Hasharotlarga qarshi kurashda zaharli moddalardan zaharlanish

zaharli moddalardan zaharlanish

Oldingi maqolalarimizda oshqozon (meda) og’rishi sabablari, asab tizimi kasalliklari hamda miya shikastlanishi haqida gaplashdik. Bugun esa, zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda ishlatiladigan (tiofos, xlorofos va boshqa) zaharli moddalardan zaharlanish haqida gaplashamiz. Hasharotlarga qarshi kurashda zaharli moddalarning pulverizator yoki pilesosdan purkalishi sababli havo shu zaharlarning buglari bilan to’yinib qoladi. лолUlar nafas yo’llari, ko’z, og’iz hamda terining shilliq pardalariga osongina tushadi. Shuning uchun ulardan foydalanishda instruktsiyaga qat’iy amal qilish zarur.

Zahar teriga tushgudek bo’lsa, yara paydo qilishi mumkin, ko’z shilliq pardalarining shikastlanishi esa og’ir ko’z kasalliklari hamda qisman ko’rmaslikka olib keladi. Tiofos yoki xlorofos bo’rlaridan zaharlanishda kishining boshi og’rib, aylanadi, mushaklarida og’riq paydo bo’ladi, ishtahasi yo’qoladi.

Bu alomatlar bir necha kundan keyin bosilib qolishi mumkin, lekin zahar buglarining kontsentratsiyasi katta bo’lsa, markaziy nerv sistemasi ham shikastlanadi. Zaharli kimyoviy moddalar ishlatiladigan joylarda zarur dorilari bor birinchi yordam aptechkasi bo’lishi kerak.

Kimyoviy zaharli moddalardan zaharlanish  kishining nafas yo’li orqali kirgan bo’lsa bemorni xavfli zonadan darhol ochiq havoga olib chiqish kerak. Agar terisi orqali kirgan bo’lsa, suv bilan yuvish (yaxshisi sovunlab) yoki bir parcha latta bilan artib, keyin suvlab yoxud kuchsiz ishqor eritmasi bilan artish zarur. Zaharli kimyoviy moddalar ko’zga tushganda suv bilan yaxshilab yuvib, keyin natriy gidrokarbonat (ichimlik soda)ning 2% li eritmasi yoki borat kislota bilan yuviladi.

Zaharli moddalardan zaharlanish va birinchi yordam ko’rsatish

Zaharli kimyoviy modda me’da-ichak yo’liga kirgan bo’lsa, bemorga bir necha stakan suv yoki kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi (pushti rangda qilib) ichiriladi yoki ukchitib 2-3 marta qustiriladi. Bemor qustirilgandan keyin yarim stakan suvga 2-3 oshqoshiq aktivlashtirilgan ko’mir (20-25 g) yoki 40-50 ta karbolen tabletkasi qo’shib ichiriladi. Keyin tuzli surgi (yarim stakan suvga 20 g magniy sulfat yoki natriy sulfat qo’shib) ichiriladi.

Surgi dori sifatida kanakunjut moyi ichirish yaramaydi. Zaharlangan kishining nafas olishi qiyinlashganda paxtaga ammiak (nashatir spirti) eritmasi shimdirib, extiyotlik bilan hidlatish, nafas to’xtab qolgudek bo’lsa, tezlik bilan sun’iy nafas oldirishga kirishish kerak.

Bemorga sun’iy nafas oldirish uchun uni ochiq havoga olib chiqish kiyimining tugmalarini yechib og’zini shilimshiqdan tozalash zarur. Qo’zgatuvchi moddalar, masalan, formalin ichga ketganda o’rab oluvchi vosita (kraxmal atalasi yoki kisel) ichiriladi. Bunday paytlarda sut, yog, alkogolli ichimliklar bermaslik kerak.

Fosfororganik moddalardan zaharlanganda so’lak oqishi, ko’z torayishi, ko’zdan yosh oqishi, nafas olishning qiyinlashishi, muskullarning tortishishi sodir bo’ladi. Bemorga vrach yetib kelgunicha 3-4 tabletka besalol ichiriladi. Zaharli kimyoviy moddalardan zaharlanishning har qanday turida darhol tez tibbiy yordam chaqirish kerak.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: