Qo’l-oyoqlardagi qon aylanishini qanday yaxshilash mumkin

Qo'l va oyoqlarda qon aylanishini yaxshilash

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda xolesterin, qon aylanishini yaxshilash hamda qondagi xolesterin miqdori qancha bo’lishi kerakligi haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, qo’l va oyoqlarda qon aylanishini yaxshilash, suv bilan davolash usullari, tor kiyim va tor oyoq kiyim kiyishning zararlari haqida bo’ladi.

Tor kiyim, tor oyoq kiyim kiymang

Qon aylanishini yomonlashtiruvchi barcha narsalar yurakka zarar keltiradi. Shuning uchun tor kiyim kiymang. Tor bog’ichlar, ushlab turishdan ko’ra ko’proq siqib turuvchi qullob (korset), tor belbog’lar, tarang qilib tortilgan yoqa va galstuklar, shuningdek, tor oyoq kiyimlarni kiymang.

Tor oyoq kiyim tor kiyimdan ko’ra ko’proq qon aylanishini qiyinlashtiradi. Chunki aynan oyoqlar qon bilan iloji boricha yaxshiroq ta’minlanishi kerak. Har bir oyoqda tananing istalgan boshqa bir a’zosidan ko’ra ko’proq, ya’ni 26 ta suyak joylashgan. Oyoqqa yetarli miqdorda qon yetib bormasa, hujayralardagi shlaklar o’z joyida qolib ketadi. Mana shuning uchun ko’pchilikning oyog’idan yoqimsiz hid keladi.

Oyoqlardagi qon aylanishi yomonligining sabablaridan biri oyoq kiyimning torligidir. Oyoq kiyim tomirlarni siqib qo’yishi va oyoqlardagi qon aylanishiga to’sqinlik qilishi mumkin emas.

Har qanday qulay paytda oyoq yalang yurishga urining, bu mukammal samara beradi. Oyoq yalang yurish qon aylanishini yaxshilaydi, bu esa o’z navbatida yurak sog’lomlashuviga yordam beradi.

Qo’l va oyoqlarda qon aylanishini yaxshilash

Qo'l-oyoqlardagi qon aylanishini qanday yaxshilash mumkin

Yurak qo’l va oyoqlarga qonni haydab berishi kerak. Ko’pchilik insonlarda qon aylanishi yomonligi tufayli ularning qo’l va oyoqlari sovuq bo’ladi, ba’zida ular hattoki uvishib ham qoladi.

Qon aylanishini kuchaytirish uchun gidroterapevtik ( suv bilan davolash) usulidan foydalanish mumkin. U sovuq-issiq usul nomi bilan mashhur.

Ukkita tog’ora oling va birini 40 gradusli yoki yuqori haroratdagi issiq suv bilan to’ldiring. Ikkinchi tog’orani juda sovuq suv bilan to’ldirib, unga bir necha muz parchalarini soling.

Issiq suvli togora ichiga turib oling, qo’llaringizni esa tirsagingizgacha sovuq suvli tog’oraga soling. Ikki daqiqadan so’ng jarayonni qaytadan bajaring. Biroq endi oyoqlarni sovuq suvga, qo’llarni esa issiq suvga soling.

Bu jarayonni besh marta takrorlang. So’ng dag’al sochiq olib, oyoq va qo’llarni qizib ketgunicha ishqalang.

Sog’ tanda sog’lom aql

Qo'l-oyoqlardagi qon aylanishini qanday yaxshilash mumkin

Shekspir «Aynan aql tanani boyitadi», deganida bizning davrimizdagi hukmron psixologiyani oldindan ko’ra bilgan. Haqiqatdan ham, tana aqlga yordam bergani kabi aql ham tanaga shunday yordam beradi.

Ona Yer bilan biz iste’mol qilayotgan ovqat, ichayotgan suv, nafas olayotgan havo, shuningdek, quyoshning barcha narsani o’rab turuvchi energiyasi orqali bog’liqmiz. Bularning hammasiga nafaqat bizning organizmimiz salomatligi, balki umrimiz davomiyligi ham bog’liqdir.

Salomatlik bilan chambarchas bog’liq bir narsani, masalan ovqatni olaylik. Qon o’zining g’aroyib tarqatib beruvchi tizimi bilan tananing har bir qismini energiya va yashovchanlik xususiyati bilan ta’minlaydi. Eng zarurini o’zi bilan olib yuradi. Hozir yegan narsamiz 24 soatdan keyin qonda bo’ladi.

Agar siz tabiatning o’zi tayyorlagan taomni icte’mol qilsangiz, sizning yuragingiz baquvvat va sog’lom, aqlingiz esa o’tkir va faol bo’ladi. Bu umringizga umr, hayotingizga hayot qo’shadi.

Pol Breegg «Yurak» nomli kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: