T-harfiga oid tushlar ta’birlari -19

T-harfi bo'yicha tushlar ta'birlari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz S harfi, R harfi va H harfiga oid tushlar ta’birlari haqida bo’ldi, bugun esa, tushda tovus, tovuq, tandir, tog’ora, tarozi, taom va su kabilarni ko’rsa nima bo’ladi, shu haqda bo’ladi.

Buyumlarga oid tushlar ta’birlari

Tayoq – kuchli, vafoli do’st, achchiq so’z eshitish, moddiy yordam olish, tahlikalardan qutulish, umri uzoq bo’lishi, haromdan uzoq ketishga ishora.

Tanbur – bevafo oshiq, xushxabar eshitish, umidlari ushalishi, va’dasini bajarmaslik, xastalik, oiladagi notinchlik, el orasida mashhur bo’lish, zino va yolg’onga ishora.

Tandir – omad qushi, serdaromad ish, badavat kuyov, suluv kelin, xasis kishini bildiradi. Tushda o’pirilib tushgan tandirni ko’rish yaxshilikka emas. Biror tahlikadan ogohlantirishdir.

Tarozi – adolat, hakam, nohaqni haqdan ajratuvchi, rostgo’y inson, to’g’ri qaror qabul qilish, qarzlarini to’lash, va’dasini bajarishni bildiradi.

Taroq – tushda taroq ko’rish ishdagi muammolar yechimini topish, muvaffaqiyat, savob ish qilish, do’stdan manfaat yo’lida foydalanish, qarzlarini o’z vaqtida to’lash, sevishganlar baxtga yetishi, ishonchli do’st topishga ishora.

Tasma – vafodor yor, yomon so’z eshitish, qamoqqa tushish, yangi ish topish, uylanish, yomonliklardan o’zini asrash, ayyorlikni bildiradi.

Taxt – tushda to’shanchi to’shalmagan taxtda o’tirganini ko’rish bir falokat bilan yuzma-yuz bo’lishiga ishora. Oilali ayol bezatilgan taxtda o’tirganini ko’rish eri uni sevishi va g’oyat ardoqlashiga yoki qiz farzandli bo’lishini bildiradi.

Tegirmon – oyog’idan chalishni kutib yurgan dushmaniga ishora. Shamol tegirmonini ko’rish kuch-qudrat, dushmanini yengishini bildiradi. Suv tegirmonini ko’rish halol rizq, xursandchilikka ishora.

Tushda tegirmon aylanayotganini ko’rish safarga chiqishga ishora.

Telefon – kutilgan xabarni eshitish, yashirin sirlar oshkor bo’lishi, hamkorlikda ish qilish, mashaqqatsiz katta davlatga ega bo’lish, sevishganlar orasiga sovuqchilik tushishini bildiradi.

Temir – halol mol topuvchi kishiga ishora. Tushda temirdan yasalgan bolta, arra, ketmon singari ish qurollarini ko’rish serdaromad ish topishga ishora. Tushda temir ko’rish ishonch, yomonliklardan uzoq yurish, qat’uyatni bildiradi.

Tilla – tushda tilla ko’rish qarzdor bo’lib qolishga ishora. Shuningdek, musibat, e’tiqodi sustligi, maishatga berilishini bildiradi. Tillani quyma holda ko’rsa, orttirgan molini yo’qotadi.

Tushda tilladan yasalgan biror narsani ko’rish, boshiga dard kelib, salomatligi yomonlashadi. Xalta to’la oltin ko’rish, serdaromad ish topishidan dalolat.

Tova – tushingizda tova ko’rsangiz, o’ngingizda baxtli bir xonadon sohibi bo’lgaysiz.

Tovoq – uni tushda ko’rish rizqdir.

Tog’ora – tushda ichi bo’sh tog’ora ko’rsangiz, o’ngda axmoq bilan muomala qilasiz. Agar tog’ora ichi to’la bo’lsa, shu odam sizga foydali ish qiladi.

Toj – u boylik, ilm va farzand. Xotin kishi tushida uni kiysa, u erdir. Erkaklar uchun omadsizlik.

Kimki tushida qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan toj ko’rsa, o’ngida hokimiyatga erishadi.

T-harfiga oid tushlar ta'birlari -19

T – harfiga oid tushlar ta’birlari buyumlar haqida

Tokcha – u sirlarni saqlovchi va ayblarni yashiruvchi kishiga dalolat qiladi.

Tom – agar tushida uyining tomi chiroyli bo’lsa, obro’ topadi. Agar podshohning tomida bo’lsa, martabasi oshadi. Tomdan yiqilsa amaldan tushadi. Uyning tomi va devori uning ustiga yiqilsa, boyligi ko’p bo’ladi.

Tosh – G’am-anduh. Tushda tosh ko’rsangiz, o’ngda fe’li tor odam bilan muomala qilishingizga to’g’ri keladi.

Toshlar – kasallik belgisi. Mayda tosh ko’rish siydik yo’lidagi toshga ishora. Qimmatbaho tosh – janjal, jarohat, kasallik ehtimolidir. Tosh yo’nish yoki tosh yotqizish – ahvolning yaxshilanishidan darak.

Tuvak – kim tushida tuvak ko’rsa, oilasida tinchlik va xotirjamlik bo’ladi. Singan yoki dars ketgan tuvak ko’rsangiz, o’ngda oilangiz buziladi.

Tugma – Bo’ydoq odam tushida tugma qadasa, o’ngida, albatta, uylanadi. Umuman tushda tugma ko’rish yoki qadash rizqning ko’payishiga, boy bo’lishga, mulkning ortishiga dalolat.

Tumor – tushda tumor ko’rish – vaziyatning yaxshi tomonga o’zgarishiga ishora.

Tunuka – tushda tunuka ko’rsangiz, o’ngda janjal to’polonga ishora.

Tufli – kimki tushida yangi tufli kiysa farovonlikka erishadi. Tuflining bir dona bog’ichini ko’rish, yaxshi latif so’z bo’ladi. Agar bog’ich ko’p bo’lsa, halol mehnat topadi.

To’g’nog’ich – ayol kishi tushida yoqasida to’g’nog’ich ko’rsa, o’ngida mahbubidan kutilmagan sovg’a oladi. Yoki o’g’il farzand ko’radi.

To’g’nog’ichning qo’lga sanchilishi, xavf-xatar, noxushliklarni, ko’z tegishini bildiradi.

To’n – to’n tushda kasb va ish bo’ladi. To’n tikish safar bo’ladi. Agar o’zining to’nini yaxshi ko’rsa, uning kasbi va ishi yomon bo’ladi. O’zining to’nini qora ko’rsa, unga g’am yetadi.

To’p, koptok – u tushda tortishuv, xusumat. Gohida safar, bir joydan boshqasiga ko’chishga dalolat. Agar u teridan bo’lsa, oyoqdir.

To’r belanchak – Tushda to’r belanchakni ko’rish o’ngdagi beqarorlikni bildiradi. Bunday tush ko’rgan odamda qat’iy fikr bo’lmaydi.

To’r xalta – tushda to’r xalta ko’tarib yurgan bo’lsangiz, demak, siz oddiy hayotni xush ko’rasiz. To’r xaltada pul va hujjatlarni ko’rsangiz, o’ngda turli hodisalarga duch kelasiz, bu esa hayron qoldiradi.

To’siq – tushda katta to’siqqa duch kelsangiz, o’ngda nohaq ayblanib, ishlaringiz orqaga ketadi. To’siqni yo’ldan olib tashlasangiz, ishlarni muvaffaqiyatli hal etasiz.

To’shak – u tushda ayol kishidir. To’shak rohatdir. Tushda to’shakning yumshoqligi ayolning eriga bo’lgan itoati va bo’ysunishidir. Uning kengligi ayoli xulqining chiroyi va tarovatidir. To’shak jun, tuk yoki paxtadan bo’lsa, boy ayolga ishora.

T-harfiga oid tushlar ta'birlari -19

Kishilarga oid tushlar ta’birlari

Tavba qilish – tushda tavba qilganini ko’rish tush sohibining gunohlari mag’firat qilinishiga ishoradir. Afsuslanib, xato ishlar qilishdan voz kechish, muammolar yechimini topishi, nochorni sevintiruvchi hodisa, oxirat saodatini o’ylovchi insondan dalolat.

Taom – tushda taom har xil ta’bir qilinadi. Nochor kishi tushida go’sht pishirsa, omadi kulib serdaromad ish topadi. Sariq rangli taom xastalik, sho’r taomlar musibatli xabardan darak.

Bemor uchun pishirilgan taomni ko’rsa, bemor tuzalib kaetadi.

Tahorat buzilishi – tushda kishining tahorati buzilishi osudalikka ishora. Yomonning dushmanligidan qutilish noxush xabar eshitish yoki molini yo’qotishini ham bildiradi.

Tahorat olish – tushda tahorat olish osudalik, xushxabar, pokizalik, gunohdan forig’ bo’lish, uzoq umr ko’rishni bildiradi. Daryo sohilida tahorat olish kishining safarga kitishini bildiradi. Agar xasta bo’lsa tez kunda tuzaladi.

Ta’zim qilish – tushda birovga ta’zim qilish o’sha odam atrofida hurmatli zotlar yig’ilganidan dalolat. Sevganiga yetishish, biror falokatdan ogohlantirish, pushaymon bo’lishni bildiradi.

Tegirmonchi – tushida tegirmonchini ko’rish halol mehnati, peshona teri bilan non topuvchi, atrofidagilarga yordamini ayamaydigan saxovatli kishiga ishora.

Temirchi – kuchli, baquvvat, iqtidorli kishiga ishora. Tushda o’zining temirchilik qilayotganini ko’rish orzusiga yetishish, katta yer egasi bo’lishini bildiradi.

Teri – u tushda shifo topish, yo’qchilik, merosga ega bo’lish, oila qurish, kutilmagan musibatli xabarni bildiradi. Ilonning terisini shilayotganini ko’rish dushmanidan qutulishga ishora. Qo’y terisini ko’rish jannati inson, sigir terisi badavlat bo’lishga, tuya terisi saxovatli inson bo’lishga ishora.

Tizza – tushda tizza ko’rish tush sohibining ukasi yo ishdagi sherigiga ishora. Tirikchilik o’tishi, charchoq va dangasalik, boylikni bildiradi.

Tikuvchi – hammaninhg tilini topib ketuvchi, saxovatli, do’stlari ko’p bo’lishini istaydigan insonga ishora. Shuningdek, orasta uy bekasi, saodatli oila, umidlari ushalishi, boshlagan ishini yakuniga yetkazish, sinovlardan so’ng baxtga yetishishini bildiradi.

T-harfiga oid tushlar ta'birlari -19

Kishilarga xos ta’birlar

Tish – u tushda mol-davlat, dala, yer, xonadon, ayriliqni bildiradi. Tish qimirlaganini ko’rish kuch-quvvat zaiflashganini bildiradi. Tishlar oppoq, chiroyli bo’lsa, g’am-tashvishlardan xalos bo’lishga ishora.

Tishi tushganini ko’rsa, oiladan biri dardga chalinishiga ishora. Ayol kishi hovuchiga tishi tushganini ko’rsa, yaqin kunlarda ona bo’lishidan darak.

Tobut – tushda tobut ko’rish sinovlarni yengib o’tish, uzoq safarga chiqish, katta davlat sohibi bo’lish, ilm o’rganish, yo’qolgan narsaning topilishi, noxush xabar eshitishga ishora.

To’y – to’y ko’rish oilada baxtiyorlik.

To’qish – tushda biron narsa to’qib o’tirgan bo’lsangiz, o’ngda sabr-qanoat maqsadga yetkazadi.

Tirnoq – u tushda saxovatdir. Yana quvvat va mol-dunyodir. Uning uzunligi g’amdir. Tushda tirnoqlar yo’q bo’lsa, kambag’allikka ishora. Tirnoqlar sinmaydigan darajada o’sganini ko’rish davlati ziyoda bo’lishiga dalolatdir.

T – harfiga oid tushlar ta’birlari tabiiy nematlarda

T-harfiga oid tushlar ta'birlari -19

Tarvuz – tushda shirin tarvuz ko’rish xushchaqchaq, oqila va uyim-joyim deydigan ayolga ishora. Xom tarvuz esa asabiy, ters, qo’pol, tili zahar xotihga ishora.

Tariq – tushda tariq ko’rish dangasalik, bekorchilik, mol-davlati qo’ldan ketishini bildiradi. Tushda tariq ekish yangi, serdaromad ish topishga ishora.

Hovuch to’la tariq ko’rish salomatligi yomonlashuvidan darak.

Terak – tushda terak daraxtini ko’rish yaxshilikka ta’bir qilinmaydi. Xastalik, axloqsiz kimsa, oiladagi notinchlik, g’am-tashvish, yoqimsiz mehmon, merosni o’ylamay sarflab yuborgan nodon kimsaga ishora.

Timsoh – u tushda kuchli, berahm, faqat o’zini o’ylaydigan kimsaga ishora. Yolg’onchi do’st, qo’lidagi davlatdan ayrilish, qo’rquv, tahlikali safarga chiqish, og’ir xastalik, mashaqqatlarni yengib o’tishni bildiradi.

Tipratikan – u yaxshilikka ta’bir qilinmaydi. Aybini yashiruvchi razil kimsa, jahldor, xasis odam, xastalik, umidvor qilib va’dasini bajarmagan odamga ishora.

Tovuq – u tushda chiroyli, ammo esi past, axmoq xotindir. Tovuq boquvchini ko’rish g’am yetishiga ishora. Tovuq go’shti yeyish sog’ligingiz haqida o’ylashingiz kerak.

Tovus – tushda tovus millati boshqa chiroyli ayoldir. Tovus chiroyi ayolning rangiga, patlari ayol moliga, uning go’shtini yeyish meros qoldirilgan boylikka dalolat qiladi.

Tovus-hayotdagi adolatli hukmdor belgisi.

Tog’ echkisi – u tushda to’g’ri yo’ldan chetga chiquvchi, adashuvchi kishiga dalolat qiladi.

Tog’ – tushdagi tog’ aslida hukmdor ramzi. Kimki tushida tog’ tepasiga chiqsa, o’ngida yuksak martabaga erishadi.

Toychoq – toychoqlar o’g’il-qizga dalildir. Toychoq korish yaxshi kayfiyat, salomatligi yaxshiligini bildiradi.

Tok – uni tushida ekkan kishi azizdir. Tok boy xotin deb ta’bir qilinadi. Kim tushida tokdan bir novda olsa, ulug’ ayoldan mol-mulkka erishadi. Tok novdasi saxiy ayoldir.

Tong – tohgda quyosh chiqishini tushda ko’rsangiz, o’ngda sovg’a olasiz. Bemor kishi shunday tush ko’rsa, shifo topadi.

Toshbaqa – tushda toshbaqa ko’rsangiz, o’ngingizda dinga kirib kelasiz va taqvodor bo’lasiz.

Toshbaqa go’shtini yeyish boylik va ilmdir.

To’tiqush – u yolg’on, aldov, hasad va boshqa salbiy hissiyotlar ramzi. U olib sotar, yolg’onchi, zolim maqtanchoq kishiga dalildir.

Dildora Abdullayeva «Tushlar olami» kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: