Karbogidratlar

Organizmdagi yog'larning vazifalari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda organizmni ichki tozalash, chekishning zararlari hamda distillangan suv xususiyatlari haqida gaplashik. Bugungi mavzumiz, yog’larni tanlash va tanadagi yog’larning vazifalari, xususiyatlari, inson organizmi uchun shakar va kraxmalning ahamiyati, yeryong’oq yog’ining xosiyatlari haqida bo’ladi.

Shakar va kraxmalning roli hamda ahamiyati

Karbogidratlar deb ataluvchi kraxmal va shakarlar oziq energiyasining asosiy manbai hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, karbogidratlar – mushak ishlari uchun yonilg’i va jismoniy faollik manbasidir. Ularning energiya sifatida ishlatilmaydigan ortiqcha qismi organizmda yog’larga aylanib, tananing uncha faol bo’lmagan qismiga zaxira bo’lib qo’yiladi.

O’simliklarda fotosintez yordamida karbogidratlar oddiy shakar sifatida paydo bo’ladi. So’ng kraxmalga aylanib, inson orqali iste’mol qilinadi va tana hujayralari foydalanishi uchun yana oddiy shakar (glyukoza) ga aylantiriladi. Shuning uchun faqat tabiiy bo’lgan kraxmal va shakarlar iste’mol qilish kerak. Organizmning hayot kuchini tamom qiluvchi mahsulotlardan (oq un, rafinatsiyalangan shakar va boshqalar) yiroq yurish kerak.

Tabiiy kraxmal va shakarlar barcha yangi terilgan meva-sabzavotlar, tozalanmagan shakar, asal, zarang siropi, jo’xori, qora shinni, bug’doy doni, suli va boshqalarda mavjud. Va yana yaxlit donli un, quruq loviya, no’xat, yaxlit qon’g’ir rang guruch va kartoshkada ham bor. Barcha tabiiy mahsulotlar qaysidir miqdorda karbogidratlarni o’z ichiga oladi.

Karbogidratlar

Yog’larni tanlash va tanadagi yog’larning vazifalari

Yog’ energiya manbasi hamdir. U karbogidratlar yoki proteinlardan ikki barobar ko’p energiya ishlab chiqarish xususiyatiga ega. Organizmga ma’lum bir miqdordagi xolesterin kerak bo’lgani kabi yog’ ham zarur. Ular asosan to’yinmagan yog’lar hisobiga to’ldirilishi, to’yingan yog’lar miqdori esa minimal darajada bo’lishi kerak.

Aynan to’yingan yog’lar organizmni xolesterin bilan og’irlashtiradi. Xolesterin jigar orqali ishlab chiqariladigan va organizm normal ishlab turishi uchun zarur bo’lgan yog’li asosdir. Biroq qon xolesterin bilan ortiqcha yuklansa, uning oqimi arteriya devorlarida qon aylanishini og’irlashtiruvchi mumsimon ajralmalar hosil qiladi.

Asablar, mushaklar, ichki a’zolar normal miqdordagi yog’lar bilan himoyalangan bo’lishi kerak. Agarda dumbada yog’ bo’lmaganida biz o’tira olmas edik, chunki bu ishni mushaklar va suyaklar orqali bajarishga to’g’ri kelar edi.

Ozish tarafdorlari o’z ratsionlarida yog’ tarkibli komponentlar miqdorini kamaytirishlari, semirish istagida yurganlar esa uni ko’paytirishlari kerak. Biroq, hattoki birinchi holatda ham yog’lardan umuman voz kechish mumkin emas. Chunki ular organizmdagi kimyoviy muvozanatni saqlab turishda muhim rol o’ynaydi.

Organizmdagi yog’lar issiqlik va energiya hisoblanadi. Ichki hayotiy muhim a’zolar (masalan, buyraklar) ni sovuqdan hamda turli xil shikastlardan himoyalaydi. Yog’ hujayralarni to’yinmagan yog’ kislotalari deb ataluvchi kislotalar bilan ta’minlaydi. Teri ularsiz quruqshagan va dag’al bo’lib qoladi.

Yog’larning eng muhim biologik ahamiyati ularning A, D, E va K vitaminlaridan iboratligidadir. Shunday qilib, tana sog’ bo’lishi uchun taomga ma’lum miqdordagi yog’larni qo’shish kerak.

To’yinmagan yog’lar – ha!

To’yingan yog’lar – yo’q!

Karbogidratlar

Yeryong’oq yog’i

Yeryong’oq yog’i -ajoyib mahsulot. U asab oziqlari bo’lmish B guruhidagi vitaminlarga boy. Uni oziqlanishning “shumshuk qizi” (zolushka) deyishadi. Chunki u sotib olish mumkin bo’lgan eng arzon yuqori darajadagi oziq mahsulotlaridan biridir. Bir paytlar yeryong’oq yog’i tabiiy, gidrogenizatsiya qilinmagan va to’yinmagan bo’lar edi.

Biroq do’konlarning issiq rastalarida bu tabiiy yog’ kislorod bilan bog’lanib, taxir bo’lib qoladi. Xonavayron bo’lmaslik uchun yeryong’oq yog’i ishlab chiqaruvchilar bu ajoyib mahsulotga to’yingan, gidrogenizatsiya qilingan qattiq yog’larni va hatto konservant sifatida tuz ham qo’shishadi. Keyin esa ularning yog’lari yangidek turaveradi. Albatta, u yangidek, ammo sun’iy gidrogenizatsiya jarayoni hisobiga.

Pol Breegg “Yurak” nomli kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: