H-harfiga oid tushlar ta’birlari – 25

H-harfiga oid tushlar ta'birlari

Salom do’stlar, oldingi maqolamiz X va Q harflari bo’yicha tush tabirlari haqida bo’ldi, bugungi mavzumizda, H-harfiga oid tushlar ta’birlari, to’liq izohlar, tushda hajga borsa, hadya bersa, homilador ayolni ko’rsa, hijob ko’rsa nima bo’adi, shu va shu kabilarga batafsil izohlar beramiz.

Insonlarga oid tushlar ta’birlari

Hajga borish – qarzini to’lash, go’zallik, savob amallar, uzoq umr ko’rish, rizqiga baraka kirishi, osuda hayotni bildiradi. Bo’ydoq yigit hajga borganini ko’rsa tez kunlarda to’yi bo’lishiga ishora.

Tushda ot yoki tuyaga minib hajga borayotganini ko’rish tush sohibining ishonchli va mehribon do’stlari borligidan dalolat.

Hadya – sevgi, do’stlik, uylanish, muvaffaqiyat qozonish, g’iybat, gap, bergan va’dasini bajarish, xushxabarni bildiradi.

Hasad – tushingizda birovga hasad qilayotgan bo’lsangiz, o’ngda orzularingiz amalga oshmaydi. Agar sizga hasad qilayotgan bo’lsalar, o’ngda do’stlaringiz bilan tushunmovchilik sodir bo’ladi.

Hayajon – tushda hayajonlansh, o’ngda rejalar amalga oshishidan darak. Hayajon xavotirlikka aylansa, rejalaringiz barbod bo’lishidan ehtiyot bo’ling.

Bu insonni hayajonga soluvchi kasallikka ham dalolat.

Hibs – kimki tushida hibs qilingan bo’lsa, o’ngda kutilmagan tasodifga uchraydi. Hibsga olayotganlarini ko’rish yengil kasalga chalinishni bildiradi.

Hiqichoq – uzoqdan xabar kelishiga ishora.

Hikmat – agar kishi tushida hikmat ilmini o’qisa, Qur’on o’qiydigan bo’ladi. Hikmat varaqlarini yirtsa, hikmat va ilmni ko’p o’qiydi.

Himmat – kimki tushda himmat ko’rsatsa, o’ngda buning aksi bo’ladi.

Hovli – tushda chinnidek tozalangan hovlini ko’rish quvonchga dalolat. Chirkin hovli ko’ngilsizlikdan darak.

Hisob-kitob – tushda ishdagi hisoblarni g’oyat to’g’ri qilsangiz, o’ngda oldingizga qo’ygan vazifani uddalay olasiz. Qobiliyat va mehnatsevarligingizni boshlig’ingiz qadrlaydi. Hisob-kitobda adashsangiz, o’ngda rejalaringiz amalga oshmaydi.

Homiy – tushida homiy ko’rgan odam manfaat topadi.

H-harfiga oid tushlar ta'birlari - 25

Homiladorlik – tushda homiladorlikni ko’rish o’ngdagi yangi rejalar bilan bog’liq tashvishlarga ishora. Kimki tushida chiroyli homildor ayolni ko’rsa, o’ngida mehnatiga yarasha foyda oladi. Ayol kishi tushida homilador bo’lib, o’g’il tug’sa, o’ngdagi hamma ishlari yaxshi bo’ladi.

Qarzi ko’p bo’lgan kishilar tushlarida homilador ayol ko’rsalar, o’ngdagi holatlari biroz yengillashadi.

Husnbuzar – kimga tushida husnbuzar chiqib, so’ng yorilib, yiring oqsa, bu unga yutuq va omaddir. Ma’lum muddat ichida muayyan boylikka erishadi.

Hushtak – tushda hushtak ovozini eshitsangiz yoki chalsangiz, o’ngda foyda olish maqsadida buzuq va yaramas ishlarni qilar ekansiz.

Hukm – tushda sud hukmini eshitsangiz, o’ngda o’z xohishingizga qarshi uzoq safarga otlanasiz.

Hujjat – u tushda noxush ehtiroslardan darak. Kim tushida muhim hujjatlar bilan shug’ullanayotgan bo’lsa, ishi sudga tushadi.

Hijob – tushda hijob umri uzun bo’ladiga qizga dalolatdir.

H-harfiga oid tushlar ta’birlari suralarga doir

H-harfiga oid tushlar ta'birlari - 25

Humaza surasi – Ja’fari Sodiq aytadilarki, kim tushida Humaza surasini o’qisa, dalildirki, Alloh yo’lida mol ehson qiladi.

Hujurot surasi – Ibn Sirin aytadilarki, tushida Hujurot surasini o’qisa, dalildirki, odamlarni g’iybat qilmaydi. Kirmoniy aytadilarki, hech kimga azob bermaydi.

Hud surasi – Kirmoniy aytadilarki, agar tushda Hud surasini o’qisa, ishi yaxshi bo’ladi.

Hijr surasi – Ibn Sirin aytadilarki, kim tushida Hijr surasini o’qisa, Haq taolo oldida obro’li bo’ladi. Kirmoniy aytadilarki, umidlari hosil bo’ladi.

Hashr surasi – Ja’fari Sodiq aytadilarki, agar tushida Hasr surasini o’qisa, dushmani ustidan zafar qiladi.

Tabiiy nematlarga oid tushlar ta’birlari

H-harfiga oid tushlar ta'birlari - 25

Ho’kiz – tushda ho’kiz korish o’ngda sadoqatli do’stga, quvvatingiz va ishchanligingiz ortishiga dalolat. Semiz ho’kizlar omad va baxtga ishora.

Humo qushi – tushda humo qushini ko’rsangiz, o’ngda har qanday qiyinchliklarni yengib, o’z maqsadingizga erishasiz.

Ho’l jun – u tushda ishning baroridan kelishi, yaxshilik, rizq, rohat-farog’at alomati.

Hosil – tushda dalada katta hosil to’plasangiz, o’ngda katta foyda olishingizga ishora. Ayol kishi tushida hosil yig’sa, o’ngida kimki undan qarz olgan bo’lsa, yarmini qaytaradi.

Hasharotlar – ular tushda mayda noxushliklar, yomon kayfiyat, hasadchilar ig’vosi.

Hid – tushdagi yoqimli hid, o’ngdagi yaxshi xabarlarga ishora. Yoqimsiz hidlar, o’ngdagi tashvish, yomon kayfiyat, kasallik va muammolardan darak. Tush sohibi xushbo’y narsalarni sepgan bo’lsa, o’ngida hurmat va sharafga ishora. Kimki tushida xushbo’y hidli narsalarni sovg’a qilsa, o’ngida manfaat topadi.

Hovuz – tushda hovuz-salomatlik va hayotning farovon bo’lishidir. Iflos hovuz-kasallik va noxushliklardan darak.

Tushda ko’lni ko’rish – mo’l-ko’lchilik ramzi.

Dildora Abdullaeva “Tushlar olami” kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: