Oldingi maqolalarimizda meda kasalliklari, meda yarasi va behuzurlikni davolash hamda birinchi tibbiy tez yordam ko’rsatish turlari haqida gaplashdik. Bugun esa, suyak chiqishi, ya’ni bo’g’im ichidagi suyak uchlarining o’rnidan ko’chishi haqida gaplashamiz. Tug’ma va turmushda orttirilgan suyak chiqishi farq qilinadi. Keyingisi o’z navbatida shikastlangan va kasallik oqibatidagi suyak chikishiga bo’linadi.
Son suyagining tug’ma chiqishi bir muncha keng tarkalgan, elka, tirsak bugimlari chikishi ko’proq, tizza, barmoq, jag’ chiqishi kamroq uchraydi. Belgisi suyak chiqqan joy qattiq ogrib, bug’im shakli o’zgarib qoladi va shu azo harakatlana olmaydi yoki harakati qiyinlashadi.
Suyagi chiqqan kishi tezda yoki ko’pi bilan ikki kun davomida vrach yoki feldsherga soldirishi kerak(mutahassis bo’lmagan kishiga soldirish hatarli, chunki har hil asoratlarga sabab bo’lishi mumkin). Agar shu muddatdan o’tkazib yuborilsa, operasiya qilib solishga to’gri keladi.
Suyak chiqqanda chiqqan bugimga vrach kelgunicha (dastlabki soatlarda) sovuq narsa qilish (isituvchi kompress mutlaqo mumkin emas), shikastlangan qo’l yoki oyoqni qimirlamaydigan qilib bog’lash yoki tahtakachlash, jarohatlangan, tirnalgan joylari bo’lsa, steril bog’lam qulish lozim.
Tug’ma suyak chiqishi
Tug’ma Suyak chiqishi ona qornidagi xomilaning biror sabab bilan noto’g’ri rivojlanishi, bo’g’im yuzalarining nomutanosibligi oqibatida ro’y beradi. Ko’pincha son suyagi boshchasi, bazan tizza qopqog’i chiqadi. Son suyagining tug’ma chiqishi qiz bolalarda ko’proq uchraydi. Bazi odamlar son suyagi chaqaloqining tug’ilish vaqtida oyog’idan tortib yuborilganligi sababli chiqib ketadi deb noto’g’ri o’ylaydilar.
Son suyagi chanoq son bo’g’imining kasalligi tufayli xomila hali ona qornidaligidayoq chiqib bo’ladi. Shuning uchun yangi tug’ilgan chaqaloqda travmatik suyak chiqishida uchraydigan og’riq va shish kuzatilmaydi, bola bezovtalanmaydi. Shu sababli son suyagining tug’ma chiqishini barvaqt aniqlash birmuncha mushkul, hali yurmagan chaqaloqlarda son teri burmalarining asimmetriyasi, oyoqlarni yahshi kera olmaslik, bir oyoqning kaltaligi, bo’ksalarda harakat vaqtida qirtillash singari belgilarga qarab diagnoz qo’yiladi.
Ultratovush tekshiruvi, rentgenografiya (3—4 oylikdan boshlab) kasallikni aniqlashga yordam beradi. Yurib ketgan bolalarda oqsoklanish, «o’rdaksimon» yurish Suyak chiqishi belgilaridir. 1,5—2 yoshgacha Suyak chiqishini operasiyasiz joyiga solish va bir necha oy davomida oyoqlarni kerib ushlash yo’li bilan davolanadi.
Kattaroq bolalarda son boshchasi operasiya qilib joiga tushiriladi. Chaqaloqlarning oyoqlarini birlashtirmasdan erkin yo’rg’aklash, oyoqlar orasini ochib ko’tarish son suyagi chiqishini kamaytirad