Chekishni bugunoq tashlang

Chekishni tashlash usullari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda tamaki va alkagol zararlari hamda kamharakatlilikning hayot uchun xavfliligi haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, chekishni tashlash, kuchli iroda va xohish, chekishni zararli oqibatlari, chekishni tashlash foydalari, qahva va choy ta’siri haqida bo’ladi.

Chekishni tashlash, kuchli iroda va xohish

O’z kamchiliklari ustidan g’alaba qozona oladigan inson kuchlidir.

Benjamin Franklin

Ko’pchilik kashandalarda bu zararli odat shunchalik ildiz otib ketganki, ular bolalar kabi «Men chekishni tashlay olmayman!» deb takrorlashadi. Bunga javoban faqatgina «Bo’lmagan gap! Tanangizni kim boshqaradi – tamakimi yoki siz?! deyishimiz mumkin.

Tana ahmoqdir. Tanangizni sizning aqlingiz idora qilishi kerak. Tana faqatgina aqlga bo’ysunish va uning buyruqlarini bajarishi kerak.

Yomon odatni yaxshisiga almashtira olish uchun sizning fikringiz kuchli tuyg’u va xohishga to’la bo’lishi kerak. Agar siz sog’lom yurakka ega bo’lishni istasangiz va bu istak yetarli darajada kuchli bo’lsa, chekishga bo’lgan odatingizni tashlang.

O’zingizga «Chekma!» deb uqtiring va chekish sizni sekin-astalik bilan o’ldirishini, u sizning eng yovuz dushmaningiz ekanini takror va takror ayting.

«Men chekmayman! Men chekmayman! Men chekmayman!» deb takrorlang va siz tamakining quli bo’lish o’rniga tanangiz xo’jayiniga aylanasiz.

Siz organizm uchun zararli va yurak xurujlariga olib kelishi mumkin bo’lgan yomon odatlar quli bo’lishingiz kerak emas. Bu nafaqat tamakiga, balki qahva, choy, alkogol, tuz va to’yingan yog’larga ham tegishlidir.

Sog’lik va tanani vayron qiluvchi odatlardan batamom xalos bo’lish kerak. Buning uchun barcha boshqa yomon odatlardan kuchliroq bo’lgan iroda kuchi kerak bo’ladi.

O’zingizga ayting.

«Men chekmayman»,

«Men qahva ichmayman»,

«Men choy ichmayman»,

«Men alkogol ichimliklarini ichmayman»,

«Men tanamni to’yingan yog’lar bilan to’yintirmayman»,

«Men tuz iste’mol qilmayman»,

«Men keragidan ortiqcha taom yemayman».

O’zingizga bularni takror va takror ayting, eng asosiysi bu so’zlarga ishoning! Ana shunda aql organizmni boshqaradi. Hech qanday vaziyatlarga sizning temir irodangizni sindirishiga yo’l qo’ymang. Hech kimga «boshingizni achitishi»ga yo’l qo’ymang. Har qaysi aqlli inson o’zining aqli va tanasini boshqara olishi, istalgan yomon odatlardan xalos bo’lishi mumkin.

Chekishni bugunoq tashlang

Qahva va choy – narkotiklar

Qahva – bu yurak faoliyatini yomonlashtiruvchi kuchli stimulyatordir. Unda narkotik – yurak urishini tezlashtiruvchi va uni zo’riqtiruvchi kofein bor. Qahva tarkibida yurak hamda qon aylanish tizimiga zararli bo’lgan smola va kislotalar ham mavjud.

Qahvani o’z stolingizdan olib tashlang. Unda oziq moddalari, vitaminlar, minerallar mavjud emas. U oziq sifatida foydasiz, uning ustiga salomatlik uchun zararli hamdir.

Choy haqida ham xuddu shu so’zlarni aytish mumkin. U tanin va boshqa zaharli moddalarni o’z ichiga oladi. Choy ichishni me’yordan oshirmang.

Alkogol – depressant

Chekishni bugunoq tashlang

Alkogol stimulyator hisoblansa-da, haqiqatda depressant. U qon tomirlarini, ayniqsa, teri kapillyarlarini kengaytiradi. Bu esa issiqlik hissini beradi va xatolik bilan tetiklik bag’ishlangani sifatida qilinadi. Haqiqatda alkogol tanani shunchalik bo’shashtiradiki, o’z harakatlaringizga bo’lgan boshqaruvni yo’qotib qo’yishingiz mumkin. Kim ariqda dumalab – mana shunday «hordiq chiqarganlarni ko’rmagan? Alkogol iste’moli – hordiq chiqarishning xatarli yo’lidir!

Alkogol miya va asab tizimiga juda yomon ta’sir ko’rsatadi. U asosiy «asab» vitaminlari bo’lmish C va B vitaminlari zahirasini yoqib yuboradi. Miyaga qon quyilishi ko’pincha falajga aylanadi. Tibbiy tadqiqotlar alkogolning jo’shqin ta’siri, ya’ni baland ovoz bilan so’zlash, beg’amlik, xushchaqchaqlik, maqtanchoqlik – miyaning ma’lum bir qismidagi falajlik natijasi ekanini ko’rsatmoqda.

Alkogoldan uzoqroq yuring! Unda turli xil kasalliklarga, ortiqcha semizlikka olib keluvchi va oxir-oqibat organizmni barbod qiluvchi «puch kaloriyadan» boshqa hech narsa yo’q.

Yurak kasalliklari bemorlariga alkogol, ayniqsa, tinchlantiruvchi dori miyaning og’riq markazlari va asab tizimiga ta’sir ko’rsatayotganida juda katta xavf tug’diradi. Ogohlantiruvchi signallarsiz, ya’ni og’riqsiz kelgan, oldini olish mumkin bo’lgan yurak xuruji halokatli holatda yakunlanishi mumkin.

Pol Breegg «Yurak» nomli kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: