Izohli tushlar ta’birlari B- harfi bo’yucha 0,2

Harflar bo'yicha tushlar ta'biri

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz izohli tushlar ta’birlari, bahor va ko’klam va munis onajonlar haqida sherlar o’qidik, bugungi mavzumiz, B – harfi bo’yicha tushlar ta’birlari, har xil turdagi tush ta’birlari, izohlar haqida bo’ladi.

Buyumlarga xos tush ta’birlari

Bayroq – bokira, oqila qizga ishora. Shuningdek, g’alaba qozonish, xushxabar, ayriliq, yuksak martabani bildiradi.

Tushda uy tomida bayroq ilinganini korish shu xonadonda to’y bo’lishidan dalolat.

Homilador ayol bayroq ko’rsa o’g’il farzand bo’lishidan darak beradi.

Baldoq – g’am- tashvish, tushunmovchilik, va’dasini bajarmaslik, ishdagi mashaqqat, oilaviy kelishmovchilikka ishora.

Tushda kumush baldoq taqqanini ko’rish oqibatli insonlar bilan do’stlashishga ishora. Tilla baldoq ko’rish o’g’rilik, muammoni bildiradi.

Bank – tushda o’zini bank ichida ko’rish badavlat kimsa, qarz olish, qiyinchilikka duch kelish, birovlarga zulm qiluvchi odamni bildiradi.

Bar – bar-kafeda maishat qilib o’tirganini ko’rish zinokor ayol, musibat, ayriliq, yomonning zarari, iymoni sust kishi,xastalik, shayton vasvasasiga uchishdan dalolat beradi.

Beshik – tushda beshik ko’rish erkaklar uchun musibat, hibsga olinish, tashvish. Bo’ydoq yigit uchun xursandchilik, ayollar uchun farzandli bo’lishga ishora.

Beshikda birov uxlayotganini ko’rish oilada musibat bo’lishi, beshik singanini korish noxushroq xabarga ishora. Beshik tebratayotganini ko’rish musibatlardan xalos bo’lishga ishora.

Bigiz – uy bekasi, oqil kimsa, obro’ talab ota, saxovatli qo’shni, giybat so’z eshitishni bildiradi.

Bilaguzuk – ayollar tushda bilaguzuk ko’rishi to’y tomosha, erkaklar uchun qamoqqa ishora.

Homilador ayol bilaguzuk ko’rsa qiz farzandlik bo’ladi.

Bilet – avtobus bileti bir necha kunlik safarni, samolyot bileti uzoq safarga chiqishni bildiradi, konsert bileti boylikka, kino uchun olingan bilet tashvishga ishora.

Bino – tushda biror shahar yoki qishloqda bino qurilayotganini korish o’sha yerlik qizga uylanishga ishora. Keng va yorug’ bino barpo qilish kelajakda osuda hayot kechirishga ishora.

Bolta – iymon-e’tiqodi kuchli ekanini bildiradi. Tushda qo’lida bolta ko’rish o’g’il farzandli bo’lishga ishora.

Bolg’a – oiladagi notinchlik, aka- ukalar kelishmovchiligi, noxush hodisani bildiradi.

Bolaxona – yuksak martabali kishi, boylik, katta meros, ayriliqni bildiradi.

Izohli tushlar ta'birlari B- harfi bo'yucha 0,2

Hayvonlarga oid tushlar ta’birlari

Baytal – tush sohibining xotiniga keladigan aziz mehmonga, qimmatbaho mol, uzoq va mashaqqatli safarga ishora.

Baytal otning tuproqqa ag’anayotganini ko’rish omad kulib boqishi va katta boylikka ega bo’lishiga ishora.

Baliq – oqila, bokira qizni, noxush xabar eshitish, sheriklikda yangi ish boshlashni bildiradi.

Tushda tirik baliqni ushlab pishirib yeganini ko’rish katta meros sohibi bo’lishga ishora. Baliq sotib olganini ko’rish samimiy ayol bilan tanishishiga ishora. Tuzlangan baliqni ko’rish serdaromad ish topishdan dalolat.

Bedana – chiqarilgan qarorning o’zgatirilishi, yangi uyga ko’chib o’tish, ikkiyuzlamachi kishi bilan uchrashivga ishora.

Bit – turmush o’rtog’i bilan osuda hayot kechirishga ishora. Boshidan bit to’kilganini ko’rish daromadi ortishiga ishora. Bit o’ldirganini ko’rish og’ir gunoh qilganidan dalolat.

Biya – maqtasa arziydigan ayol, oila, boylik, oqila xotin, savob ishni boshlash, safarga chiqish, uchrashuv, er-xotin ajrashish, ishda omad yuz o’girishiga ishora.

Qizil biya xushchaqchaq, obro’li ayolga, ola-bila biya go’zallik, boylik, dumi va yoli qizil bo’lgan biya ko’rish shirinso’z ofatijon ayolga ishora.

Boyqush – o’lim farishtasini chaqiradi. Giybat, ayriliq, yo’qchilik, tashvishni bildiradi. Boyqush korish

yaxshilikka emas.

Buqa – tushda buqa ko’rsangiz o’ngdagi foydaga ishora. Agar buqa suzsa, o’ngda ko’ngilsiz voqealar yuz beradi.

Bulbul – u tushda boy kishi yoki boy ayolga ishora. Qori yoki xushovoz kishi, shirinso’z, latofatli ayolga ishora.

Bo’ri – tushdagi bo’ri zulumkor hukmdorga ishora. Tushda bo’rini o’ldirish o’ngdagi qiyinchiliklarni yengishni bildiradi. Bo’ri uvillashini ko’rish xavf- xatar belgisini bildiradi.

Izohli tushlar ta'birlari B- harfi bo'yucha 0,2

Meva va osimliklarga oid tushlar ta’birlari

Banan – tushda banan yeganini korish raqib tomonidan tayyorlangan tuzoq, boylik, savob amallar qilish, ko’ngli yarim insonni shod qilishni bildiradi.

Baqlajon – yengil xastalik, g’am tashvish, rizq-nasiba, oila a’zolarining e’tibori, dilni og’rituvchi so’z, xursandchilik, safarga chiqish, tashvishlardan xalos bo’lishga ishora. Baqlajonlar qorayib ketganini ko’rish tush sohibining nomi yomon otliqqa chiqishini bildiradi.

Behi – tushda behi ko’rish yoshi katta ayol, xastalik, xasis odam, ko’p pul topish, uzoq safarga chiqishdan dalolat. Bemor kishi tushida behi yesa shifo topadi. Bo’ydoq kishi behi ko’rsa xushro’y qizga uylanishiga ishora.

Binafsha – badfe’l er, xotinini xor qilgan odam, notinchlikni bildiradi. Tushda binafsha terib yurganini ko’rsa, noxush xabar eshitiladi. Ayol binafsha terib eriga bersa eri bilan saodatli umr ko’rishiga ishora.

Bodom – mardlik oliyjanoblikka ishora. Tushda bodom chaqib yeganini korish mol davlatga ega bo’lishini bildiradi. Bodom qoqib olganini ko’rish murodiga yetishishiga ishora. Shirin bodom yumshoq tabiatli, achchiq bodom esa rostgo’y odamga ishora.

Bodring – uddaburon yigit, shirish so’z eshitish, to’y- tomosha, lobar qiz bilan tanishish, serdaromad ish, salomatlik, omad kelishiga ishora.

Izohli tushlar ta'birlari B- harfi bo'yucha 0,2

Insonlarga oid tushlar ta’birlari

Barmoq – tushda barmoqlarini ko’rish farzand, umr yo’ldoshi, ota-ona mol davlat, san’at shaydosi, besh vaqt namoz o’qish, fayzli oylarga ishora. Barmoqdan qon oqqanini ko’rish musibatdan darak.

Tushda barmoqlarga xina qo’yganini ko’rish tush sohibining mol davlati ortishiga ishora.

Bobo – tushda bobosini ko’rish uzoq umr, salomatlik, quvonch, osoyishtalikka ishora.

Bola tug’ilishi – tushda bola tug’ilishini ko’rish xushxabar, yangi ish topish, yangilik yaratish, taqdir kulib boqishi, rizq barakaga ishora.

Homilador ayol tushida o’g’il tug’sa o’ngida qiz farzandli bo’ladi. Tushda qiz tug’ilsa g’am- tashvishlardan xalos bo’lishga ishora.

Buvi – tushda buvini ko’rish yaxshi oilaviy munosabat, o’z yaqinlaringizga mehribonchilik qilishga ishora. Agar buvingizni yoningizda ko’rsangiz o’ylab qo’ygan rejalaringiz amalga oshadi.

Bo’lajak kuyov – qiz bola bo’lajak erini tushida ko’rsa, o’ngida kutilmagan ko’ngilli voqeaga duch keladi. Tush sohibi o’zini uylanayotgan yigit sifatida ko’rsa, o’ngida uni bir ish kutadi, lekin u ish yaxshi natija bermaydi.

Biznesmen – tushda biznesmenni ko’rsangiz, o’ngda ehtiyot bo’ling, biron narsangiz yoki birovning pulini yo’qotib qo’yishingiz mumkin.

Burun – burun mol, ota, bola, aka, er, sherik yoki ish yurituvchiga ishora. Kim tushida burnini qoqsa qiz farzand ko’radi. Tushda burun kattalashib ketsa boylikka, farzand ko’rishga ishora.

“Izohli tush ta’birlari” kitobidan

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: