Ayollarga oid kasalliklar, miomaning kelib chiqish sabablari va qanday xavflari mavjud

Ayollarda bachadon miomasi, tuxumdonlar shamollashi.

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda ayollarga oid kasalliklar, surunkali xolestit va pankreatit kasalligi hamda odam suyagi singanda birinchi tez yordam ko’rsatish haqida gaplashdik, bugungi mavzu, ayollarda bachadon miomasi, tuxumdon shamollashi (yallig’lanish) kelib chiqishi, asoratlari haqida bo’ladi.

Ayollarda bachadon miomasi

Bachadon miomasi deb, mushak to’qimasidan, fibromioma – biriktiruvchi to’qimalardan tashkil topgan gormonlarga moyil bo’lgan xavfsiz o’smaga aytiladi.

Ayollar organizmida bachadon miomasining kelib chiqishi, asosan, gormonal o’zgarishlar tufayli bo’ladi. Ya’ni gipotalamus- gipofiz-buyrak usti bezi, tuxumdon orasidagi biron qismning shikastlanishi va bachadondagi o’zgarishlar tufayli, miometriyning giperplazasi tufayli vujuga kelishi mumkin.

Klinik va eksperimental tadqiqotlarga tayanib, ayollar organizmida ro’y bergan gormonlar o’zgarishi, mioma paydo bo’lishiga olib keladi deb taxmin qilinadi. Xususan, estrogen gormonlarining ko’p ishlanishi, bachadon miomalari paydo bo’lishida muhim rol o’naydi deyish mumkin.

Bachadon miomasining kelib chiqishiga yana bachadon mushaklarini ta’minlovchi nerv resteptorlarining g’ayritabiiy qo’zg’aluvchanligi ham sabab bo’lishi mumkin.

Miomalar bachadonning tashqarisida va uchkarisida bo’lishi mumkin. Tashqi mioma joylashuviga qarab xavfsiz bo’lishi mumkin. Agar siydik kanaliga yaqinroq joyda bo’lsa, tez-tez siyish kuzatiladi. Ichku miomalar hayz vaqtida qon ko’p ketishiga olib keladi. Bepushtlikka sabab bo’ladi yoki bachadonda bola rivojlanmay, tushib ketadi.

Bachadonda mioma bo’lmasligi uchun ayollar semirmaslikka harakat qilishlari lozim. Zero, qorinni yog’ bosmasin. Muntazam harakatda bo’lib, sport bilan shug’ullanib turish kerak.

Miomani dori-darmonlar bilan va jarrohlik yo’li bilan davolaniladi.

Ayollarga oid kasalliklar, miomaning kelib chiqish sabablari va qanday xavflari mavjud

Tuxumdonlar yallig’lanishi

Tuxumdon – ayollardagi bir juft jinsiy bez bo’lib, bachadonning ichki tomonida joylashgan. Unda tuxum hujayra hosil bo’ladi va yetiladi. Tuxumdon estrogen va progresteron gormonlarini ishlab chiqaradi. Xalq tilida tuxumdon shamollashi deyilsa, tibbiyotda tuxumdon yallig’lanishi deyiladi. Tuxumdonlarning yallig’lanishiga quyidagi omillar sabab bo’ladi.

  1. Ko’p martalik abort.
  2. Tashqi jinsiy a’zolarning yallig’lanishi (qin daxlizi, bachadon bo’yni).
  3. Og’ir mehnat sharoiti bilan shug’ullanish (zax, sovuq, suv).
  4. Organizmdagi umumiy yallig’lanishlar (karies, angina, buyrak yallig’lanishlari).
  5. Pala-patish jinsiy aloqa.

Kasallik o’tkir va surunkali kechishi mumkin.

O’tkir yallig’lanishlar jinsiy yo’l orqali yuquvchi kasalliklar bilan og’riganda ko’proq uchraydi. Surunkali yallig’lanishlar, biron ginekologik muolajadan keyin, abortdan keyin, tug’riqlar asoratli kechgandan so’ng yetarli davolanmaslik oqibatida yuzaga kelishi mumkin.

Kasallikning ilk bosqichida simmillovchi og’riq paydo bo’ladi, hayz buzilishi, qindan turli ajralmalar oqishi kuzatiladi. Yallig’lanishning o’tkir turida tana harorari ham ko’tariladi.

Yallig’lanish – bu patalogik jarayon. Infeksiya ekzogen yoki endogen tabiatli turli patogen omillar ta’sirida rivojlanib, qon tomir va to’qimalar oziga xos o’zgarishlar rivojlanishga olib keladi. Ayollar jinsiy a’zolarining o’tkir yallig’lanish kasalliklarining qo’zg’atuvchilari bo’lib kandida zamburug’lari, kriptokokklar, trixomonada, xlamidiya, viruslar va boshqalar hisoblanadi.

Ayollarga oid kasalliklar, miomaning kelib chiqish sabablari va qanday xavflari mavjud

Xavfli omillar:

  1. Genital omillar: surunkali jinsiy a’zolarning yalliglanish kasalliklari, jinsiy yo’l bilan yuquvchi infeksiyalar.
  2. Ijtimoiy omillar: stress, yetarli darajada ovqatlanmaslik, avitaminoz, alkogolizm, nakomaniya.
  3. Xulq-atvor omillari: jinsiy aloqalarning erta boshlanishi, jinsiy partnerlarning ko’p bo’lishi, noan’anaviy jinsiy aloqa.
  4. Ekstragenital omillar: qandli diabet, kamqonlik, disbakterioz, immunodefistit holatlar.

«Onaning salomatligi – farzandning baxti» kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: