Sumalak va uning foydali xususiyatlari

Sumalakning foydali xususiyatlari va zarari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda baqlajondan turli salat va taomlar tayyorlash, tort pishirishning 4 usuli hamda salat tayyorlashning har xil turlari haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, bahorgi tansiq taom, sumalakning foydali xususiyatlari, tarkibidagi vitaminlarning inson hayotidagi roli va shu bilan birga zarari haqida bo’ladi.

Ovqatlar bo’limiga QAYTISH

Sumalak qanday taom va uning tarkibi nimalardan iborat

Sumalak degani – bu jon sharbati, tan quvvati deganidir.

Sumalak – bahorning servitamin, hayotbaxsh, tabarruk taomi. Qishdan chiqib, bahorning «ilikuzildi» paytlarida qonimizni tozalab, jismimizni kuch-quvvatga to’ldiradi, sihat-salomatligimizni tiklaydi.

Olimlarning ta’kidlashicha, o’stirilgan bug’doy tarkibida darmondorilar miqdori 1,5- 13,5 marta oshib, tabiiy antibiotiklar, o’sishni ta’minlovchi moddalarning to’planishi kuchayadi. Bug’doyning o’simtasi asosan uglevod va oqsildan iboratdir. Uning tarkibida har xil vitaminlar bilan birga organizmga juda zarur bo’lgan C vitamini mavjud.

Sumalak va uning foydali xususiyatlari

1936 yilda nemis olimlari Emerson va Evans bug’doy tarkibini tekshirib ko’rib, «tokoferol» degan modda borligini aniqlashgan. Bu modda jenshen tarkibida uchraydigan E vitaminining o’zginasi ekanini tasdiqlashgan. U erkaklarni naslsizlik kasalidan, ayollarni esa bevaqt bola tashlash ofatidan saqlaydi.

Shifokor olimlarning ma’lumotlariga ko’ra, sumalak gipertoniya, surunkali gepatit kasalliklariga yaxshi davo bo’ladi. U qon tarkibini yaxshilaydi, tomirlar torayganida qonni suyultiradi, oshqozon-ichak yo’llarini tozalaydi, asabni tinchlantirib, uxlatadi.

Taniqli olimimiz K. Mahmudov «Sumalak pishirilgan kuni, boshqa ovqat yemay, yolg’iz shi taom bilan 2 kungacha parhez qilmoq darkor. Agar boshqa taomlar yeb, spirtli ichimliklar ichilsa, sumalakning shifoligi yo’qolib, kishini og’ir dardlarga mubtalo qilishi mumkin» deb ta’kidlaganlar.

Sumalak va uning foydali xususiyatlari

Sumalakning shifo va foydali xususiyatlari

  • Sumalak jizzali non, ko’k choy, meva qaynatmalari bilan birga yeyilsa, to’yimliroq bo’lib, kishi asabiga ijobiy ta’sir qiladi.
  • Homilador ayollar, ayniqsa, qabziyatga duchor bo’lganlari, emizikli onalar meva qaynatmalari bilan birga yeyishsa, nafi ijobiy bo’ladi. Ularning ichlari ravonlashib, ona suti miqdori ma’lum darajada ortadi.
  • Sumalak oshqozon- ichak kasalliklariga yo’liqqanlarga betoblik turiga ko’ra turlicha qabul qilinishi mumkin. Oshqozon shirasi me’yorida va sustroq bo’lganlari yaxshi qabul qiladilar.
Sumalak va uning foydali xususiyatlari

Sumalakning salbiy ta’sirligi

  • Me’da va o’n ikki barmoq ichak kasalliklari, surunkali gastrit xurujlarida, jig’ildon qaynashi kuchaygan davrda sumalak iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi.
  • Safro yig’ilib qolganda, jigar-o’t yo’li betobliklarida sumalak salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin.
  • Sumalak naqadar tansiq taom bo’lmasin, uni har bir kishi tanasi talab etgan, uni aziyatsiz qabul qilishga qurbi yetgandagina iste’mol qilishi kerak.

Safar Muhammad «Bahoriy shifobaxsh nematlar» kitobidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: