Qomatning go’zalligi va o’z qadrini bilish

Qomatni chiroyli saqlash usullari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda uzoq umr ko’rishning asosiy shartlari va inson tanasidagi qonning tanadagi o’rni haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, qomatni chiroyli va go’zal saqlash, qomatni chiroyli saqlaydigan mashqlar, mushaklarning ahamiyati haqida bo’ladi.

Belingiz – bu sizning hayotingiz

Agar sizda ortiqcha vazn bo’lsa, siz organizmingizda qarilik hujayralari yig’ilib qolishiga imkon berib, qarilik bilan o’ynashyapsiz. Siz kasalliklar bilan o’ynashyapsiz va bu uchun jazo olishga tayyor turing.

Qomatni yosh saqlab turish uchun har bir kishi o’z salomatligi uchun g’amxo’rlik ko’rsatishi kerak. Ortiqcha vaznda jismoniy harakatni kuchaytirish yoki iste’mol qilinayotgan ovqat miqdorini kamaytirish yoxud ikkovini bir vaqtda bajarish mumkin.

To’g’ri ovqatlanib, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanilsa, faqatgina o’zingizga xos bo’lgan tabiiy, normal vaznga yetishishingiz va uni saqlab qolishingiz mumkin. Bel va son doiralarini hadeb o’lchayvermasangiz ham bo’ladi. Hayotda tabiiy, o’zingizning shaxsiy normal vazningizni topa bilishingiz muhimdir.

O’zingizni «Yillar o’tgan sari odamlar semiradi», degan fikr bilan ovutmang. Agar siz bu xatoni qilib qo’ysangiz, qarilik ancha ilgari qadam bosadi. Kasalliklar yoki bevaqt o’lim sizning ustingizdan g’alaba qozonadi.

Ortiqcha to’lalik – ashaddiy dushmandir. U tundagi o’g’ri kabi shovqin-suron va ogohlantirishlarsiz tez-tez kelib turadi. Ba’zida siz xatarni kech payqaysiz. Biroq kurashish kerak! Balki hayotingiz shunga bog’liqdir.

Qomatning go'zalligi va o'z qadrini bilish

Qomatni chiroyli va go’zal saqlash

Semiz shaklsiz qomat nafaqat salomatlikni izdan chiqaradi, balki u sizni o’z qadringizni bilish tuyg’usidan mahrum qilishi mumkin. Tanadan uyalish emas, balki g’ururlanish kerak.

Sog’lom taom tanaga qanchalik zarur bo’lsa, o’z qadrini bilish tuyg’usi ma’naviy hayotga ham shunchalik zarurdir. Agar siz quvvatli, yosh, g’ayrat, o’t va ishtiyoqqa to’la bo’lishni istasangiz, o’z qomatingizni asrang hamda o’z qadrini bilish tuyg’usini yo’qotmang!

O’z tanangizni haykaltarosh haykal yasashi yoki rassom surat chizgani kabi barpo eting. Bu sizda bor eng yaxshi narsalar ifodasi bo’lishi kerak.

Qomatingizning chiroyli va go’zalligini saqlang. Bu uchun siz jismoniy faollikka va to’g’ri ovqatlanishga harakat qiling. O’zingizda ishtiyoq va iroda bo’lsa, ortiqcha yog’lar sizning tanangizda ushlanib qolmaydi.

Qomatning go'zalligi va o'z qadrini bilish

Kundalik mashqlar

Dangasalik – zararli odat. Ko’p vaqt o’tirishning salomatlikka zarari bor. Siz faol jismoniy harakat uchun kuniga 2-3 soat vaqt ajratishingiz kerak. Eng osoni – tez piyoda yurish, o’nqir-cho’nqir yo’l bo’lsa, maqsadga muvofiq. Tog’larga tirmashib chiqish esa yurakning salomatligini saqlashda eng yaxshi mashqdir.

Har kuni yugurish, sayr qilish, velosiped minish, suzish va tennis bilan shug’ullanib turish kerak.

Jismoniy mashqlar insonga aterosklerozdan omon qolish va kislorodga boy qon oqimini yurak hamda tana bo’ylab ko’paytirish imkonini beruvchi eng asosiy omildir.

Qomatning go'zalligi va o'z qadrini bilish

Mushaklarning ahamiyati

Inson tug’ilishidan to umrining oxirigacha tanasidagi 600 ta mushak juda katta ahamiyatga ega. Mushaklar butun tananing yarmidan ko’prog’ini tashkil etadi. Ularning katta qismi ko’rinmaydi. 9 metrli oshqozon-ichak trakti atrofidagi mushaklar ovqatni surib turish uchun xizmat qiladi. O’pkani normal ravishda ishlatish uchun baquvvat mushaklar zarur.

Ammo tanadagi eng ahamiyatli mushak – bu yurakdir. Aynan yurak qolgan 600 mushakni oziqlantirib, qonni haydaydi. Mana shu 600 ta mushakdan qanchalik ko’pi harakatda bo’lsa, sizning yuragingiz va qon aylanish tizimi shunchalik yaxshi bo’ladi. Bu esa jismoniy holatingiz hamda salomatligingizni yaxshilaydi.

Jadal suratdagi sayr jismoniy harakatning eng zo’r shaklidir. Sizning ichki a’zolaringiz sog’lom bo’lishini istasangiz, piyoda yuring.

Pol Breegg «Yurak» nomli kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: