L-harfiga oid tushlar ta’birlari-12

L-harfi bo'yicha tushlar ta'birlari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz K harfi, Y harfi va I harfiga oid tushlar ta’birlari haqida bo’ldi, bugungi mavzumiz, L-harfiga oid tushlar ta’birlari, harflar bo’yicha, tushda lagan, lift, limon, lola, laylak, lochin ko’rsa nima bo’ladi, shularga izoh beramiz.

Buyumlarga oid tush ta’birlar

Lagan – uylanish, do’st, jinsiy munosabat, xastalik, g’am-tashvish, vafodor xotinga ishora. Bo’ydoq yigit lagan ko’rsa uylanadigan qizi chiroyli va oqila ekanidan dalolat. Lagan singanini ko’rish, oilasi bilan uzoq vaqt baxtli yashay olmasligidan darak.

Lampa – yaxshilik qiluvchi kishi, hayoli ayol, badavlat erkak, uylanish, baland martabaga ishora. Yonib turgan lampani ko’rish, musibatlar arib, yaxshi kunlar kelishi, xushxabar eshitish, xursandchilikka ishora. Bemor kishi lampa ko’rsa, salomatligi tuzaladi.

Yoniq lampa o’z-o’zidan o’chib qolishi noxush xabar eshitishga ishora.

Lift – tushda lift ko’rish uchrashuv, sayohat, ayriliq, rohat-farog’at, xushxabarga ishora,

Lom – tushda lom ko’rish ruhiy jarohat olish, muammoni qo’pol yo’l bilan hal qilishga urinish ehtimolini bildiradi.

Lotoreya – tushda uni ko’rish stress, aldanish tufayli siqilishdan darak.

Latta – agar savdo ahli tushida latta ko’rsa, daromadga ishora bo’ladi, boshqalar uchun kasallikka ishora.

Latta-putta – tushda latta-putta ko’rish, dard va erta qarishni bildiradi.

Lampochka – agar tushda lampochkani burayotgan bo’lsangiz, o’ngda biron voqeaning sababchisi bo’lib qolasiz.

L-harfiga oid tushlar ta'birlari-12

L-harfiga oid tushlar ta’birlari tabiiy nematlar bo’yicha

Limon – u tushda gohida malomat, uning bir donasi yetarli rizqdir. Sariq limonni yeyish kasallik, yemasa, mol-mulkdir. Ko’k limon yaxshilikdir. Limon-malomatchining malomati. Kim limonni qo’lga kiritsa u malomat qilinadi.

Limon daraxtini ko’rish, odamlarga foydasi tegadigan kishini bildiradi.

Loviya – tushda loviya gullaganini ko’rish, o’ngda quvonchni bildiradi. Loviyani terib olish, o’ngda yo’lingizdagi barcha to’siqlar o’z-o’zidan yo’q bo’lishini bildiradi.

Yetilmagan loviya zararga duch kelishiga ishora, yetilgan loviyani yeyish tashvishlardan, dushmanlardan qutilishga ishora.

Lavlagi – xushmuomala, hamma hurmat qiluvchi kishiga ishora. Qizil lavlagi ko’rish g’am-tashvish, ayriliq, bemorning sog’ayishi, rizq-nasiba, xushxabarni bildiradi.

Laylak – bechora yo’lovchi, tashvishlardan xalos bo’lish, safarga chiqish, uzoqdn keladigan mehmon, xushxabar, ertangi kunini o’ylovchi kishi, savob amallarni bildiradi. Tushda laylak uya qurganini ko’rish, omad kulib boqishini bildiradi. Rizq-nasiba barakaga ishora.

Lola – tushda lola ko’rish bevafo xotin, solih farzand, xushxabar, shodiyona, bayramni bildiradi. Tushda lola terib yurish xushxabar eshitishga ishora.

Bo’ydoq yigit boshida loladan yasalgan gulchambar ko’rishi uylanishga ishora.

L-harfiga oid tushlar ta'birlari-12

Lochin – tushda qo’nib turgan yoki to’g’ri uchayotgan lochin, qat’iyat yetishmasligini bildiradi. Aylanib uchayotgan lochin aldov natijasida stressga tushishga ishora. Pastlayotgan lochinni ko’rish vaziyatning yomon tomonga rivojlanishi, balandga ko’tarilayotgan lochin voqeaning yaxshi tomonga rivojlanishini bildirdi.

Loyxo’rak – tushda loyxo’rak degan qushni ko’rsangiz, o’ngda uzoqdagi do’stingizdan xat olasiz. Loyxo’rakning go’shtini yemoq, oilaviy totuvlik va farovonlikka ishora.

Loy – tushdagi loy kasallik va xorlikdir. Tushda loy va loygarchilik ko’rish o’ngda ishlarning yurishmasligiga ishora. Quruq loy mol-dunyodan ayrilishdir. Kim uyini loy bilan suvayotganini ko’rsa, u yaxshi tushdir.

Loydan bo’lgan g’isht – u tushda qo’lga kiritiladigan moldir.

L-harfiga oid tushlar ta'birlari-12

Odamlarga oid tushlar ta’birlari

Lab – Tushda lab korish ilm o’rganish, mazzali taom, xursandchilik, sir saqlanishi mumkun bo’lgan gapni bildiradi. Tushda lablari bir-biriga yopishib qolsa, boshiga og’ir musibat tushadi.

Tushda labi ustida xol borligini ko’rish ayol kishi bo’lsa sevilishi, erkak bo’lsa davlati ortishiga ishora.

Lak – orzu-havas, umid, yangi ishga o’tish, eski odatlarni tark etish, yangi muhit, uzilgan rishtalarni qayta tiklash, yangi do’st, yorqin kelajakni bildiradi.

Losyon – tushda losyon ko’rish, yashirin sirlari oshkor bo’lishi, mehrga zor er, davlat yig’ish, manfaatini ko’zlashni bildiradi. Shu bilan birga, orzulari ushalishi, uylanish, shodiyona, osonlik bilan topilgan xarom davlat, yaqinlari hurmat qiladigan mehribon kimsani bildiradi.

Lo’li – muammolar ichida qolish, uzoqdan keladigan xabar, muhabbat o’yinlari, rashk, uzoq davom etadigan ayriliqni bildiradi.

Qiz bola o’zini lo’lilar ichida ko’rsa, katta oilaga kelin bo’lishiga ishora.

Latifa – agar tushda latifa eshitsangiz, o’ngda xursand qiladigan voqea yuz beradi. Latifa aytib berish kayfiyatning ko’tarilishi va kasalning tuzalishiga ishora.

Liliput – tushda liliput odamni ko’rsangiz, o’ngda nimadandir cho’chib yurar ekansiz. Ammo bu behuda qo’rquv.

Lashkar – tushda lashkar ko’rish o’ngda biron xavf borligini bildiradi.

Lotin tili – tushda lotin tilini o’rganayotgan bo’lsangiz, o’ngda bilim olishga chanqoqsiz.

Dildora Abdullayeva “Tushlar olami” kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: