Cheksiz umr ko’rish umidi

Uzoq umr ko'rish sirlari

Salom dostlar, biz oldingi maqolalarimizda E va SH harflari bo’yicha tush tabirlari haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, uzoq umr ko’rish siri, uzoq umr ko’rish uchun doktor Uayt maslahatlari, uzoq umr ko’rish uchun tabiiy ovqat va jismoniy faollikning roli haqida bo’ladi.

Doktor Uaytning maslahatlari

Doktor Uayt o’z maqolasida inson yuragini asrashi uchun bunday degan: «O’rta yosh qachondan boshlanadi? 20 yoshdan va u 80 yoshgacha davom etadi. Bu 60 yillik davrning «xatarli yillari» oxirgi 20 yillikka emas, balki birinchisiga to’g’ri keladi. Bu yillar ovqatlantirilgan jismonan yuklanmagan xalqning bo’lg’usi yurak-qon tomirlari kasalliklari yig’im-terimi uchun urug’ ekadigan yillardir».

Doktorning aytishicha «Inson hayoti 5 qismga bo’linadi. Tug’ilishdan 20 yoshgacha, so’ng o’rta yoshning 3 ta qismi: 20-40, 40-60, 60-80 yosh, va nihoyat qarilik – 80 – 100 yosh. Oxirgi qism muntazam ravishda uzayib borishi mumkin. Bizning umrimiz davomiyligi ilm-fanning kasalliklar ustidagi g’alabasiga muvofiq oshib borishi kerak».

Xalq umr davomiyligini uzaytirishi mumkin. Buning uchun 20 va 40 yoshdagi ayolu erkaklarga mo’ljallangan to’g’ri ovqatlanish va jismoniy mashqlar bo’yicha individual dasturlar, salomatlik, uzoq umr uchun harakatlar qilishi kerak.

Erkak kishi taxminan 20 yoshida uylanadi. Uning ayoli ovqat tayyorlashni qoyillatadi va ko’p narsalar pishiradi. Xotinining pazandalik mahorati, mashina va televizor tufayli erkak 45 yoshida 10-15 kg. ga semiradi. Bu vaqtda qon tomirlari devorlariga xolesterin ajralib boradi va arteriyalarning yo’lini to’sib qo’yadi. Buning esa miyaga (insult) yo yurakka (yurak – qon tomiri trombozi) yoki buyrakka dahli bo’ladi. Shu sababli ham erkak 45-50 yoshida vafot etishi mumkin. Ammo uning o’limi tasodif emas. U yillar mobaynida o’zini shu holga olib kelgan bo’ladi.

Avtoulov va televizor insonni qaram qilib qo’yish emas, unga xizmat ko’rsatishi kerak.

Doktorning fikricha – «Yangi hayot boshlash uchun hech qachon kech bo’lmaydi. Semirishning oldini olish uchun tana vaznining nazorati va jismoniy faollik darkor. Hammaning qo’lidan keladigan eng yaxshi jismoniy faolliklardan biri – bu sayrdir. Sayr serharakat bo’lishi va sog’lom inson uchun 5 mildan (8 km) kamni tashkil etmasligi kerak. Velosipedda sayr qilish eng foydalisi va samaralisidir».

Mashqlar va parhez, ya’ni to’g’ri ovqatlanish! Har ikkisi ham muntazam va maroqli bo’lishi mumkin, bo’lishi kerak hamdir.

Cheksiz umr ko'rish umidi

Uzoq umr ko’rish siri – tabiiy ovqat va jismoniy faollikda

Tadqiqotchi Pol Breegg ish faoliyati davomida uzoq umr ko’rgan kishilarni izlab topadi. Shulardan biri 154 yoshli Konstantinopollik Zora Arxa ismli insondir. U har kuni 12 soat og’ir yuk tashuvchi bo’lib temir yo’l stansiyasida ishlardi. Shu yoshgacha u faqatgina 2 ta tishini yo’qotgan, xolos. Qolganlari esa sadaf kabi baquvvat va oppoq edi. Uning ko’rishi, eshitishi, aqlu-hushi joyida edi.

Tadqiqotchi Pol 154 yoshli Zoraning uzoq va sog’lom hayotini so’rab-surishtiradi. Uning taomi juda oddiy edi. Rafinatsiya qilingan sun’iy tayyorlangan taomni yemas edi. U umri davomida oq non yoki oq shakar iste’mol qilmagan va hech qanday alkogol mahsulotlarini tatib ko’rmagan ekan.

Zoradan yoqimli taomi haqida so’raganida u hech ikkilanmay «xurmo»deb javob beradi. Bu esa tadqiqotchining sog’lom insonlarning uzoq umr ko’rishi haqidagi tadqiqotlarini tasdiqladi. Pol Breegg xurmo iste’mol qiluvchilar juda ko’p hayotiy energiya, bardoshlilik va barqarorlikka ega bo’lishlarini aniqladi.

Biroq, tadqiqotchi xurmoni sog’lom ovqat sifatida, uning mo’jizakor xususiyati to’g’risida uzoq Turkiyadagi Zora Arxadan bilib oladi. Zora kuniga 3-4 dona xurmo iste’mol qilib chegaralanishini aytib beradi.

Cheksiz umr ko'rish umidi

Uzoq umr ko’ruvchining taomi

G’ayratli 154 yoshli Zora Arxa sarimsoqni ham ko’p yer ekan. Sarimsoq «kambag’allarning penisipillini» deyishadi va u yurak hamda arteriyalarga juda foydalidir.

Zora faqat quyoshda qotirilgan, qora, suvi qochgan non yeyishini aytadi. U hech qachon yangi pishgan non yemagan.

Zora Arxa, shuningdek, yog’siz go’sht, pishgan olxo’ri, ko’p miqdorda sabzavotu mevalar iste’mol qilarkan. U hech qachon hayvon yog’ini va haftasiga ikkitadan ortiq tuxum yemagan. Zora pazandalik ishlariga va salatlarga qadimiy maxsar yog’idan foydalangan.

Zora suvdan tashqari yalpizli choy ichgan.

Zora shu kabi ovqatlar bilan afsonaviy yoshi saqlanib kelingan patriarxlarning uzoq umr ko’rish sirini tabiiy yo’l bilan ochib bergan.

Madaniyatli insonlar ommasi oddiy tabiiy taomlarni iste’mol qilishga o’tsalar, ularning aksariyati o’zlarining 154 yoshlariga yetib borishlari mumkin.

Bizning hayotimiz ma’lum darajada biz istemol qilayotgan taomga bog’liq. Ertaga, bir oy, bir yil, 10 yildan keyingi yurak, to’qima, miya, hujayra va boshqa a’zolar holati ovqatning qanchalik to’g’ri tanlanganini ko’rsatadi. Inson iste’mol qilayotgan taom tananing o’ziga, ya’ni yurak, miya va asablarga aylanib boradi.

Pol Breegg «Yurak» nomli kitobidan

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: