Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda salomatlik, yurak qon tomir kasalliklari hamda sog’lik haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, qondagi xolesterin darajasini oson tushirish usuli, xolesterin darajasini aniqlash, to’yingan va to’yinmagan yog’lar haqida bo’ladi.
Qonning tozalanishi
Hayot faoliyati uchun zarur mahsulotlar bilan to’ydirilgan qon venalar orqali yurakka qaytarilgan paytda o’pka artetiyasi va o’pka orqali darhol tortib olinadi. Bu yerda qon uglerod ikki oksidi ajratib chiqaradi va inson nafas olgandagi jonlantiruvchi kislorodni yutib oladi.
So’ng qon yurakka qaytib borib, u yerdan yana aorta bo’ylab tananing barcha qismlariga yo’l oladi.
Tana bo’ylab qon sirkulyatsiyasi oddiy jarayon emas. Yurakdan va yurakka bo’lgan ikkiga ajralgan qon aylanish doirasi mavjud. Biri, ya’ni katta to’qima, qo’l-oyoqlar, ichki a’zolarga borib, u yerdan yurakka qaytadi. Ikkinchisi, ya’ni kichigi faqatgina o’pka atrofida aylanadi.
Arteriyalardagi bosim, albatta, venalarga qaraganda ancha yuqori, chunki aynan arteriyalar yurakdan keluvchi qonning bosimini qabul qilib oladi.
Qondagi xolesterin darajasi
Notabiiy mahsulotlar bilan oziqlanadigan barcha xalqlarda yurak xurujlari oqibatidagi o’lim darajasi yuqori. Dunyodagi barcha eng katta yurak xastaliklari avtoritetlari qondagi xolesterin miqdori yuqoriligi katta xavf tug’dirishini tasdiqlashmoqda.
To’yingan yog’lardan tashkil topgan yeguliklar bifshteks, yupqa son go’shti qatlamalari, qovurilgan cho’chqa go’shti, cho’chqa qovurg’asi, sovuq go’sht, go’sht qaylasi, go’sht sho’rvasidir. Shuningdek, pishloq, muzqaymoq, qaymoq, krem, sut, smetana, konfet, sariyog’, pirojniy, pishiriqlar, qovurilgan kartoshka kabilar to’yingan yog’lardan tashkil topgan. Bunday mol yog’lari aralashgan ovqatlar tarkibida katta miqdordagi xolesterin mavjud. Shu sababli ular qondagi xolesterin miqdorini oshirib yuboradi.
To’yinmagan yog’lar, zaytun yog’i va boshqa o’simlk yog’laridan iste’mol qilish qonda xolesterin miqdorini oshirmaydi.
Qonda ma’lum miqdorda yog’lar va xolesterin mavjud bo’lishi kerak. Ularning faqat keragidan ortig’igina xavf tug’dirishi mumkin. Aynan shu sababli qondagi xolesterin miqdorini normal holatda saqlab turish darkor.
Qondagi xolesterinning qay darajasi normal hisoblanadi?
«Yurak tomirlari epidemiyasi» paydo bo’lgandan boshlab Qo’shma Shtatlarda tibbiyot xodimlari bu savolni atroflicha o’rganib chiqib, qondagi xolesterin darajasi 200 dan oshmasligi kerakligi haqida bir to’xtamga kelishdi. Qondagi xolesterin miqdorini yiliga ikki marotaba tekshirtirib turish lozim. Keyin afsus-nadomat chekkandan ko’ra o’zini xavfdan saqlash lozim.
Ochlik – qondagi xolesterin darajasini oson tushirish usuli
Ochlik – xolesterin darajasini tushirishning eng tezkor va oson yo’lidir. Yiliga ikki marta xolesterin darajasini tekshirtirish lozim. Agar u 180 dan oshgan bo’lsa, uch kundan yetti kungacha och yurish xolesterin darajasining tushishiga olib keladi.
Ochiqish yurakka dam olish uchun imkoniyat beradi. Shuning uchun ham haftada 24 soat och yurish kerak. Bu vaqtda faqat distillangan suv ichiladi. Bu muolaja dorisiz davolanishdir.
Pol Bpeegg «Yurak» nomli kitobidan.