Omon
Salom do’slar, oldingi maqolalarimizda kiyik o’tining foydalari, ko’z shikastlanganda birinchi yordam hamda uyqusizlik sabablari haqida gaplashdik. Bugungi mavzumiz sog’lom ovqatlanish tartibi va odobi to’g’risida bo’ladi.
Dunyoda eng yaxshi shifo – och qolmaguncha ovqat yemaslikdir.
Ovqatlanish tartibi
- Kam taom yeyish, ochlikni sezmaguncha ovqatlanmaslik kerak. To’yib ovqat yemaslik zarur. Shubhali taomni iste’mol qilmaslik, mabodo majbur bo’lib qolgan taqdirda ham juda kam yeyish lozim.
- Ayrim narsalar borki, ularni birga iste’mol qilish sog’likka zarar. Ular: baliq bilan sutni, sut bilan nordon narsani, sut bilan tuxumni, sut bilan go’shtni birga tanovul qilib bo’lmaydi. Qovurilgan go’sht bilan qaynatilgan go’shtni, qoqgo’sht (qotgan) bilan yangi go’shtni birgalikda yeyish mumkin emas. Sut bilan mol, tovuq va baliq go’shtini birga pishirib iste’mol qilinsa, odamning tashqi ta’sirga javob berish tezligi sekinlashadi. Mantiqiy fikrlash faoliyati susayadi. Insonning bunday taom iste’molidan so’ng ziyrakligi susayadi. Bu ilmiy jihatdan isbotlangan dalil.
- Go’shtli ovqatlarni faqat sabzavotli, ko’katli salatlarga qo’shib iste’mol qilgan ma’qul, bu ovqatning yengil hazm bo’lishiga yordam beradi. Muntazam ravishda ko’p go’sht yeyish sog’likka zarar.
- Mevalarni ovqatlanishdan 1-2 soat oldin yoki keyin yeyish tavsiya etiladi.
- Sabzavot va poliz mahsulotlarini shirinliklar bilan birga iste’mol qilish zararlidir, chunki biri ishqoriy, ikkinchisi kislotali muhitga ega.
- Ichni qotiruvchi va suruvchi narsani aralash yeb bo’lmaydi. Juda issiq va juda sovuq taomni tanovul qilish tavsiya etilmaydi. Piyoz va sarimsoqni doimo xomligicha yeyish to’g’ri emas, pishirib yeyish foydali hisoblanadi.
- Qoldirilgan har qanday taom immun tizimini pasaytirib yuboradi, xar xil kasalliklarga moyilligini oshiradi, barvaqt keksalik boshlanadi. Ota-bobolarimizdan qolgan bir odat bor, ular bugun pishi- rilgan ovqatni ins-jinlar tegadi deb ertasi kunga qoldirmagan, qolsa ham yemasdan hayvonlarga berishgan.
Sog’lom ovqatlanish tartibi va odobi haqida o’gitlar
- “ Qorning to’ymasdan qo’l artgin» maqoliga amal qilish.
- O’tirib, dasturxon to’shab taomlanish zarur. Iloji bo’lsa, juda baland bo’lmagan xontaxta ustida ovqatlanish lozim.
- Ulug’lar taomga qo’l uzatmagunicha boshqalar kutib turishadi. Yoshi katta kishi taomni boshlab beradi.
- Taomni o’z oldidan olib yeyish kerak. Ammo mevalarni har qaysi tarafdan olsa bo’ladi.
- Taomni shoshib yemaslik kerak. Luqmani me’yorida yegan yaxshi. Taomni mayda chaynash hazmni osonlashtiradi.
- Taomni yolg’iz holda yemaslik kerak. Ko’pchilik bilan yeyilgan taomda baraka bor. Taomni kayfiyatsiz holda tanovul qilmagan ma’qul.
- Dasturxon ustida mutolaa qilmasdan ovqatlanish natijasida, uchta foyda qo’lga kiritiladi: ko’proq lazzatlanish, tezroq to’yish va bo’kib qolmaslik.
- Taomdan avval ham, keyin ham qulni yuvish zarur va toza sochiqqa artish tavsiya etiladi.
Xo’jamurod Sultonovning «Sog’lom ovqatlanish» kitobidan.