Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda salomatlik, yurak va qon tomir kasalliklari hamda qondagi xolesterin darajasi haqida gaplashdik, bugungi mavzumizda, xolesterin nima va organizmdagi halokatli asoratlari, qonda xolesterin miqdori, to’yingan yog’larning organizmga qanday kirib kelishi va shu kabilar haqida gaplashamiz.
Xolesterin nima va organizmdagi halokatli asoratlari
Agar organizm qondagi yog’lar (ortiqcha xolesterin) bilan to’ldirilgan bo’lsa, bu, albatta umrni qisqartiradi.
Aslini olganda, xolesterin o’zi zararli emas. U organizmdagi ko’plab jarayonlar oqib o’tishiga xizmat qiladi va organizm ilojsiz paytlarda uni hattoki qo’shimcha «yonilg’i» sifatida ham ishlab chiqaradi.
«Xole» – o’t (safro), «sterin» esa yog’li degan ma’noni anglatadi. Biz istemol qilgan aksariyat yog’lar jigar orqali xolesteringa aylantiriladi. So’ng keyinchalik yana butun organizmga tarqalishi uchun safroga aylantiriladi.
Xolesterinning normal darajasi 120-180 tani tashkil etishi kerak.
Ammo ovqat to’yingan (qattiq) hayvon yog’laridagi xolesteringa boy bo’lsa, bizning jismoniy faolligimiz o’rta miqdordagi xolesterinni erita olmasa, qon oqimi arteriya devorlariga yig’iladi. Ularni ifloslantiradigan xolesterinning yopishqoq zarralari tufayli go’yoki bo’g’ilib qoladi. Qon tomirlari devorlariga o’rnashib qolgan xolesterinning muqdori qondagi xolesterin miqdoriga to’g’ri proporsional ekanligi aniqlangan.
Qondagi xolesterin darajasini 250, 300, 350 miqdordan oshsa, arteriyalar ifloslangan bo’ladi.
Qondagi xolesterin miqdori yurak xastaliklarini orttirib olish xavfi ekanligini unutmang. Bu – umringiz davomiyligining barometridir.
Shuning uchun har bir inson qondagi xolesterin darajasi xavfsiz bo’lishini, ya’ni normal darajadan oshmasligini nazorat qilib turishi kerak. Aks holda xolesterinning yopishqoq bo’laklari arteriya yo’llarini berkitib, yurak xastaliklari, insult va o’lim sababiga olib kelishi mumkin.
Organizmga yog’lar qancha va qanday kiradi
Ko’pchilik insonlar xolesterin haqida juda kam ma’lumotga egalar yoki umuman bilmaydilar. Shuning uchun lazzat bilan katta miqdordagi yog’larni non, oshirma bulochka hamda kartoshka va sabzavotlar bilan paqqos tushiradilar. Ular ulkan miqdordagi pasterizatsiya qilingan sut va muzqaymoqlarni iste’mol qilishadi.
Go’sht, qush, tuxum, qovurilgan kartoshka, ponchik, bekon, vetchina, sosiska – ushbu mahsulotlarning barchasi qonga katta miqdorda yog’larni olib kiradi. Bu insonlar qondagi xolesterinning yuqori darajasi ularni baxtsizlikka olib kelishini bilmaydilar.
Ayrim insonlar kuniga to’rt-besh chashka to’yingan yog’ iste’mol qiladilar. Keyin esa ularda yurak xuruji, insult yoki boshqa bir qon-tomir kasalliklari qayerdan kelib qolganini bilmay, hayron bo’ladilar.
Avval aytib o’tilganidek, qon aylanish tizimini ortiqcha xolesterin, ya’ni artetiya devorlariga yig’ilib qolgan mumsimon og’ir yog’ chiqindilari bilan ifloslanishi ateroskleroz deb ataladi. Uning sababi yoshda emas, balki noto’g’ri ovqatlanishdadir.
O’limga olib keluvchi yog’lar
Gidrogenizatsiya qilingan to’yingan qattiq yog’lar inson tanasining issiqligi oqibatida erimaydi. Tabiiy to’yinmagan yog’lar esa insonning tana haroratida erib ketadi. Bu tez buziladigan mahsulotdir. Tabiiy yog’lar kislorod bilan tutashganda o’tkir hidli va yoqimsiz ta’mli bo’lib qoladi.
Gidrogenizatsiya qilingan to’yingan yog’lar kislorodga chidamli va yaxshi hidga ega bo’ladi. Bunday yog’larning yirik ishlab chiqaruvchilari bu yog’lar doimo «yangiday» turaveradi deyishadi. Uy bekasi shunday yog’lardan sotib olib, 10 yil qo’ysa ham u hech aynimaydi. Bu yog’larni juda yaxshi va oqlab reklama qilishadi. Biroq reklamaning yaxshi ovqatlanishga hech qanday aloqasi yo’q. Margarin haqida ham xuddi shu gaplarni aytsa bo’ladi.
Shunday qilib, uy bekasi salomatlik olib keluvchi tabiiy to’yinmagan yog’ning o’rniga qonga tushib, ko’ngilsizliklar tug’diradigan sevimli halokatli to’yingan yog’ini olib keladi. Bu tarkibida ko’p xolesterindan iborat bo’lgan «qotillar» qon aylanish tizimidagi qon tomirlari devorlariga o’tirib qoladi. Va o’lim trombi hosil bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin.
Gidrogenizatsiya qilingan to’yingan yog’lardan ehtiyot bo’ling!
Pol Breegg «Yurak» nomli kitobidan.