Hiqichoqni qanday davolash mumkin

Ҳиқичоқнинг келиб чиқиши ва даволаш

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda qizilo’ngachdagi yaralarni davolash, zaharli kimyoviy moddalardan zaharlanish hamda tiofos, xlorofos va boshqa moddalardan zaharlanish haqida gaplashdik. Bugungi mavzu hiqichoqning kelib chiqichi va davolsh haqida bo’ladi.

Qanday belgilari mavjud:

Hiqichoq murakkab harakat bo’lib, me’da og’zida, yoki me’daning hamma qismida yoki qizilo’ngachda yuz beradi. Agar biror aziyat beruvchi sabab mavjud bo’lsa, uning haydaydigan kuchli harakatga qobiliyat paydo qilish uchun yig’ilib tirishadi.

Masalan, sakramoqchi bo’lgan kishi shunday qiladi. U oldin ketiga tashlanib keyin sakraydi. Hiqichoq bir jihatdan o’pka va qorin to’sig’ida bo’ladigan yomon xiltni haydashga qaratilgan yo’tal harakatiga o’xshaydi. Hiqichoq me’daning haddan tashqari quruqligi sababli paydo bo’ladi. Chunki, quruqlik bir qadar tirishishga qarab, kishining talabi esa yoyilishiga qarab harakat qiladi.

Tabiat tirishish bilan kelisha olmaydi va unga qarshi turadi. Biror aziyat beruvchi sababdan me’da og’zida uchish paydo bo’lgani kabi hiqichoq ham ko’pincha aziyat beruvchi sabab tufayli me’da og’zida paydo bo’ladi. Ayniqsa me’da quruq bo’lib uning og’zi eng oz achishishni ham ko’tarmaydigan bo’lsa shu hol yuz beradi.

Xosh, hiqichoqning kelib chiqichi va davolsh mumkinmi…

Hiqichoqning kelib chiqishi va davolash

  1. Yetmak talqonini 4 kun 1 mahal burunga tiqib hidlansa qustiradi. Hiqichoqqa qustirish eng foydali choradir. Har bir qattiq harakat, silkinish, baland ovoz bilan qichqirish g’azablanish, shodlik, to’satdan bo’ladigan qo’rqish haddan tashqari g’amginlik ham bir chora. Seskantirish uchun yuzga to’satdan suv sepish, kuchli badantarbiya, otda yurish, qo’zg’algan yo’talni og’zini yopib, to’xtatib turish va tashnalikka chidash ham eng foydali choradir.
  2. Hiqichoq paydo qilib turgan moddani qo’porishda 10 kun 3 mahal nazlani hidlatib, aksartirish zo’r ta’sir qiladi.
  3. Hiqichoqni davolashning oson usuli bu, uzoq vaqt nafasini ichga qamab turish ham hiqichoqni bosadigan choralardan hisoblanadi, chunki bu haroratni harakatga keltiradi. Uni teri teshiklariga tomon borib havo olish uchun harakat qildiradi hamda yopishqoq xiltlarni qo’zg’atadi va tarqatadi.

Ichiladigan malhamlar

  1. Ermonning 200 grammini, 4 litr suvda 1 sutka ivitib, ertasi 10 minut past olovda kaynatib, och holda 3 mahal 2 osh temir qoshiqdan ichilsa, yaxshi ta’sir qiladi.
  2. Paq-paqning 300 grammini, 4 litr suvda past olovda 25 minut kaynatib, och holda 9 kun 3 mahal 100 grammdan ichilsa, neshob orqali xiltlarni haydaydi, yaxshi foyda qiladi.
  3. Aloedan tayyorlangan dorimi 7 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa, xiltlarni axlat yo’liga haydab chiqarib yuboradi. Kuchli hiqichoq va ko’ngil ag’darilishida foyda beradi.
  4. Zanjabilni 100 grammini, 3 litr yomg’ir yoki buloq suvida 1 sutka ivitib ertasi past olovda 30 minut qaynatib, 7 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa, yaxshi ta’sir qiladi.
  5. Bo’yimodaron va tog’ yalpizidan 200 grammdan olib, 5 litr suvda past olovda 25 minut qaynatib, 5 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, foyda qiladi.
  6. Hiqichoqni davolashning yana bir usuli, andiz talqonini, 11 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan kapalab, orqasidan qaynagan suv ichilsa, juda yaxshi foyda beradi.
  7. Hiqichoqni davolashda achchiq bodom yog’ini 5 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan ichilsa, yaxshi ta’sir qiladi.
  8. Bemor tuzalguncha suyuq ovqatlar va jo’ja go’shtlarining qaynatma sho’rvasiga xushbo’y kashnich barglarini ko’p qo’shib ichilsa, ta’sir qiladi
  9. Ayniqsa, olxo’rini 400 grammini 3 litr suvda 30 minut past olovda qaynatib, 12 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa foyda qiladi.
  10. Olxo’rini 500 gramm tomirini maydalab, 4 litr suvda 1 sutka ivitib, ertasi 40 minut qaynatib, 10 kun 3 mahal och holda 50 grammdan ichilsa, hiqichoq kasali tuzaladi.

Hoji Mengnazar Rustam og’lining “Dard borki, darmon bor” kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: