Sh-harfi bo’yicha tushlar ta’birlari -27

Sh-harfi bo'yicha tushlar ta'birlari

Salom do’stlar, biz oldingi maqolalarimizda CH va H harflari bo’yicha tushlar tabiri haqida gaplashdik, bugungi mavzumizda, Sh – harfiga oid tushlar ta’birlari, tushda sham, shapka, sholi, sholg’om, shag’al ko’rsa nima bo’ladi, shu kabilarga to’liq izohlar beramiz.

Buyumlarga oid tushlar ta’birlari

Shag’al – rishtalar uzilishini, noxush hodisaga aralashib qolish, noahil do’st, oiladagi kelishmovchiliklardan darak.

Shalvor – tushda shalvor ko’rish oila qurish, erini aldash, zino, farzandli bo’lish, kutilmagan yerdan keladigan pul, moddiy ahvolini yaxshilashga ishora. Bo’ydoq yigit yangi shalvor olganini ko’rishi hayoli, oriyatli qizga uylanishiga ishora.

Tushda shalvori ho’l bo’lsa, xotini homilador bo’lishiga ishora.

Sham – oilasi faxrlanuvchi farzand, yuksak martaba, hasad, bilim olish, safarga chiqish, yo’qchilik, mashaqqatli mehnatni bildiradi.

Tushda uyida sham yonayotganini ko’rsa, rizq-nasiba kirishiga ishora. Tushda sham yoqish o’g’il farzandli bo’lishini bildiradi. Nochor kishi sham ko’rsa, badavlat bo’ladi. Boy kishi ko’rsa, davlati ortadi.

Shapka – ota, yuksak martaba, uylanish, uzoq safarga chiqish, harbiy xizmatga ketish, badavlatlikdan nochorlikka tushib qolishni bildiradi.

Shift – tushdagi shift qadri baland, yuqori martabali odam ramzidir. Agar shift ustiga qulab tushayotgandek ko’rsa, martabali kishi tomonidan unga xavf-xatar yetadi. Shiftdan tuproq tushib, kiyimiga tegsa, xavf-xatardan keyin mol-davlatga yetadi.

Shisha – tushda shishadan yasalgan narsani ko’tarib yurish g’urur, sindirish mol-mulkdir. Uyda shishaning ko’p bo’lishi ayollarning to’planishidir. Tushdagi shishaning ozi ham, ko’pi ham tez ketadigan g’am-qayg’udir.

Shoda – tushda shoda, munchoq kabi narsalarni taqish o’ngda atrofdagilarning mehrini qozonishga dalolat.

Shiypon – u dindor ayoldir. Bir rivoyatda yaxshi ne’mat sohibi bo’lmish farzand, deyilgan.

Shaxmat – u botil so’z va yolg’on shahodatdir. Shaxmat, nard, oshiq, yong’oq o’ynash – makr, hiyla-nayrang, janjal, tortishuvdir. Kim shaxmat o’ynayotganini ko’rsa, uning razil, pastkash dushmani bor.

Sh-harfi bo'yicha tushlar ta'birlari -27

Tabiiy nematlarga oid tushlar ta’birlari

Shamol – shamol holatiga ko’ra turlicha ta’bir qilinadi. Uzoq safarga chiqish, xushxabar, uylanish,chaqaloq tug’ilishi, hayotidagi o’zgarishlar, kuch-qudrat, yuksak martaba, kutilmagan musibatni bildiradi.

Sharbat – samimiy, xushchaqchaq odamga ishora. Salomatlik, tashvishlardan xalos bo’lish, barakali moldan dalolat. Tushda aralash meva sharbatini ichganini ko’rish osuda hayot kechirishga ishora. O’rik sharbatini ichganini ko’rish to’kin-sochin hayot kechirishga ishora. Uzum sharbatini ichish tashvishsiz hayot kechirishga ishora.

Sharob – tushda sharob ichganini ko’rish oson qo’lga kiritilgan harom mol, yomon xislatlarga odatlanish, qarg’ish olgan farzand, xasta bo’lish, tavba qilish, bexosiyat xotin ga ishora. Ishdan haydalish, er-xotin ajrashishi, g’iybat gapni bildiradi.

Sharshara – to’y-tomosha, davrada hammani o’ziga qaratuvchi, so’zga usta, his-tuyg’ular tug’yonini bildiradi.

Shafaq – tushda shafaq qizargan chog’ini ko’rish doim yaxshilikka ta’bir qilinadi. Musibatli kunlar ortda qolishi, tavba qilishi, mashaqqatsiz mehnat, farzandli bo’lishga ishora. Kamolotga erishish, salomatligi yaxshilanishi, duolari qabul bo’lishini bildiradi.

Shaftoli – shaftoli ko’rish yo yeyish eng muhim vitaminlar yetishmasligidan dalolat. Ko’k shaftoli g’am-tashvish yoki aka-ukadan zarar ko’rishdir. Sariq shaftoli kasallik belgisidir. Shirin shaftoli xotindir. Nordon shaftoli qo’rqinchdir.

Sh-harfi bo'yicha tushlar ta'birlari -27

Sher – u jasoratli va lekin qahrli podshohga dalolat qiladi. Shuningdek, jang qiluvchi odamga, xiyonatkorga, dushmanga, o’lim va shiddatli holga ham dalildir. Tushda sher go’shtini yeyish, saltanat va katta mulkka ishora.

Shivit – shivit, ukrop tushda kelajakda ko’rinadigan ish. Kim tushida uni qo’lida ko’rsa, kelajakda samara beradigan ishga duch keladi.

Sholg’om – u tushda sabr-bardoshli, baquvvat, qishloqlik ayoldir. Yana sholg’om g’am-qayg’u va tashvishdir. Sholg’om o’sib chiqqanini ko’rish tug’ilajak farzandlarga dalolatdir.

Sholi – agar qiz bola tushida sholi tayyorlayotganini ko’rsa, o’ngda yaqin kelajakda yangi vazifalarga ega bo’ladi. Bu vazifalar uni boy-badavlat qilib, baxt sari yetaklaydi.

Shox – hosilining og’irligidan egilib turgan daraxt shoxini tushda ko’rsangiz, o’ngda ishlaringiz rivojlanishidan darak. Qurigan shox qayg’uli xabardan dalolat.

Shoqol – tushda shoqolni ko’rsangiz, o’ngda o’zingizga yoqmaydigan odam bilan muomala qilishingizga to’g’ri keladi.

Shirinlik – u halol mol, ko’p ne’mat, ilm va hikmatdan darakdir. tushda shirihlik ko’rish yoki yeyish – ovqat hazm qilish organlari muammosi va qandli diabetdan darak.

Sh – harfiga oid tushlar ta’birlari insonlarga doir

Sh-harfi bo'yicha tushlar ta'birlari -27

Shlyapa kiygan kishi – siz o’z fikr va hissiyotlaringizni birov bilan o’rtoqlashgingiz kelmasligiga ishora.

Shovqin-suron – shovqin-suron tushda fitnaga guvoh bo’lishga dalolatdir.

Shodlik – shodlik tushda g’amdir. Agar tushda marhumning shod bo’lganini ko’rish yaxshilikkadir.

Shayton – tushda shayton ko’rish yomonlik, gunoh, dushmanning hiylasi, yolg’on, shon-shuhrat, rask, hasad, irodasizlik, moliga keladigan zarar, tuhmatga qolishini bildiradi. Er-xotin kelisha olmay ajrashishini ham bildiradi.

Agar tushda shaytonni tosh otib quvganini ko’rsa, neki murodi bo’lsa, bari ushalishiga ishora.

Shaffoflik – tushda shaffoflik ko’rsangiz, o’ngda yaxshilikka yo’ying.

Shahar – tushda katta shaharni ko’rish katta maqsad va intilish ramzidir. Tushda katta shaharga kelgan bo’lsangiz, o’ngda rejalaringiz amalga oshadi. Qishloq odamlari tushlarida katta shaharni ko’rsalar, orzulari puch ekanligidan darak. Shaharliklar bunday tush ko’rsalar, daromadlarining oshishini bildiradi.

Kichkina, tinch, yashil, shinam, sevishganlar sayr qilib yurgan shaharni ko’rish salomatligi joyidaligini, ichki osoyishtalikni bildiradi.

Shahodat kalimasi – agar kishi tushida shahodat kalimasini aytsa, g’amdan xalos bo’ladi. Agar gunohkor bo’lsa, tavba qiladi. Agar mushruk bo’lsa iymon keltiradi.

Sharpa – tushda sharpalarni ko’rish qo’rquvni bildiradi. Fursatni qo’ldan boy berish, qat’iy qarorga kela olmaslik, irodasizlik, mehr-oqibat yo’qligini bildiradi.

Shikoyat – kimki tushida biron narsa ustida kimgadir shikoyat qilsa, o’ngda yaxshi xabar eshitadi. Kimdir unga shikoyat qilayotgan bo’lsa, buning aksidir.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Comments: 1
  1. Gulli

    Assalomu alaykum. Tushumning tabirini tushuntirib beringizlar iltimos. Ikki oyogʻimning bosh barmogʻini ushlab tortdi qora sharpa. His qildim. Huddi oʻngimda boʻlayotgandek. Kimnidir chaqirmoqchi boʻlyapman lekin ovozim chiqmaydi. Ichimdan kalima qaytardim. Bir nrcha bor keyin qoʻyib yubordi. Oyoq uchimda turib qarab turardi erkak kishining soyasiga oʻxshatdim. Lekin koʻzlarim yumiq edi. Hech bunaga tush koʻrmaganman. Juda qoʻrqib ketdim. Nima qilishni bilmayapman. Sadaqa chiqarsanmikan a? Tabirini tushuntirib beringizlar iltimos

Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: