Inson jarohat olganida birinchi yordam qanday ko’rsatiladi? Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish turlari

тиббий биринчи ёрдам

Oldingi maqolalarimizda meda yarasi va behuzurlikni davolash, qandli diabet kasalligi turlari, belgilari hamda oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanganda birinchi yeordam ko’rsatish haqida gaplashdik. Bugun esa, tibbiy birinchi yordam turlari haqida gaplashamiz, yani baxtsiz xodisa ro’y berganda, kishi shikastlanganda yoki to’satdan kasal bo’lib qolganda birinchi yordam qanday ko’rsatilishi kerak. Uning hayotini saqlab qolish va yomon asorat qoldirmaslik uchun tibbiy xizmat xodimi yetib kelgunicha yo uni davolash muassasasiga olib borguncha ko’riladigan tez va oddiy tadbirlardir.

Tibbiy birinchi yordam o’z-o’ziga yoki boshqalar tomonidan ko’rsatilishi mumkin. Shikastlangan odam jarohatini o’zi boglay olsa. Biror sababga ko’ra ko’ngli bexuzur bo’lganda og’ziga barmog’ini tiqib qayt qilishga quvvati kelsa o’z-o’ziga birinchi yordam ko’rsatish, yordam boshqa kishilar tomonidan ko’rsatilsa, o’zaro birinchi yordam ko’rsatish deb ataladi.

Kishining hayoti xavf ostida qolganda, masalan, qon ketayotganda, zaharlanishda, odam suvga cho’kkanda, shok holatida, tok urgan va boshqa hollarda darxol birinchi yordam ko’rsatish zarur bo’ladi. Keyingi ko’rsatiladigan tibbiy yordam birinchi yordamning qanchalik to’gri ko’rsatilganiga bog’lik.

Masalan, suyak ochiq singanda boglov va shina (taxtakach)ning tez hamda to’gri qo’yilishi ko’pincha shok va boshqa ogir kasalliklarning oldini oladi. Va shikastlanib bexush yotgan kishini yonboshi bilan yotqizish traxeya va bronxlarga qusuq massasi hamda qon ketib qolmasligiga yordam beradi.

Birinchi yordam 3 xil tadbirlar guruhini o’z ichiga oladi.

  1.  Tashqi shikastlovchi omillar (elektr toki bosib qolgan, og’ir narsa va boshqalar)- ta’sirini darxol bartaraf etish yoki shikastlangan kishini noqulay sharoitdan xoli qilish (suvdan, o’t tushgan joydan olib chiqish va boshqalar).
  2. Shikastlanish xarakteriga qarab birinchi yordam qo’rsatish (suyak chiqishi, suyak sinishi, zaharlanishi hushdan ketish, jarohatlanish, kuyish va boshqalarda).
  3. Yaqin atrofdagi kasalxona, POLIKLINIKa feldsherlik punkti, xatto dorixonaga darxol murojaat kilish.

Odam to’satdan kasal bo’lib qolganida, turli xil baxtsiz xodisalar ro’y berganida (masalan, transportda, o’t tushganida va boshqalar) albatta tez yordam mashinasini chaqirish zarur. Chunki bunday hollarda kishining hayoti xavf ostida turgan bo’lishi mumkin. Noiloj qolgan hollardagina kasal yoki shikastlangan kishini duch kelgan transportda davolash muassasasiga olib borishga to’g’ri keladi.

Tibbiy muassasa yaqinroq bo’lsa, shikastlangan kishini ikki kishi  stulga o’tqazib yoki zambilda ko’tarib borsa ham bo’ladi. To’gri birinchi yordam ko’rsatish uchun doim tegishli bilim va malakani oshirib borish lozim. Ishxona, avtomashina va uydagi aptechkada birinchi yordam ko’rsatish uchun zarur bo’lgan hamma narsalar bo’lishi zarur.

Aptechka

Aptechka – birinchi tibbiy yordam ko’rsatishda asosan o’z o’ziga va o’zaro yordam berishda ishlatiladigan dori-darmonlar komplekti. Aptechka ishlatilish sharoitiga va qanday maqsadda ishlatilishiga qarab onalar va bolalar aptechkasi, kosmanavtlar aptechkasi, individual aptechka, shuningdek, birinchi yordam ko’rsatish universal aptechkasi kabi turlarga bo’linadi.

Tibbiy birinchi yordam ko’rsatish universal aptechkasi korxona, transport, poxod, dala va uyda birinchi yordam berish uchun xizmat qiladi. Unda og’riq qoldiruvchi dorilar, yallig’lanishga qarshi dorilar amidopirin, analgin, atsetilsalitsilat kislota. Tinchlantiruvchi dorilar, valeriana nastoykasi.

Balg’am ko’chiruvchi dorilar yo’talga qarshi tabletka. Me’da-ichak kasalliklari dorilari, natriy bikarbonat, ichimlik sodasi, ichakda to’plangan yelni shimuvchi aktivlashtirilgan ko’mir. Yurak soxasida og’riq  paydo bo’lganda ichiladigan validol tabletkasi. Xushdan ketganda hidlatiladigan ammiak eritmasi nashatir spirti.

Yaralarni yuvish uchun kaliy permanganatning pushti rangli eritmasi. Og’iz va tomoq shilliq pardasi zararlanganda chayish uchun 1 stakan suvga 1 choyqoshiq borat kislota. Ushbu tayyorlangan borat kislota eritmasi va kaliy permanganatning pushti rangli eritmasi. Tirnalgan joylarga va yaralar atrofiga surtish uchun ishlatiladigan antiseptik moddalar yodning spirtdagi eritmasi. Terini dezinfektsiyalash va yumshatish uchun qo’llaniladigan bor vazelini bo’ladi.

boglov vositalari

Bundan tashkari, boglov vositalari – boglov paketi, sterillangan bint, sterillangan paxta, Bakteritsid malxam, rezina, qon ketishini vaqtida to’xtatib turish uchun ishlatiladigan rezina jgut. Qo’l-oyoq suyagi singanda va chiqqanda qo’yiladigan shina, tana haroratini o’lchash uchun termometr, dori ichiladigan stakancha, ko’zni yuvish uchun tutiladigan vannacha ham bo’ladi.

Onalar va bolalar aptechkasida emadigan bolalarni parvarish qilish uchun kerak bo’ladigan narsalar.So’rgich pustishka, kilizma uchun   ishlatiladigan yumshoq uchli sprintsovka, ko’z pipetkasi, suv harorati o’lchanadigan termometr. Tana harorati o’lchanadigan termometr, gubka, polietilen plyonka, doka, bolalar sovuni, antiseptik moddalar.

Yodning spirtdagi eritmasi, kaliy permanganat poroshogi, borat kislota poroshogi. Bog’lov materiallari sterillangan bint, sterillangan paxta, bakteritsid malxam shuningdek, vazelin moyi. Yumshatuvchi dori bolalar kremi, teri burmalariga sepiladigan bolalar prisipkasi bo’ladi.

Individual aptechka yadro va kimyoviy qurollardan shikastlanganda shikastlovchi faktorlar ta’siridan saqlash. Yoki ta’sirini kamaytirishda, shuningdek, yuqumli kasalliklarning oldini olishda, o’z-o’ziga va bir-biriga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan.

Individual aptechka maxsus siqmalar va panellarga solib, plastmassa quticha xonachalariga joylangan turli dori-darmonlar. Og’riq qoldiradigan, radiatsiyadan, kimyoviy va bakteriaologik qurollardan himoya qiladigan va boshqa komplektidan iborat.

Og’riq qoldiradigan dorilar maxsus shprits sikmaga solingan quti ogriq bilan kechadigan suyak sinishi jarohatlanish va kuyganda shok ro’y bermasligining oldini olish maqsadida ishlatiladi. Fosfororganik zaharlovchi moddalardan zaharlanishning oldini oluvchi dori ”Kimyoviy hujum» signali berilganda qabul qilinadi.(1-2 tabletka) Va ayni paytda protivogaz ham kiyiladi. Keyingi ichiladigan dori tabletkasi 5-6 soat o’tgach qabul qilinadi.

Bakteriyaga qarshi

Bakteriyaga qarshi ichiladigan 2-sonli dori me’da-ichak faoliyati buzilganda qabul qilinadi. Birinchi sutkada bir yo’la 7 tabletka, keyingi ikki sutkada 4 tabletkadan ichiladi. Radiatsiyadan himoya qiluvchi 1-sonli dori radiatsiya xavfi tug’ilganda bir yo’la 6 tabletka, bu xavf qaytarilganda yana 6 tabletka ichiladi.

Bakteriyaga qarshi ichiladigan 1-sonli dori bakteriya yuqishi xavfi tug’ilganda, yuqumli kasalliklarning birinchi alomatlari paydo bo’lganda, shuningdek, jarohatlangan va kuyganda qabul qilinadi. Dastlab bir penaldagisi (5 tabletka) suv bilan ichiladi, 6 soat o’tgach, ikkinchi paneldagisi (5 tabletka) iste’mol qilinadi.

Radiatsiyadan himoya qiluvchi 2-sonli dori radioaktiv cho’kindilar tushganidan keyin (ayniqsa, konservalanmagan sutni ovqatga ishlatishga kelgan hollarda) ichiladi. Asosan bolalarga kuniga 1 tabletkadan 10 kun ichirish kerak. Qusishga qarshi ichiladigan dori nur tekkan zahoti (1 tabletka) va bosh shikastlanib, ko’ngil ayniganda ichish tavsiya etiladi.

Shuni nazarda tutish kerakki, yuqorida aytib o’tilgan og’riq qoldiradigan va radiatsiyadan himoyalaydigan 2-sonli dorilardan (bular to’la ulushda beriladi) tashqari barcha dorilarni. 8 yoshgacha bo’lgan bolalarga tabletkaning 1/4 bo’lagini, 8 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarga 1/2 bo’lagini ichirish lozim.

«Birinchi tez yordam» kitobidan:
Tuzuvchilar: Yu Tolipov; Z Xamdamova;
Muxarrir: A Xamro qizi
Taqrizchi:
Toxir Ibragimov
tibbiyot fanlar doktori, professor

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: