Tortlar retsepti va kerakli masalliqlar

Ширин тортлар рецепти

Oldingi maqolalarimizda parhezli sutli sho’rva tayyorlash, tort pishirishning 4 usuli, hamda turli tortlar tayyorlash yo’llari haqida gaplashdik. Bugungi mavzumiz tortlar retsepti va kerakli masalliqlar hakida bo’ladi.

”O’rmon” torti

Kerakli masalliqlar: 2 ta tuxum, 1 stakan shakar, 100gr sariyor, 2 osh qoshiq asal, 1 choy qoshiq soda, 4-5 stakan un.

 Tayyorlanishi:

  1. Tuxum shakar bilan ko’pirtiriladi, eritilgan sariyog’ va eritilgan asalni ham qo’shib yaxshilab aralashtirib past olovga qo’yiladi va to’xtatmasdan aralashtiriladi. Masalliq qaynashiga yaqin 3-4 baravar ko’tarilishi uchun idish chetlariga soda sepiladi. So’ng un qo’shiladi.
  2. Tayyor bo’lgan maxsulotni olti bo’lakka bo’lamiz va 200 S darajada pishirib olamiz. Pishgan xamirlarni chetlari tekis bo’lishi uchun likopcha yordamida tekis qilib kesib olamiz va sovutishga qo’yiladi. So’ng ularga tayyor kremni surtib yong’oq sepib chiqamiz. Tayyor tortimizni kremi o’ziga singunga qadar 12 soatga olib qo’yamiz.

Kremi: quyultirilgan sutni maydalangan yong’oq bilan aralashtiramiz. Va tortimizni bezatamiz. Yoqimli ishtaxa!

«Sevgi» tortlar retsepti

Biskvit xamiri uchun:

5 ta tuxum sarig’i, 150 gr shakar, 1 chimdim tuz, limon sedrasi, 140 gr un; 60 gr maydalangan bodom mag’zi, 5 ta tuxum.

Nachinkasi uchun: 20 gr jelatin, 120 ml uzum sharbati, 80 gr shakar, ozgina limon sharbati, 850 ml qaymoq.

 Bezak uchun: 150 gr qovurilgan bodom bo’laklari, 100 gr qand upasi, 200 gr marsipan massasi, tortlar uchun qizil va yashil maxsus buyoq.

Tayyorlanishi:

  1. Tuxum sarig’ini 100 gr shakar, tuz va un bilan aralashtiring. Limon sedrasi, bodomni ham qo’shing. Tuxum oqi bilan shakarni ko’pirtirib ko’shing-da, yumshoq xamir qoring. Gaz pechini 180 darajaga qizdiring.
  2. Qolipga qog’oz to’shab xamirni joylashtiring, 35 daqiqa davomida pishiring. So’ng gaz pechidan olib sovuting. Nachinka uchun jelatinni suv bug’ida eritib oling. Uzum sharbati, shakar, limon sharbati bilan isitib jelatinni qo’shingda, sovishga qo’ying. Qaymoqni ko’pirtirib sovitilgan aralashmaga qo’shing.
  3. Biskvitni 3 ta korjga bo’lgach, nachinkani surib, chetiga halqa qo’yingda, 2 soatga muzlatkichga qo’ying. So’ng halqani olib yonlariga krem suring, bodom bo’lakchalarini yopishtirib chiqing.
  4. Marsipan massasini qand upasi bilan aralashtiring, 1/2 kismiga yashil, kolganiga qizil bo’yoq qo’shing. Marsipan massani tayyorlash uchun 200 gr tuyilgan bodom, 200 gr qand upasi, 1 ta tuxum oqi va bir necha tomchi limon sharbatini mikserda aralashtirish kerak. Qizilidan yurakcha va atirgullar, yashilidan yaproklar yasang.
Shirin tortlar retseptlari

«Slavyanka” torti

Kerakli masalliqlar:

6 ta tuxum, 150 gr shakar, 150 gr un, 30 gr kraxmal, ozgina xolva.

Tayyorlanishi: Suyuq ko’pik hosil bo’lguncha tuxum bilan shakarni aralashtirib, kraxmal va un qo’shib xamir qoring. Uni 3 qismga bo’lib, xar bittasini kuymaydigan kogozga yoyib, 200 S xaroratda 10 minut davomida pishiring. Sovugach, chekkalarini kesib, orasiga krem surting. Ortgan bo’lakchalarini kirg’ichda qirib, xolva bilan aralashtiring va tort sirtiga seping.

Kremiga: 170 gr quyultirilgan sutga 70 gr suv qo’shib, qaynagunicha olovga qo’ying, obdon ko’pirtirilgan 3 ta tuxum sarig’ini asta quying-da, aralashtiring va quyulguncha pishiring. Soviganda 280 gr sariyog’ni ko’pirtirib, 60 gr qirg’ichdan o’tkazilgan xolva qo’shing, vanilinni ham unutmang. Tayyor krem tortga surtiladi.

Rating
( 3 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: