Me’da yarasi va behuzurlikni qanday davolash mumkin

Me'da (oshqozon) yarasi va behuzurlikni davolash yo'llari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda qandli diabet kasalligi turlari, oziq ovqat mahsulotlaridan zaharlanganda birinchi yordam ko’rsatish hamda organizmdagi qonni suyultirish haqida gaplashdik. Bugungi mavzu me’da (oshqozon) yarasi va behuzurlikni davolash haqida bo’ladi.

Me’da yarasining qanday belgilari bo’ladi:

Me’da (oshqozon) yagalari, halsirashga, ko’p terlashga, qo’l-oyoqning sovishiga olib keladi. Me’dada yara borligiga ko’pincha, kekirikning sassiqligi va tilni quritadigan bug’ning ko’tarilishi ham dalil qilinadi.

Qizilo’ngachdagi yaraning me’da og’zidagi yaradan farqi shuki, yara qizilo’ngachda bo’lsa, kekirish juda ko’payadi. Og’rik orka tomonda ikki kurak o’rtasida va bo’yinda — ko’krak boshida seziladi. Bu yaraning holini yutilgan narsaning tomoqdan o’tishi aniklaydi, chunki narsa o’tayotganda qaerda og’rik borligi bilinadi.

O’tib ketgach, og’rik biroz bosiladi. Agar yara me’daning tagida bo’lsa, og’rik yengil bo’ladi. Yara me’dada ekaniga og’rikning ichaklar tomonidan emas balki yuqoridaligi ham belgi bo’ladi.

Qanday davolash mumkin

  1. Qudrat norin qaynatmasini 15 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, yaralarga foyda qiladi.
  2. Aloe suviga toza asalni teng baravar ko’shib, 20 minut kaynatib, parhezi bilan 15 kun 2 osh qoshiqdan ichilsa, yaralar tuzaladi.
  3. 18 kun 3 mahal och holda 1 choy qoshiqdan uzum sirkasi ichilsa, foyda qiladi.
  4. 13 kun 3 mahal o’sma choy qilib ichilsa, meda va buyrak bemorlariga foyda qiladi.
  5. Isirik qaynatmasini 21 kun 3 mahal och holda 2 osh qoshiqdan ichilsa, me’da va ichak yaralari tuzaladi.

Behuzurlik va me’da tinchsizligini davolash yullari

Goho me’dada behuzurlik paydo bo’lib, natijhada bemor beqaror, bo’ladi bir holatdan boshqa holatga o’tishga majbur bo’ladi. Ba’zan behuzurlik bilan xafaqon ham bo’ladi. Bemor uning nimadan kelganligini bilmaydi. Ba’zan undan keyin ko’z oldining qorong’ilashishi va bosh aylanishi paydo bo’ladi va rang o’zgaradi.

Bu holat haqiqatda ko’ngil aynishning boshlanishi bo’lib, unda ko’pincha ko’ngil ayniydi. Bunga ko’ngil aynituvchi modda ayniqsa me’daga shimilgan modda sabab bo’ladi. U modda shimilib turar ekan, behuzur qiladi, agar u me’da og’ziga to’plansa, kung’ilni aynitadi. Bundan keyin me’da uchun moddani haydash qiyinlashadi.

Goho qustiruvchi va ichni suruvchi dorilar tarkibiga kirgan narsalardan qolgan hidlar ham behuzur qiladi. Shu vaqtda 4 kun 3 mahal behi va uzum g’o’rasini teng baravar ezib, 20 minut kaynatib, 50 grammdan iste’mol qilinsa, foyda qiladi.

Me’dada achib kaynaydigan har bir meva masalan, shirin olma behuzur qiladi. Bu ko’pincha isitma tutgan paytda isitmaning ko’payishiga ham sabab bo’ladi, isitmada faqat issiq suv ichish lozim.

Me’da (oshqozon) yarasi va behuzurlikni davolash uchun tayyorlanadigan malhamlar

  1. Behuzurlik qattik bo’lsa, ko’ngil ayniydigan doridan, sedana talqonini 3 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan kaynagan suv ichilsa, behuzurlik va ko’ngil aynshi tuzaladi.
  2. Agar behuzurlik haroratdan yoki issiq xiltdan bo’lsa, uni sovituvchi hul narsalar, shu hul narsalardan tayyorlangan surtmalar hamda achchiq tarvuz ildizidan 20 gramm va qizil atirguldan 35 gramm aralashtirib, 2 kun 3 mahal tanaga surtilsa, tana harorati tushadi.
  3. Qovoq po’chog’i 20 gramm, semizo’t suvi 45 gramm, arpa uni 40 gramm va sirkadan 35 gramm olib hammasini aralashtirib, 5 kun 3 mahal me’da ustiga surtib, bog’lab yurilsa, ko’ngil aynishi va behuzurlik tuzaladi.
  4. Behuzurlik kupayib ketsa, 7 kun 2 mahal achchiq tarvuz 30 gramm ildizini, qizil gulning 100 grammi suviga aralashtirib, 2 mahal me’da va jigar ustiga surtib, bog’lab yurilsa, foyda qiladi.
  5. Arpaning yiriq talqonini ayniqsa, uni anor doni 300 gramm talqoniga aralashtirib, suvda atala qilib, 7 kun 3 osh qoshikdan ichilsa, bemorga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.

Hoji Mengnazar Ructam o’g’lining «Dard borki, darmon bor» kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: