Salomatlik – bu bizning boyligimiz

Yurak kasalliklari va kelib chiqishi

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda qandli diabet, ertalabki va kechki mashqlar hamda sog’lik haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, yurak va qon aylanish tizimi, sog’lom bo’lishimiz uchun nimalarga e’tiborli bo’lishimiz kerak, shu haqda gaplashamiz.

Bur yurak bir umr…

Salomatlik ozodlk va tinchlik kabi uni saqlab turish uchun kuch ishlatilgandagina mavjuddir. Insonlar to’g’ri ovqatlanib, mashqlar qilsalar, yurak xastaliklari epidemiyasi bo’lmaydi. Ular barcha kuchlar o’z qo’llarida ekanini va turli xil kasalliklardan o’zlarini himoya qila olishlarini tushunishlari kerak.

Tabiat bizga baxsh etgan bu mo’jizakor yurak istalgancha davomiy urib turishi mumkin. Yurak urib turishi esa sizning hayot ekaningizdan dalolat beradi.

Muso payg’ambar jon berganida 120 yoshda bo’lgan. Nux – 950 yoshda, Iared – 962 yoshda, Mafusail – 969 yoshga kirganlar.

Uzoq umr ko’rish – bu qon tomirlarining saqlanib qolishi demakdir. Insonning tomirlari qanchalik qari bo’lsa, u han shunchalik qaridir. Kanadalik taniqli tibbiyot o’qituvchisi va yozuvchi Vilyam Oslerr bir paytlar: «28 -29 yoshli kishida 60 yoshli kishining arteriyasi kabi, 40 yoshli kishida esa 80 yoshli qariyaniki kabi arteriya bo’lishi mumkin», deb ta’kidlagan edi.

Osler birinchi bo’lib «degeneratsiya so’zini qon tomirlariga nisbatan qo’llagan. Tug’ilgan chog’imizda biz toza arteriyali yurakka ega bo’lamiz. Bizning hayotdagi yomon odatlarimiz esa ularni degenaratsiyalanishga olib keladi.

Agar har bir kishi o’z yuragi uchun qayg’ursa, hayoti uzoq, sog’lom va baxtli kechadi. Siz sog’lom paytingizda baxtlidirsiz.

Salomatlik - bu bizning boyligimiz

Yurak va qon aylanish tizimi

Yurak – ikki tarafli, har bir tarafi ikki kamera – yurak bo’lmasi va yurak qorinchasidan tuzilgan haqiqiy nasosdir.

Yurak xastaliklari sababini bilish uchun yurakning o’zi va qon aylanish tizimi haqida ba’zi narsalarni bilib olish kerak. Yurak qon tomiri tizimi organizm bo’ylab qonni u yordamida oziq moddalar va kislorodni milliardlab hujayralarga taqsimlab, ulardan hayot faoliyatidagi zaharli mahsulotlar (shlak)ni chiqarib tashlaydi.

Qon 100 ming mil uzunlikdagi tomirlarda aylanib, yurakdan boshlab boshgacha, oyoq va qo’l barmoqlari uchlarigacha bo’lgan har bir tana hujayrasiga xizmat ko’rsatadi. O’rtacha hisobda odamda bu bahaybat tizimni to’ldirib turuvchi to’rt yarimdan olti yarim litrgacha qon mavjud.

Dam olish paytida qon organizmni daqiqasiga bir marta aylanib chiqadi. Faol harakat va mashg’ulotlar paytida qonning aylanib chiqish tezligi daqiqasiga sakkiz-to’qqiz marotabagacha yetadi. Bunday tezlik tananing barcha hujayralarini kerakli energiya bilan ta’minlash va chirib ketgan chiqindilarni chiqarib tashlash uchun zarurdir.

Hattoki dam olish vaqtida ham yurak juda katta – sutkasiga 13 tonna bo’lgan hajmdagi qonni haydaydi.

Salomatlik - bu bizning boyligimiz

Yurak – bu mushak

Yurakning o’lchami garchi mushtdan katta bo’lmasa-da, ulkan vazifani bajarishi uchun baquvvat va yetarli darajada unumli bo’lishi kerak bo’lgan mushak a’zosini ifodalaydi.

Yurak – bu mushak nasosi, uning vazifasi esa organizm bo’ylab qonni doimiy ravishda aylantirib turishdan iboratdir. Qonning eng asosiy vazifasi esa kislorod va oziq moddalarni to’qimalarga yetkazib berishdir.

Avval kislorod havodan o’pkaga o’tadi. Kislorodga to’yingan (rangi qizil bo’lgan) qon tananing barcha to’qimalarini oziqlantiradigan yurakka boradi.

Kislorodga muhtoj rangi ko’kimtir bo’lgan qon yurakka qaytib boradi, u yerdan qaytadan o’pkaga yuboriladi.

Shunday qilib, yurak bir vaqtning o’zida o’pkadan kislorodga to’yingan va to’qimalardan kislorodga muhtoj bo’lgan qonni qabul qiladi. Bu oqimlarni ajratish uchun yurak kamerasi muskulli devorlar bilan ikkiga – chap va o’ng, ular esa o’z navbatida yurak bo’lmasi va yurak qorinchalariga bo’lingan.

Yurak bo’lmasi yupqa devorchaga ega bo’lib, asosan rezervuar sifatida xizmat qiladi, qorincha esa nasos vazifasini bajaradi.

Pol Breegg «Yurak» nomli kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: