Buyrak kuchsizligini qanday davolash mumkin

Buyrak kuchsizligini davolash yo'llari

Oldingi maqolalarimizda buyrak yaralarini davolash, suyak chiqqanda birinchi yordam hamda meda (oshqozon) kasalliklari haqida gaplashdik. Bugungi maqolamiz uy sharoitida buyrak kuchsizligini davolash haqida bo’ladi.

Buyrak kuchsizligi goho mizojning buzilishidan, goho buyrakning ozishidan, goho buyrakdagi tomirlarning kengayishi va ochilishidan, shuningdek, buyrak moddasining zichligi bo’shashib ketishidan bo’ladi. So’nggi sababdan bo’lgan kuchsizlik buyrakka ko’prok xosdir. Buning natijasida buyrak o’ziga keladigan qonni suvlikdan tozalashga ojiz bo’ladi.

Buyrak zaifligining sabablari, jinsiy aloqaning ko’pligi, peshob haydovchi narsalarni ko’p iste’mol qilish, o’rganmasdan va odatlanmasdan otda poyga qilish va uni minib yurishdir. Buyrakka yetadigan mashaqqat va har bir urilish xam shu kabi sabab bo’la oladi. Ko’p tikka turish va uzoq safar qilish, ayniqsa, piyoda safar qilish xam shular jumlasidandir.

Buyrak kuchsizliginining qanday belgilari mavjud

Mizoj sababli bo’lgan buyrak kuchsizligini mizoj belgilari ko’rsatadi. Ozishdan bo’lgan buyrak bemorligini buyrak ozishining belgilari ko’rsatadi. Buyrakdagi yo’llarning kengayishidan va go’shtli qismining bo’shashishi sababli sodir bo’lgan buyrak kuchsizligida og’riq vaqti-vaqti bilan buladi va jinsiy aloka ishtaxasi ozayib, peshob ko’pincha, suvdek bo’ladi.

Agar oziqli modda tomirlarga yetgan bo’lsa, ko’pincha, peshob bilan qon va quyuq rutubatlar chiqinidisi kabi buladi. Chunki buyrak o’ziga oqib keladigan narsadan oziklanmaydi, uning suyug’ini quyug’idan ajrata olmaydi. Bunda qonli cho’kma paydo bo’ladi va peshob ustida dengiz ko’pigiga o’xshash ko’pik paydo buladi. Buyrak kuchsizligi, uning qanday bo’lishidan qat’iy nazar, ozish, peshob ozayishi, jinsiy aloqaning kamayishi, ko’zning xiralashishi bosh og’rigiga sabab bo’ladi.

Xo’sh, buyrak kuchsizligini davolash mumkinmi…

Qanday qilib buyrak kuchsizligini davolanish yo’llari

  1. Buyrak kuchsizligi sababl yo’llarining kengayishi sodir bo’lsa, bu haqiqiy kuchsizlik bolib, uning kengayish sabablarini yo’qotish, buyrakni zichlashtirish va kuchaytirish lozim bo’ladi. Kengayish sabablariga to’sqinlik qilish, ortiqcha harakat va jinsiy alokani vaqtincha tark qilish, hammomga ko’p tushmaslik, osoyishta yotish va peshob haydovchi oziqalarni iste’mol qilmaslik zarur bo’ladi.
  2. Buyrakni zichlashtirish oziqlar va dorilarni qullash bilan bo’ladi. Bularga oziqlardan: 15 kun 3 maxal qudrat norin qaynatmasini och holda 2 osh qoshiqdan ichish kerak. Yetilmagan xurmo, do’lana, behi, mayiz va echki charvisidan tayyorlangan anor oshi, anor donasi va xushbuy uzum sirkasi ichiladi. Shuningdek, kashnich va shunga o’xshashlardan tayyorlangan taxir narsalarni 20 kun 3 maxal och holda oz-ozdan yeb borilsa, tuzaladi.
  3. Gulsapsarni 400 grammini 4 litr yomgir suvida kecha ivitib, ertasi 40 minut qaynatib, och holda 3 maxal 50 grammdan ichilsa, 19 kunda foyda beradi.
  4. O’lmas o’t gulini 300 grammini, 4 litr suvda bir kecha ivitib, ertasi 10 minut qaynatib, och holda 3 maxal 50 grammdan ichilsa, tuzaladi.
  5. Qo’y va tuya sutlarini och holda 18 kun 3 maxal 50 grammdan ichilsa, buyrakni kuchli qiladi.
  6. Qo’y, echki, mol buyraklarini 15 kun 1 maxal qaynatib yoki qovurib och holda iste’mol qilinsa, yaxshi foyda qiladi.
Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: