ona turar … Ko’zida yolqin,
Vujudida jo’sh urmish to’lqin,
Qo’lidachi aziz dilbandi,
Quralay ko’z o’g’li – farzandi,

Jajji qo’llar ona bo’ynida,
Nelar kechar ona o’yida?
Balki o’tgan urush dahshati,
Og’ir hayot – turmush dahsha

Xonadonlar lov-lov yongani,
Yuraklarga kulfat solgani,
Faryod urib, ko’z yosh to’kkani,
Iflos yovni qarg’ab, so’kkani,

Hayolida kezayotgandir,
Ona qalbin ezayotgandir…
Yo’q! U kunni istamas ona,
Yo’q! U kunni hech demas ona!

Yurakdagi yolqin “Tinchlik” der,
Yurakdagi to’lqin “Tinchlik” der,
“Tinchlik” deydi ona yuragi,
Shuni istar qo’lda go’dagi.

Normurod Narzullev «Saylanma» kitobidan.

Onajonlarimiz haqida eng go'zal she'rlar to'plami

Onajon

Yo’llar yurdim bepayon,
Gullar terdim bir jahon,
Xayollarim siz tomon,
Uchar hamon,
Onajon!

Tergan gulim sizniki,
Jonu dilim sizniki,
Siznikidir guliston,
Guli xandon,
Onajon!

O’ylarimsiz Siz mening,
Kuylarimsiz Siz mening,
Siz menga baxt bearmon,
Siz menga jon,
Onajon!

Erkin Samandar «Sevgi fasllari» kitobidan.

Rating
( 111 assessment, average 4.43 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Comments: 2
  1. ....…3-+#-'

    :cry: :cry: :cry: :cry: :cry: :cry: :cry:

    1. Diyor

      ..

Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: