Tushlar ta’birlari harflar bo’yicha I-harfiga oid 0,9

Tushlar ta'birlari I-harfi bo'yicha

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz Z harfi, J harfi va Y harfiga oid tushlar ta’birlari haqida bo’ldi, bugungi mavzumizda, tush ta’birlari harflar bo’yicha, tushda igna, ipak, Injil, ishq, it, ishonch ko’rsa nima bo’ladi, shu haqda gap boradi.

Buyumlarga oid tush ta’birlari

Igna – tushda igna holatiga ko’ra turlicha ta’bir qilinadi. Er-xotin yaxshi yashashi, murodiga yetishi, to’y-tomosha, omadi kulib ishlari yurishishini bildiradi.

Tushda igna yo’qolsa, muammo tug’ilishidan darak beradi va yana iziga tushib ketishini bildiradi.

Homilador ayol tushida igna ko’rishi qiz farzandli bo’lishiga ishora.

Ilgak – u birovga zug’um qilish, boshlagan ishi nihoyasiga yetmasligi, axloqsiz ayolni bildiradi.

Imorat – tushda yangi imorat ko’rish xushxabarga ishora. Eski xaroba imorat ko’rish xastalikdan dalolat.

Bo’ydoq yigit yangi imorat ko’rishi tez kunlarda to’y bo’lishini bildiradi.

Injil – turlicha ta’bir qilinadi. Oriyatli kishiga tuhmat qilish, dunyo ishlaridan qo’l siltash, falokatga ishora. Bemor kishi tushda qo’lida Injil borligini ko’rishi xosiyatli tush emas. Ibodat qilib yuruvchi odam tushda Injil ko’rishi ba’zi gunoh ishlarni qilishiga ishora.

Inju – tushda inju ko’rish farzand, ilm, hikmat, boylik, Qur’on deb ta’bir qilinadi. Tushda og’ziga inju solganini ko’rgan kishi g’oyatda taqvodor bo’ladi. Tushida injuga ega bo’lgan kishi oila quradi. Yerga sochilgan injular o’rnini topmagan yaxshilik va o’rgatilmagan ilmga ishoradir.

Tushlar ta'birlari harflar bo'yicha I-harfiga oid 0,9

Inshoat – omad kulib boqishi, uzoq umr korishi, salomatligi yomnlashishi, uchrashuv, er-xotin ajrashishi, xushxabarga ishora.

Ip – oila qurishda qat’iy qarorga kelish, e’tiqod-iymonda sobit turish, va’dani bajarish, nikoh mahri, qarz, safarga chiqish, issiq-sovuq qilish, rostgo’ylikka ishora. Tushda oq ip ko’rish xursandchilik, qora ip ko’rish noxush xabarga ishora.

Iflos narsa – tushda iflos narsa yoki joyni ko’rish yaxshilikkamas. Sharmanda bo’lish, g’iybat, ko’ngilsiz voqealarga ishora.

Ishton – u xotindir. Xotin kishi qizil ishton ko’rsa, tuhmatga qoladi. Shu libos bilan ko’chaga chiqsa yomonlikka uchraydi.

Ishtonbog’ – u xafa kishi uchun xursandchilik, xursand kishi uchun xafalikdir.

Isirg’a – Turli yolg’on va tuhmat gaplarga ishora.

Ipak – ayol tushida ipak ko’rsa o’ngida foydali narsaga ega bo’ladi. Ipak kiyimlar tushda ko’p mol-dunyodir. Tushda ipak kiyim kiysa, haj qiladi. Kiyim rangi qizil bo’lsa, unga keladigan dunyodir.

Tushlar ta'birlari harflar bo'yicha I-harfiga oid 0,9

Tabiiy ne’matlarga oid tush ta’birlari

Iyun va iyul – tushda iyul oyini ko’rish- hayotdagi ijobiy o’zgarishlar, ishdagi muvaffaqiyat va quvonchdir. Tushda iyun oyini ko’rish- mehnatingizdan quvonishdir.

Ipak qurti – u podshohning xalqidir.

Irmoq – tushda irmoq ko’rish, o’ngda ziyofatga taklif etadilar. Tushda irmoq yo’li kengaysa, o’ngda do’stlaringiz ko’payadi.

It hujumi – agar tushida it tush sohibini tishlasa, dushman tomondan zarar ko’radi. Ba’zan kasal bo’ladi yoki bir pastkash g’iybat qilishiga ishora.

It hurishi – arar tushda it hursa, u pastkash va tuban kishidir.

Itning bolasi – tushda itning bolasi suyukli farzanddir. U oppoq bo’lsa, mo’min bola, agar qora bo’lsa, yaqinlariga yomonlik qilishidan darak.

It – tushda it devona, esi past kishidir. Cho’ponning itini ko’rsa rahbardan mablag’ keladi. Bu tush egasi yaxshi hayotga erishadi. Ba’zan itlar kasallikka ishora.

Tushlar ta'birlari harflar bo'yicha I-harfiga oid 0,9

Tush ta’birlari harflar bo’yicha insonlarga oid

Ism – tushda o’z ismini eshitish – yaxshi belgi, ijobiy voqealardan darak. Agar tushda ismi boshqa ismga aylanib qolsa, baxtli va salomat bo’ladi. Chiroyli ism bilan chaqirishsa, azizlik, sharaf, izzat-hurmatga erishadi.

Isitma – tushda o’zining isitmalab yotganini ko’rish, yuqumli kasallik, nevroz, klimaks davridagi gormonlar buzilishiga ishora.

Istig’for aytmoq – tushda istig’for aytmoq rizqning ko’p bo’lishiga dalolat. Kim namozdan tashqarida istig’for aytsa, umri ziyoda bo’ladi. Tushda kim Allohga istig’for aytayotganini ko’rsa, Alloh uning gunohlarini kechirib unga mol, farzand, xotin, jannat beradi.

Ixtiro – tushda biron narsa ixtiro qilsangiz, o’ngda barcha orzularingiz amalga oshadi.

Ich ketish – tushda ich ketishi, mol-dunyoni isrof qilish, baxillikdir. Ayol kishi uchun to’lg’oq tutishidan darak beradi.

Ichmoq – tushda shirin sharob yoki suv ichish hidoyat, ilmga dalolat. Tiniq suv ichish salomatlik, loyqa suv kasallik, juda ko’p suv ichish qandli diabet ehtimolidan darak. Kim tong saharda suv ichganini ko’rsa, halol mol-davlatga erishadi.

Ishq – kim o’zining oshiqligini ko’rsa, baloga uchraydi. Agar «Men seni yaxshi ko’raman» degan kishini ko’rsa, uni yomon ko’radi.

Ishonch – tushda biron narsaga ishonayotgan bo’lsangiz, o’ngda ikkilanmasdan bir qarorga kelishingiz kerak.

Ishtaha – tushda ishtahaning yaxshiligi yaqin orada ovqat hazm qilish organlarining kasallanishiga ishora. Tushda o’zingizga yoqqan taomni ishtaha bilan yeyayotgan bo’lsangiz, o’ngingizda oshqozoningiz bezovta qiladi.

Ichimlik -tushda alkogolli ichimlik ichish jigar kasallanishi va boshqa noxushliklarni bildiradi.

Ish izlamoq – tushda ish izlab yurgan bo’lsangiz, o’ngda ishlaringiz rivojlanadi. Tushda ish izlab topsangiz, o’ngda omadingiz qaytadi.

Ishlari tugasa – agar tushda kimningki ishlari tugasa, o’ngda ishlari yaxshi bo’ladi. Agar tugamasa ahvoli yomondir.

Ichki kiyim – yirtilgan ichki kiyim kasallanishdan darak. Toza ichki kiyim ko’rish sog’ligingiz tiklanadi. Kir ichki kiyim yashirin dardga ishora. Tushda ko’pchilik orasida ichkiyimda o’tirgan bo’lsangiz, o’ngda ko’p sinovlar boshingizdan o’tadi.

Isyon – tushda isyon bo’layotganini ko’rish, o’ngdagi to’siqlar, kelishmovchilik, qiyinchilikka ishora.

Dildora Abdullaeva «Tushlar olami»kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: