Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda zaharli kimyoviy moddalardan zaharlanish, tiofos, xlorofos va boshqa kimyoviy moddalardan zaharlanish hamda meda (oshqozon) og’rig’ining sabablari haqida gaplashdik. Bugungi mavzu qizilo’ngachdagi yara va qon oqishini davolash haqida bo’ladi.
Qizilo’ngachda yaralar paydo bo’lganda dorilarni birdaniga emas, balki oz-ozdan birin-ketin ichirishga harakat qilish kerak. Ularning yopishqoq va quyug’ini tanlab ishlatish yoki dorilarga yopishqoq narsalarni aralashtirish kerak.
Buning sababi shuki, suyuqroq dorilar qizilo’ngachda to’xtab, unga yopishib turmaydi, tezda o’tib ketadi va qizilo’ngachdan uzoqlashadi. Agar ularni bir yo’la ichirmay bo’lib-bo’lib ichirilsa, birin-ketin qizilo’ngach yarasiga borib tegib, ketma-ket ta’sir qiladi.
Davolash uchun malhamlar
- Masalan, 1 kg aloeni go’shtmaydalagichdan o’tkazib, 1 litr suv qushib, 1 soatdan ortiq past olovda qaynatib, dokadan suzib, qolgan suviga teng baravar toza asal qushib, 20 minut sekin ustini yopib qaynatiladi. Och holda 13 kun 3 mahal 50 grammini 1 choy qoshiqdan ichirilsa, shish va yaralarga ta’sir qiladi, tuzaladi.
- Gulsapsar ildizidan 500 grammini 800 gramm suvda 1 soatcha qaynatib, 5 kun 3 mahal ketma-ket 1 choy qoishiqdan ichirilsa, yaxshi foyda qiladi.
Qizilo’ngachdagi yara va qon oqishini davolash yo’llari
Qon oqishida ishlatiladigan dorilar, yopishqoq va saqichsimon bo’lishi kerak, shunda u bir yo’la me’daga tushib ketmaydi, balki qon oqayotgan joydan sekinlik bilan o’tib, shu muddatda o’sha joyga kuchli ta’sir qilishi mumkin bo’ladi. Agar dorilar tomirlar orqali qaytib o’sha joyga ta’sir qilsa ham, lekin yo’llarning uzunligi va yo’llarda tasirlanishni ko’pligi sababli kuchsizlik bilan ta’sir ko’rsatadi.
- Masalan, achchiqtosh qaynatmasini 2 kun ketma-ket 3 mahal 1 choy qoshiqdan ichilsa, qon to’htaydi.
- Shumgiyoh qaynatmasini ham 2 kun 3 mahal ketma-ket 50 grammdan 1 choy qoshiqdan ichirilsa, qizilo’ngachdan qon ketishi to’xtaydi:
- Parhezlari: Shirinlik, achchiq narsalar, qovun, uzum, mayiz vaqtincha yeyilmaydi.
Hoji Mengnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, darmon bor’ kitobidan.