Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda cheksiz umr ko’rish umidi va tush tabirlari haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, qarimaslik sirlari va mustahkam sog’lik, sog’lom tanada aql, organizmimizdagi qonning roli va faoliyati, salomatligimiz-baxtimiz va uni asrashimiz haqida bo’ladi.
Tana hayoti – qonda
Qon milliardlab kichik hujayralardan tashkil topgan. Ular biz tanovul qilayotgan va qonga tushadigan taomdan oziqlanadilar. «Tana hayoti – qonda», deyilgan gap bor. Agar sizning qoningiz toza va yaxshi aylansa, tomirlaringiz esa beg’ubor bo’lsa, nega endi ko’p yillar davomida «yoshlik» hayoti bilan yashamas ekansiz.
Qizil qon tanachalari har 28 kunda butunlay almashib turadi. Bu jarayon tug’ilishdan to oxirgi nafasgacha davom etadi. Ular biz tanavul qilayotgan ovqat va ichimliklar hisobiga vujudga keladi. Aniq ravshanki, hayot davomiyligini to’g’ri ovqatlanish va qon aylanish tizimini toza saqlash yo’li bilan uzaytirish mumkin.
Biologik «umr soati»ni boshqarish
Salomatlik manbai – tabiiy taom, toza suv va sof havodan olinadigan yaxshi, toza qondadir. Bu moddalar qon aylanish tizimi orqali faol ravishda butun tana bo’ylab tarqatib berilishi kerak. Salomatlik, kuch-quvvat va bardoshlilikning ko’pligi muvaffaqiyatning eng yaxshi isbotidir.
Organizam o’z-o’zini tiklash va davolash xususiyatiga ega. Qayerda hayot bo’lsa, o’sha yerda umid ham bor. O’z jismoniy holatingiz tufayli sarosimaga tushmang. Ona tabiat bilan qon aylanish tizimini qayta tiklang. Yangi qon aylanish tizimi orqali esa sog’lom yurakni vujudga keltirish mumkin. Buning uchun siz elastik, qayishqoq va toza tomirlarga ega bo’lishingiz kerak.
Siz necha yil yashashingizning ahamiyati yo’q. Sizning arteriya va qoningiz tozaligi muhum. Siz o’z «umr soati»ngizni boshqara olishingiz mumkin. Ana o’shanda allaqachonlar aytib o’tilgan bashoratni amalga oshirishingiz mumkin bo’ladi. «Insonning umri 120 yilni tashkil etishi kerak».
Qarimaslik sirlari va mustahkam sog’lik
Nega insonlar qariydi? Qarilik sira majburiy emas, har holda biz o’ylaganchalik muqarrarmas. Itoatkorlik bilan qarishning o’rniga… E’tiroz! Yangilanish! Siz vaqtga qarshi chiqishingiz mumkin. 60 yoshingizda qushning ko’zi kabi yorqin ko’zlarga ega bo’lib, hayot quvonchini taratib turing. 70 yoshingizda – quyosh nurlari bilan to’ldirilgan bo’lishingiz mumkin. 80 yoshda esa – o’z yoshingizni boylik sifatida olib yurishingiz mumkin.
Kim biladi deysiz, balki siz ikkinchi Zora Arxaga aylanishingiz ham mumkindir!
Siz umr chorrahasiga turib qolasiz. Faqatgina bevaqt o’limga olib keluvchi eng oson yo’lni tanlaysizmi yoki hayot dasturini qabul qilib, salomatlikning yorqin qirralariga yo’l olasizmi?
Agar siz uzoq umr ko’rishni istasangiz, to’g’ri hayot tarzi bilan yashashni bugunoq boshlang.
Nega inson kun sayin yosharmaydi? Agar xohish bo’lsa, quvvat ham bo’ladi. Insonda zabardast yurak va kuchli qon aylanish tizimi yaxshi ishlasa, to’g’ri ovqatlanish va jismoniy faollikka rioya qilsa, erta qarishning oldini oladi.
Salomatlik va baxt. Bu tushunchalar bir-biridan ajralmasdir. Yaxshi salomatlikning egasi bo’lish – bu yuksak baxtiyorlik hissi, insonni xursandchilik bilan «Men bugun o’zimni juda ajoyib his qilyapman!» deyishga undaydigan tuyg’uning egasi bo’lishdir.
Barchamizning hayotdan maqsadimiz baxtga yetishishdir. Biroq, mustahkam salomatlikgina bizni baxt sari yetaklay oladi!
Sog’liksiz baxt ham bo’lmaydi. Sog’lom bo’lgan yer haydovchi hayotni xasta va quvvatsiz bo’lgan millionerdan ko’ra ko’proq sevadi. Yaxshi sog’lik baxtga yetishish yo’lidagi eng asosiy omildir.
Sog’ tanda – sog’lom aql
Sog’ tana sog’lom aqlni vujudga keltiradi. Biroq aksi bo’lmaydi. Sog’ aql sog’lom tanani vujudga keltirmaydi. Agar aql tananing ustidan g’alaba qozona olganda juda yaxshi bo’lar edi. Biroq, afsuski unday emas. Tana aqlga odatda aql tanaga bo’lgan ta’siridan ko’ra ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Sog’lom odam kamdan-kam baxtsiz bo’ladi. Lekin kasal odamning hyotdan quvonib yashashi dargumon.
Hayotdan yuqori darajada lazzatlanib yashash uchun ishni tanadan boshlash kerak. Dunyodagi eng katta boylik, y’ani salomatlikni qo’lga kiritish uchun kuchli va baquvvat yurak hosil qilish zarur!
Shu sababli to’g’ri ovqatlanish va jismoniy faollik tashabbuskori bo’lish kerak. Bizning baxtimiz o’z tanamizga bo’lgan g’amxo’rlikka chambarchas bog’liq. Aql g’alabasi tana uyg’unligi orqali namoyon bo’ladi. Aql oydinligi jismoniy asosdan tashkil topadi va tirik to’qimalar tozaligi bilan salomatlikning yuqori darajalariga ko’tariladi.
Kelinglar, barcha tashabbuslar salomatlikka bog’liqligi sababli uni turmushimizning eng asosiy g’amxo’rligiga aylantiraylik.
Pol Breegg «Yurak» nomli kitobidan.