Vatan haqida she’rlar to’plami

Ватан хакидаги шерлар туплами

Oldingi maqolalarimiz Muhammad Yusuf sherlari, onajonlar haqida va bahor va ko’klam haqidagi sherlarni hukmingizga havola qildik. Bugun esa vatan haqidagi sherlar to’plami sizning hukmingizga havola

Muqaddas nima bor vatandan bo’lak

Tuprog’ing’ni ko’zga etib to’tiyo
Bag’ringda topdim men mehrdan ziyo
Ko’ksim qalqon bo’lsin, shu jonim fido
Sensiz ne kerakdir bu yorug’ dunyo
Muqaddas nima bor Vatandan bo’lak
Bulbulga ne go’zal chamandan bo’lak.

Tarixing’olamga bo’lgandir doston
Buyuk allomalar ko’z ochgan makon
Senga kasd qilganlar topmagay omon
Jasur farzandlaring yurtim sen tomon
Muqaddas nima bor Vatandan bo’lak
Bulbulga ne go’zal chamandan bo’lak.

Aziz ko’ringaydir har bir niholing
Bunchalar fusunkor yurtim jamoling
Baxting boqiy bo’lsin, ko’rmay zavoling
Alloxdan so’rayman mangu iqboling
Muqaddas nima bor Vatandan bo’lak
Bulbulga ne go’zal chamandan bo’lak.

Ona zamin omon bo’lsin

Issiq tuproq, iliq tuproq,
Qaydin senda buncha titroq
Mehrsizlik sezdingmi-yo
Odamlardan bezdingmi-yo.

Sen onamsan, rizq berganim
Ardoqlab g’amim yeganim
Bir don eksam ming aylagan
Ko’ksiga dunyo joylagan.

Ko’klam ko’rkam libosing bor
Yozda oftob qiyosing bor
Ko’zda ko’ksing iyib ketar
Qishda Allox suyub o’tar.

Sog’inib

Vatan haqidagi sherlar to’plami

Zaminimsan zamon oshgan
Cheksiz boylik to’lib-toshgan
Ko’zga surtsam gar tuprog’ing
Qolarmi onam titrog’ing.

Farzandlaring Faxri o’zing
Oqlagaydir bergan tuzing
To’kinchilik zamon bo’lsin
Ona zamin omon bo’lsin.

Orzularim oshkor etay bir bora
Nolalarim manzur bo’lsa deb zora
Sehrli bir sado ichra yonarman
Ko’nglingizni topmoq uchun ovora.

Ovoralar bo’lay mayli siz uchun
Duongizga mushtoq bo’lgan qiz uchun
Ona halqim bergan nonu tuz uchun
Yuragimdan eshilmoqda bir nola.

So’z navosi dilingizni shod etsin
Misli bahor kamalagi yod etsin
Orzularning bogini bunyod etsin
Bog’ingizga bo’lsin jonim sadpora.

Olis osmon farzandidir yulduzlar
Sezdirmasdan o’tar kecha-kunduzlar
Kecha-kunduzlarda yodimdasizlar
Sizlarni sog’inib kuylar dildora.

Mustaqil Vatanim

O‘tgan ming asrdan beradi sado
Boshqalar bir dunyo o‘z bir dunyo
Tanamda doimo jo‘sh urgan qonim
Mustaqil Vatanim O‘zbekistonim.

Har bir qarich yeri jannatlarga teng
Buxoro Samarqand Xivasin ko‘ring
Quyoshi porlaydi tinchdir osmonim
Mustaqil Vatanim O‘zbekistonim.

Zamonlarga boqing bugun tengdoshim
Boshqadan kam qilmas bizni yurtboshim
Yaxshi-yomon kunda Vatandir panoh
Bu yurtni qo’llaydi yaratgan Alloh.

Birlashib shu elning ertasi uchun
Yurakda porlasin o’chmas bir uchqun
Dilda bo‘lsin abad yolg‘iz so‘zimiz
Axir biz buyuk yurt farzandlarimiz.

Rating
( 8 assessment, average 4.13 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: