Distillangan suv xususiyatlari

Distillangan suv xususiyatlari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda organizmni har xil iflosliklardan tozalash, tamaki, alkogol va to’yingan yog’lardan arteriyani asrash hamda chekishni oson tashlash haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, distillangan suv qanday suv va uning foydaligi, noorganik moddalarning zararlari, yomg’ir,qor suvlari, mevalar sharbatlari tabiiy distillangan suv ekanligi haqida bo’ladi.

Suvdagi noorganik moddalarning salomatlik uchun zararlari

Mayda narsalar yovvoyi o’tlar kabidir – qanchalik ularni payqamask, shunchalik ko’payib ketadi.

Suvdagi noorganik moddalar buyraklar va o’t pufagida toshlar yig”ilishiga sabab bo’ladi. Arteriya, vena, tomirlar va organizmning boshqa qismlarida kislotali kristallar to’planishiga olib keladi.

Ko’pchilik insonlar natriy, temir, kalsiy kabi noorganik moddalar bilan kuchli to’yingan qattiq suv istemol qilishadi. Bunday odamlarning arteriya va vena devorlariga noorganik moddalar yig’ilib qoladi. Ularni qattiq va mo’rt qilib qo’yganlari uchun kasal bo’lib, bevaqt qarib qolishadi.

Distillangan suv xususiyatlari

Yomg’ir suvi va mevali sharbatlar – tabiiy distillangan suvlardir

Yer yaratilganidan so’ng unga bir tomchi ham yangi suv quyilmadi. Suv tabiatda o’zining uzliksiz aylanishini amalga oshiradi. Tabiatdagi suvning aylanishi – Yer suvlari muntazam ravishda distillatsiya yordamida tozalanib turishiga sabab bo’ladigan buyuk bir mo’jizadir. Quyosh suvni bug’lantiradi. U bulutga aylanadi, keyin esa yomg’ir yog’ib shudring tushadi. Bu barcha noorganik moddalardan mutlaq ozod, g’oyat toza suvdir.

Agar siz yomg’ir yoki qor suvini, yangi meva yoki sabzavot sharbatini ichsangiz, bilingki, bu suyuqliklar tabiat orqali tozalangandir. Yomg’ir va qor suvi 100% ga toza, ya’ni unda mineral moddalar umuman yo’q. Yangi meva va sabzavot sharbatlari tabiatan toza dictillangan suvni va bir necha qo’shimcha oziq moddalarni – tabiiy shakar, organik moddalar va vitaminlarni o’z ichiga oladi.

Distillangan suv xususiyatlari

Distillangan suv qanday suv va uning foydaligi

Oldiga qo’yilgan barcha narsani paqqos tushiruvchi, biroq o’z mashinasiga quyiladigan moyni juda sinchkovlik bilan tekshirib oladigan insonlarni ko’rish ba’zida g’alati tuyuladi.

Distillangan suv – o’lik suv, unda baliq yashay olmaydi. Chunki unga bu suvda yo’q bo’lgan oziq kerak.

Distillangan suv haqidagi bir noto’g’ri fikr uning organizmdagi organik moddalarni yuvib tashlashida. Bu nafaqat yolg’on, balki be’manilikdir.

Distillangan suv inson organizmida yig’ilib qolgan halokatli zaharlarni eritishga yordam beradi. U bu zaharlarning buyraklar orqali ularda qum va toshlarni qoldirmay o’tib ketishida asosiy omildir.

Distillangan suv – inson topa oladigan eng toza suv. Dunyodagi barcha dorixonalarda tayyorlanadigan har qaysi suyuq dori distillangan suv bilan tayyorlanadi. Undan mutlaq toza suv zarur bo’lgan yana yuzlab hollarda foydalaniladi.

Distillangan suv – yumshoq suv. Agar siz distillangan suvga boshingizni yuvsangiz, sochlaringiz qanchalik mayin bo’lib qolganini his qilasiz.

Minglab uylarda suvni uy ehtiyojlari uchun yumshatuvchi uskunalar bor. Chunki qattiq suv yuvinish uchun ham, kir yuvish uchun ham yaramaydi.

Agar siz yil qavomida distillangan suv ichsangiz boshqa hech qachon qattiq suv icha olmaysiz.

Pol Breegg “Yurak” nomli kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: