Q-harfiga oid tushlar ta’birlari – 23

Q-harfiga oid tushlar ta'birlari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda F harfi, O’ harfi va U harfi bo’yicha tush tabirlari haqida gaplashdik, bugungi mavzumizda, Q – harfiga oid tushlar ta’birlari, harflar bo’yicha izohlar, tushda qovoq, qurt, qushlar, qalampir, qulupnay ko’rsa nima bo’ladi, shu kabilarga to’liq izohlar beramiz.

Insonlarga oid tushlar ta’birlari

Qabr – qamoqxona, uzoq safar, g’am-tashvish, uzoq-umr ko’rish, nikoh o’qilishini bildiradi.

Qabr toshi – tushda qabr toshini ko’rish uzoq safarga chiqish, g’am-tashvish, ishdan ayrilish, qamoqdan chiqish, ozodalik, mashaqqatning rohati, qarzlarini to’lash, notinchlikni bildiradi.

Qabriston – qo’rquv, yig’lash, dunyodan umid uzish, o’tgan yaqinlarini eslash, afsuslanish, qamoqqa tushishni bildiradi.

Qadam tashlash – tushda qadam tashlab yurish maqsadga yetishishdan dalolat. Kishining martabasi oshadi, orzulari ushaladi, farzandli bo’lishiga ishora.

Qadr kechasi – tushda qadr kechasida ibodat qilayotganini ko’rish tush sohibining niyatlari ijobat bo’lishi, dunyo va oxiratda hurmatli inson bo’lishi, gunohlari afv etilishi, tashvishlardan xalos bo’lishiga ishora.

Qazish – tushda yer qaziyotganini ko’rish ish topib tirikchiligini yaxshilashi, qarzini to’lash, makkorlik bilan pul undirishini bildiradi.

Bemor kishi qazilgan o’raga tushib ketib tirmashib chiqsa, salomatligi yaxshilanishiga ishora.

Qayg’u – tushda qayg’uga botganini ko’rish sevib qolish, xursandchilik, javobsiz sevgi, tushkunlik, ishdagi muammo, sevgilisidan ayrilish, tavba qilish, horg’inlik, afsuslanishga ishora.

Qaynona – tushda qaynonasini ko’rish g’am-tashvish, baxt, farzandli bo’lish, xafagarchilik, yangi oila qurish, mehmon kelishiga ishora.

Qayinegachi yoki qayinsingil – kutilmagan mehmon, xushxabar, mish-mish gaplar, hasad, to’y-tomosha bo’lishi, uchrashuvni bildiradi.

Qalb – jasorat, yomonlik yo yaxshilik, go’zal axloq, ishonch, osudalikni bildiradi.

Qariya chol – u tushda uzoq umr ko’rish, baxtli yashash, xursandchilikka ishora. Tushda qariyaning qo’lini o’pib duosini olish, tashvishlardan xalos bo’lib baxtli yashashga ishora. Tushda qariyaga salom berish yuksak martabaga erishishni bildiradi.

Q-harfiga oid tushlar ta'birlari - 23

Qarzini berish – tushda qarzini berish savob amallar tashvishlardan qutilish, serdaromad ish, xatolarini tuzatish, badavlat bo’lish, odamlar duosini olish, xursandchilikni bildiradi.

Qarsak chalish – xushxabar, yaxshi hayot kechirish, salomatlik, sevishganlar baxtga yetishi, boshlagan ishi yakuniga yetishi, omad kulib boqishini bildiradi.

Qassob – og’ir xastalik, savdoda kasodga uchrash, qarzlarini to’lash, kuch-qudratni bildiradi.

Qatl etish – uzoq umrga ishora. Tushda qatl etilganini ko’rish shuhrat orttirish, tashvishdan xalos bo’lish, qarzlardan qutilish, xursandchilik, merosga ega bo’lishga ishora.

Qiz bola – u tushda sevganiga yetishish, rizq-nasiba, baraka, ochilmagan sinoat, serhosil dala, xursandchilik va xushxabarni bildiradi. Bemor kishi tushida qizcha ko’rsa, tuzalishiga ishora.

Emaklayotgan qizchani ko’rish ishlari izga tushishi, katta foyda olishga ishora.

Qovoq – ko’z qovog’i sog’lom bo’lsa, yaxshilikkadir. Unda yara bo’lsa, g’am – tashvish va xafalikka ishora.

Qon – tushda qizil qon salomatlikdir. Quyuq qoramtir qon kasallikdan darak. Qon oqayotgani – og’ir kasallik yoki jarohatdir. Kishi tushida o’z tanasida jarohat topsa, boyligi ortadi.

Tabiiy nematlarga oid tushlar ta’birlari

Qaymoq – ona qornidagi bola, arzonchilik, rizq-nasiba, katta daromad, kutilmagan xushxabar, mashaqqatsiz mehnat, suhbati ma’noli dono kishini bildiradi.

Qalampir – ikki sevishganning o’rtasiga tushuvchi uchinchi kimsani anglatadi. Afsuslanish, noxush xabar, oiladagi kelishmovchiliklarni ham bildiradi. Yashil qalampir yeyish sevinchli xabardan darak.

Tuyilgan qalampir yeyish sevishganlar ayrilishidan dalolat.

Qaldirg’och – saxovatli, odamlardan yordamini ayamaydigan, lekin farzandsiz kishiga ishora. Tartib-intizom, halol mol, kutilmagan katta meros, xushxabar, do’stlar uchrashuvi, sevgini bildiradi.

Qamish – yaxshilikka ta’bir qilinmaydi. Sirlari oshkor bo’lishi, yolg’on, nomard kishi, tuhmatga uchrash, umri poyoniga yetgani, yo’qchilikka ishora.

Qarg’a – qo’pol, yolg’onchi, va’dasini bajarmaydigan erkak, noxush xabar, ayriliq, janjal, yaxshilik, salomatligi yomonlashuvidan darak.

Qovoq – tushda xom qovoq yeganini ko’rish sevgani bilan janjallashishga ishora. Pishga qovoqni ko’rish yo’qotganini topishini bildiradi. Bemor kishi pishgan qovoq ko’rsa tez orada tuzalib ketadi.

Qichitqi o’t – yolg’on ayblov qo’yish, dushman, xastalik, g’am-tashvish, omadsizlik, notinchlik, noxush xabarni bildiradi. Bemor kishi shu o’tdan damlama tayyorlab ichsa shifo topishiga ishora.

Q-harfiga oid tushlar ta'birlari - 23

Qulupnay – o’rtoqlaringiz bilan ko’ngilxushlik qilasiz.

Qum – u tushda hiyla, o’g’rilik, mulk va safardan keladigan foydaga dalolat qiladi.

Qurbaqa – tushingizda qurbaqa tutib olsangiz, o’ngda sog’ligingizga e’tibor qilmas ekansiz va shuning uchun tez-tez kasalga chalinasiz. Qurbaqa tomoq og’rishi, yurak dardi, ko’z tekkani va kinnaga ishora.

Qurt – qurt ko’rish ichak kasalliklari, stress va salbiy hissiyotlardir.

Quruq meva – quruq meva ko’p turadigan rizqdir.

Qush – kimki tushida qush ko’rsa bir paytlar yo’qotgan narsasini qo’lga kiritadi. Kim tushida qushlar uning joyida uchayotganini ko’rsa, farishtalarni ko’rgan bo’ladi. Qushlarning rangi oppoq bo’lsa, u soflik alomatidir. Bo’g’iq rangli qush bo’lsa, noaniq ishdir.

Homilador ayoli bor kishi erkak qush ko’rsa, o’g’il farzand, urg’ochi qush ko’rsa, qiz farzand ko’rishiga ishora.

Qo’ziqorin – tushda qo’ziqorin ko’rgan yoki tergan kishi o’ngida muvaffaqiyatga erishadi. Uni ko’rgan kishi atrofdagilarni bir ish bilan hayratda qoldiradi. Qo’ziqorin yeganini ko’rish haloldan mol kasb qiladi.

Qo’zichoq – u tushda ota-onasiga itoatli o’g’il farzanddir. Qo’zichoqning go’shtini yeyish g’am keltiradi.

Qo’y – tushda qo’y go’shtini yeyish omad va ishidagi rivojga ishora. Qo’ylarning o’tlab yurganini ko’rish orzulari amalga oshishini bildiradi. Qo’ylarning ma’rashi oilaviy baxt va hurmat-e’tiborga dalolat. Tushda ko’p qo’y sotib olish o’ngda qandaydir jamoaga ega bo’lishni bildiradi.

Qor – tushda qor ko’rish kulgiga ishora. Tushda qor yog’ishini ko’rish quvonch, omadning kelishi, islarning yurishib ketishi, oilada farovonlik, sevgilisi bilan vaqtni ko’ngilli o’tkazishni bildiradi.

Q-harfiga oid tushlar ta'birlari - 23

Q – harfiga oid tushlar ta’birlari buyumlarga doir

Qadah – xotini yo sevgan qizga ishora. Yashirin sirlar oshkor bo’lishi, g’am-tashvish, farzandli bo’lish, yo’qchilikni bildiradi.

Qalam – orzulari ushalishi, farzandli bo’lish, davlat tashkilotiga ishga kirish, mashaqqatli mehnat, tashvish, savdoda zarar ko’rishni bildiradi. Homilador ayol tushda qalam ko’rsa, o’g’il farzand ko’radi.

Qaychi – oilaviy munosabatlarga dars ketishi, yaqinlar orasiga sovuqlik soluvchi nokas odam, farzandli bo’lish, uylanish, egizaklar, sodiq do’stga ishora. Tushda qo’liga qaychi berishsa tush sohibining davlati ortadi. Biror narsa qirqayotganini ko’rsa, tez orada orzulari ushalishidan dalolat.

Qayiq – rizq-nasiba, oila, odamlarga yordam beruvchi inson, uylanish, tashvish, xafagarchilikni bildiradi. Tushda yangi va katta qayiqni ko’rish serdaromad ish topishga ishora.

Qamchi – niyatlari ijobat bo’lishi, farzand, nasihat beruvchi oqil kishi, nozik didli do’st, ota buyrug’iga ishora. Tushda otasi qamchi bilan savalayotganini ko’rish tush sohibiga otasidan yukli meros qolishini bildiradi.

Q-harfiga oid tushlar ta'birlari - 23

Qarmoq – tushda qarmoq ko’rish tush sohibi tuzoqqa tushmasligi uchun ogohlantirish sanaladi. Hiyla-makr, mashaqqat bilan topilgan halol pul, oson topilgan harom davlat, qulay fursatni qo’ldan boy berishni bildiradi.

Qafas – qamoqqa tushish, qayg’u, musibat, janjal, rashk, xushxabarni bildiradi. Faqat tushda katta qafas olib ichiga tovuq qamaganini ko’rish yaxshilikkadir. Yangi uy olib uylanishidan dalolat.

Qilich – tushda qilich har xil ta’bir qilinadi. Mol-mulk, farzand, dushman, g’alaba qozonish, xursandchilikka ishora.

Qog’oz – oppoq qog’oz ko’rish kasallik, tashvish, bekorchi harakatga ishora. Tamg’ali qog’oz ko’rish katta ishlarni boshlab, muvaffaqiyatga erishishni bildiradi. Rang-barang qog’oz yaxshi kayfiyatni bildiradi. Qora qog’oz organizm holsizligi, quvvati pastligini bildiradi.

Qopqoq – tushda ko’rilgan qopqoq sirlarni yashirmoqqa dalolat qiladi.

Qopqon – agar tushda qopqon qo’yib chiqayotgan bo’lsangiz, o’ngda o’z maqsadingizga erishish uchun hech narsadan tab tortmaysiz. Tush sohibining o’zi qopqonga tushsa, o’ngda uning raqiblari g’olib chiqadi.

Qimmatbaho buyumlar – oriyatli er, oqibatli farzand, to’plangan davlat, nomi mashhur inson, foydali maslahat, o’z sevgisini topishni bildiradi.

Qimorxona – makkor, mast, g’alamis, g’am-tashvish, yo’qchilik, janjal, oilaviy kelishmovchilik, musibatli xabar, do’stga ishora.

Qibla – har bir orzusi ushalishi, salomatlik, oqibatli farzand, qarzlari to’lanishi, xayrli safar, xushxabar, mehmon kelishi, omad kulib boqishiga ishora.

Qal’a – kuchli irodali odam, gunohlardan qutulish, ishonchini oqlamaslik, serdaromad ish, farzandli bo’lishga ishora.

Dildora Abdullayeva “tushlar olami” kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: