N-harfiga oid tushlar ta’birlari harflar bo’yicha -14

N-harfi bo'yicha tushlar ta'birlari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz M harfi, L harfi va K harfiga oid tushlar ta’birlari haqida bo’ldi, bugungi mavzumizda, N-harfiga oid tushlar ta’birlari harflar bo’yicha, tushda na’matak, nastarin, nok, no’xat, non ko’rsa nima bo’ladi, shu kabilarga izoh beramiz.

Gullar va o’simliklar tushlar ta’birida

Nargic guli – tushda nargis gulini ko’rish shirinso’z ayol, sodiq do’st, chiroyli qizga uylanish, xushxabar eshitish, oqibatli farzand, xursandchilikka ishora.

Nastarin (siren) – tushdagi nastarin yengil tabiat umr yo’ldoshi deb ta’bir qilinadi.

Na’matak – tushda na’matak ko’rsangiz, o’ngda qalinroq kiyinib yuring, yomg’irli kunda ko’chaga chiqmang, shamollab qolishingiz mumkin.

Nilufar gul – u tushda dengizga sayohat yo safarga dalolat qiladi. U toat-ibodat yo’lida sadaqa qilinadigan halol moldir. Gohida uni g’am, kasalliklar va ishida turlanaveradigan kishiga ishora qilishadi.

Novda – tushda ko’kargan novdani ko’rsangiz, o’ngda barcha orzularingiz amalga oshadi. Novdada osilib turgan mevalarni ko’rish o’ngdagi yaxshi o’zgarishlardan dalolat. Daraxt novdalari – asab, yurak-tomir va limfatik tizim kasalligiga ham ishora.

Nok daraxti – nok daraxti o’zga millatlik kishiga ishora. U mol chiqarish uchun ahdiga murosa qiladigan odamdir.

Nok, nashvati – u tush egasiga keladigan mol-dunyodir. Kim uni tushda yesa, mol va ne’matga erishadi. Homilador ayol uchun o’g’il farzand ko’rishga ishora. Qizlar uchun tushda turmushga chiqishni bildiradi. Yangi uzilgan shirali nokni ko’rish quvonchli xabar, boylik va baxtli turmushni bildiradi. Bemor tushida nok yesa tuzaladi.

No’xat – tushda noxat farovonlik, salomatlik, foydali mehnatga ishora. No’xat farzandlarning suyanchiq bo’lishini, ishlarning yaxshilanishi, asabning tinchlanishini bildiradi.

Naftalin – tushda naftalin ko’rish va uni sepib yurish o’ngdagi omadga ishora.

Non – tushda chiroyli nonni ko’rish, muhabbat, maishat va qonuniy mulkka ega bo’lish ramzi. Ko’p nonni ko’rish do’stlar va tanishlarning ko’payishiga ishora.

N-harfiga oid tushlar ta'birlari harflar bo'yicha -14

Suralar tushlar ta’birida

Nur surasi – tushda nur surasini ko’rsa, ilmli bo’ladi.

Nuh surasi – Ibn Sirin aytadilarki, tushda Nuh surasini o’qisa, tavba qiladi.

Nas surasi – Ibn Sirin aytadilarki, tushda Nas surasini o’qisa, mol topadi.

Nozi’ot surasi – Ibn Sirin aytadilarki, agar tushida Nozi’ot surasini o’qisa vafot etganda qo’rqmaydi.

Niso surasi – Ibn Sirin aytadilarki, tushida Niso surasini o’qisa, meros topadi.

Nahl surasi – agar tushida Nahl surasini o’qisa, o’ngda dinni yaxshi ko’radigan bo’ladi.

N-harfiga oid tushlar ta'birlari harflar bo'yicha -14

N-harfiga oid tushlar ta’birlari odamlar haqida

Nevara – nevaralarni ko’rish, ijobiy ehtiroslardir. Nevaralarning xavfli o’yin o’ynayotganini ko’rish, ularning sog’ligiga zarar yetishidan dalolat.

Nafrat – tushda darg’azab bo’lish, yomon dalildir. Odamning tushida nafratlanishi qalbdagi g’ashlikka dalolat qiladi. Ba’zan esa yaxshilikka chaqiradi.

Nashavand – tushda nashavand ko’rsangiz, o’ngda ularning ta’siriga tushib qolishdan ehtiyot bo’ling. Ular bilan gaplashish kasal bo’lishga ishora.

Nikoh – Tushda nikoh marosimini ko’rish farzandli bo’lishga va quvonchli xabarga ishora. Bo’ydoq yigit tushda uylanayotgan bo’lsa, ishlari yurishib ketishiga dalolat.

Navo – tushda kuy, navo eshitish noxush xabarga ishora. G’am-tashvish, ayriliq, iztirob chekish, ikki sevishgan uchrasha olmasligi, kelishmovchilikni bildiradi.

Nay – u tushda sevgisi javobsiz oshiq, xushxabar, orzulari ushalishi, g’am-tashvishlarni yengib o’tish, noxush xabar, va’dasini bajarmaslik, xastalik, uzoq safarga chiqish, shon-shuhratga erishish, notinchlikni bildiradi.

Namoz – tushda namoz o’qiyorganini ko’rish tashvishlardan xalos bo’lish, omonatini egasiga yetkazish, xursandchilik, orzulari ushalishi, yuksak martaba, mashaqqatni yengib o’tishga ishora.

Nonvoy – agar kishi tushida oq undan non qilayotganini ko’rsa, yaxshi yashaydi. Nonvoydan non olish yaxshi hayot kechirishga ishora.

Nonushta – u tushda horg’inlikka dalolatdir. Kim tushida nonushta talab qilsa, o’ngda charchaydi.

Notanish xotin– tushda notanish keksa ayol o’ngda g’iybatdir. Chiroyli notanish juvonni ko’rish quvonch va moddiy manfaatga ishora.

Kimki tushida notanish yigitni ko’sa, o’ngida uning dushmani paydo bo’ladi.

Nur – tushda nur ko’rish maqsadga erishish, ruhiy yo’l qidirishga ishora.

Nog’ora – tushda nog’ora ko’rish aldov va soxta do’stlikka yo’yiladi. Nog’ora ko’rish quloq, tomoq, burun, nafas tizimi kasalliklariga ishora.

Dildora Abdullayeva “Tushlar olami” kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: