O-harfiga oid tushlar ta’birlari harflar bo’yicha -15

O-harfi bo'yicha tushlar ta'birlari

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimiz N harfi, M harfi va L harfiga oid tushlar ta’birlari haqida bo’ldi, bugungi mavzumiz, O-harfiga oid tushlar ta’birlari, tushda oy ko’rsa, oyna, olma, orol, olov, oltin ko’rsa nima bo’ladi, shu va boshqa tushlarga izoh beramiz.

Tabiiy ne’matlarga oid tushlar ta’birlari

Oy – hamma hurmat qilsa ham, aslida soxta olim bo’lgan kishiga ishora. Bo’ydoq yigit oy ko’rishi, baxtini uchratishidan dalolat.

Homilador ayol tushida oy ko’rsa, farzandi iqtidorli olim, saxovatli inson bo’lishiga ishora. Tushda oy yo’qolganini ko’rish, qulay fursatni boy berganini bildiradi. Quyosh va oy boshida porlab turganini ko’rish ota-onasi undan rozi ekanligini bildiradi.

Olma – xushsurat, xushmuomala, mehribon kishilarga ishora. Olma farzand, umr yo’ldosh, qarindosh, yaxshi qo’shni, qadr-qimmat, niyatlari ijobat bo’lishini bildiradi. Olma hidlaganini ko’rsa, tez kunlarda to’yi bo’lishini bildiradi.

Ayol kishi tushda olma yesa, farzandli bo’ladi.

Olma daraxti – vafodor,diyonatli, hamma uchun yordamga shoshiluvchi odamga ishora. Mehnat qilish, halol pul topish, yaqinlari bilan baxtli hayot kechirish, serfarzand bo’lish alomatidir.

Olmos – tushda olmos ko’rish yaxshilikka ta’bir qilinmaydi. Do’stlar orasiga nizo soluvchi kishi, oiladagi kelishmovchilik, aka-ukalar yuz ko’rmas bo’lib ketishi, umidsizlik, afsuslanish, ishining yurishmasligi, sirlari oshkor bo’lishi, soxta do’stni bildiradi.

Olov – tushda olov ko’rish gunohkor ekanligi bilan ta’birlanadi. Javobsiz sevgi, yong’in chiqishi, qo’rquv, boylikka ham ishora. Tushda hovuchida olov ko’rish, o’ngda ko’p pul topishga ishora.

Olxo’ri daraxti– tushda olxo’ri daraxtini ko’rish, qattiqqo’l, lekin yaxshilik qilishdan qochmaydigan kimsaga ishora. Shiningdek, badavlat bo’lish, bo’ydoq bo’lsa, yaxshi umr yo’ldoshni uchratishni bildiradi.

Olcha – notinchlik, badqovoq, qo’rs badavlat kishiga, noxush hodisa, xursandchilik, salomatligi yaxshilanishi, ishidan ayrilish, qonli janjalga ishora. Olchaning yashili, sarig’i, qizili xastalikni bildiradi. Olcha yaxshilikka ta’bir qilinmaydi.

Orol – agar tushda orol korsangiz, o’ngda yangi tanishlar orttirasiz.

Osmon – kimki tushida osmonni ko’rsa, o’ngida yuksak maqomga erishadi. Osmonga uchishni ko’rish olis va uzoq sayohat, ulkan baxt kutadi. Osmon odamga yaqinlashishini ko’rsa, Alloh taolo tomonidan yaqinlikka dalolat qiladi. Shuningdek, duo qiluvchi odamni bildiradi va duosi qabul qilinadi.

Oltin – tushda oltin ko’rish aldanish, g’am-anduhga qolish, noxushliklar, kasalliklar belgisi.

O-harfiga oid tushlar ta'birlari harflar bo'yicha -15

Insonlarga oid tushlar ta’birlari

Ota – tushda otani ko’rish baxt, muroddir. Tushda kishi otasini ko’rib, o’zi biron narsaga muhtoj bo’lsa, uning rizqi kutilmagan tomondan keladi. Ota-onani ko’rish qo’llab- quvvatlov, maslahat va himoyaga ehtiyoj sezayotganidan darak.

Qiz bola ota-onasini ko’rsa turmushga chiqishi va baxtli bo’lishidan darak.

Opa – tushda opasini ko’rish ayriliqqa ishora. Chunki qiz bola ota uyidan boshqa xonadonga kelin bo’lib ketadi. Erkak kishi opasini ko’rsa, uzoqdan mehmon kelishini bildiradi.

Bemor kishi tushida opasini ko’rsa, shifo topadi.

Ona – tushda onasini ko’rish yaxshilikka ishora. Onasi xafa holda bo’lsa, biror narsadan ogohlantirishdir. Tushda ona kulib tugan bo’lsa, xushxabardan darak. Onani xasta ko’rish, noxush xabarga ishora.

Onasi olamdan o’tgan kishi onasini ko’sa, uning rihiga tilovat o’qishi uchun ogohlantirish. Onasini jannatda ko’rsa, ona farzandidan rozi ekanini bildiradi.

Olim – tushda olim kishini ko’rish xushxabarga ishora. Shuningdek, mehnatkashligi, rostgo’yligi, xushmuomalaligi bilan shuhrat topadi. Tushda olim odamga duch kelishi va undan duo olishi ishlarida omad kulib boqishi va hurmat topishini bildiradi.

Orkestr – yaxshilikka ta’bir qilinmaydi. G’am-tashvish, ayriliq, oilaviy nizo, qarg’ish olish, tushunmovchilik, yuksak martaba, yangi ish boshlash, janozani bildiradi.

Ovchi – ikkiyuzlamachi makkor odamga ishora. Sabr-matonat, qiyinchilik bilan qo’lga kiritilgan davlatni bildiradi. Ayol kishi tushida ovchi ko’rsa, va’daboz, xiyonatkor, aldoqchi erkakka duch kelishiga ishora.

Tushda ovchi bilan yurish noxush voqeadah darak.

Odam – tushda qashshoq odamni ko’rish ko’ngilsizlik ro’y berishidan darak. Tushda badavlat odamni ko’rish bekamu-ko’st hayot kechirishdan dalolat.

Oyoq – tushda oyog’i singani yoki tilinganini ko’rish davlatining yarmidan ayrilishiga dalolat. Kishi oyog’i chiroyli ekanini ko’rish ikki dunyo saodatiga erishishiga ishora.

Tushda oyoqlari temirdan bo’lsa, uzoq umr sohibi va badavlat kishi ekanligidan dalolat.

Oyoq soni – mol-davlat, umr yo’ldosh, to’y-tomosha, merosga ega bo’lish, yuksak martaba, xastalik, ayriliq, mashaqqatli ishning uddasidan chiqish, uzoq-umr, oilaviy baxtni bildiradi.

Oila – tushda o’zini oila a’zolari bilan birga ko’rish xursandchilik, mol-davlatga ega bo’lish, daromadli ish topish, baxtli taqdir egasi bo’lishi ta’bir qilinadi.

Osh qilish – kim tushida osh qilsa, umri uzoq bo’ladi.

O-harfiga oid tushlar ta'birlari harflar bo'yicha -15

O-harfiga oid tushlar ta’birlari insonlarga tegishli

Oshpaz – bozor oshpzini ko’rish foydali ishlarga tashabbus bilan chiqishdir. Uylanayotgan kishi tushida oshpazni ko’rsa, yaxshilik alomatidir. Oshpaz ko’rish xursadchilikka ham ishoradir.

Oftobda toblanish – tushda oftobda toblanayotgan bo’lsangiz, o’ngda tashvishlaringiz ortda qolganiga ishora.

Ochlik -tushda och qolib biron narsa topib yesangiz, o’ngda voqelik siz uchun yaxshi tomonga o’zgaradi. Mamlakat och qolganini ko’rish umr davomida omad, baxt yor bo’lishini bildiradi.

Tushda qattiq och qolish oshqozon kasaliga chalinishni bildiradi.

Oh urish – Tushda oh ursangiz, o’ngda kutmagan odamingiz bilan uchrashasiz yoki biron narsadan hayratga tushasiz.

Olomon – olomonni ko’rish janjalli holatdan darak.

Omadsizlik – tushda omadsizlikka uchrab xafa bo’lish kasallikka ishora. Omadsizlikka uchrab xafa bo’lmaslik salomatlik va kelgusida omad kelishidir.

Ombir – kimki tushida ombir ko’rsa, o’ngida jamoat o’rtasida ham , oilasida ham mavqei mustahkamlanadi. Ombir qiyinchilik va gap so’zlarga sabrli odamga dalolatdir.

Oli Imron surasi – tushda Oli Imron surasini o’qish yo eshitish daromadiga baraka kirishi, safarga chiqish, farzand, ulug’ martabaga erishish, yaxshi kunlari boshlanishiga ishora.

Oyna – yashirin sirning oshkor bo’lishi, lobar xotin, sevishganlar visolga yetishishi, xushxabarni bildiradi.

Homilador ayol tushida oyna ko’rishi qiz farzand ko’rishiga ishora. Kir oynaga qarash qayg’u-alamni bildiradi. Toza yarqiragan oynani ko’rish tez kunlar ichida tashvishlardan xalos bo’lib, osuda hayot kechirishga ishora.

Ombor – tushda don to’la omborga kirish o’ngdagi boylik orttirish, meros olish va ishlarining rivojlanishiga dalolat. Bemor kishi ombor ko’rsa, sog’ayib ketadi. Bo’ydoqlar bunday tush ko’rsalar tez orada baxtlari ochiladi va osoyishta hayot kechiradi. Bo’sh omborni ko’rish qashshoqlik va kasallik belgisidir.

Jonivorlarga oid tushlar ta’birlari

O-harfiga oid tushlar ta'birlari harflar bo'yicha -15

Oq chumoli – u qo’shni, xodim yoki o’g’ridir.

Oqqush – tushda oqqush uchib yurganini ko’rish o’ngda quvonchli xabar, qizlar bilan do’stlashuvga ishora.

Olaqarg’a – u tushda o’ziga bino qo’ygan, baxil kishidir. Kim qarg’ani ovlasa, xarom molga erishadi. agar qarg’ani ekinzor yoki dalada ko’rsa, u barakasizlikdir. Qarg’a sevishganlarning ayrilishidir.

Olmaxon – erkak tushida olmaxon ko’rsa, muhabbat bobida tushkunlikka tushadi. Qafas ichida ko’rsa, o’ngida kutilmagan quvonch sodir bo’ladi. Olmaxon yong’oq chaqayotgan bo’lsa, o’ngda erkakni baxtli oila kutadi.

Ot – Kim tushda ot ko’rsa, rizqining ko’pligi va dushmanlari ustidan g’olib kelishiga dalolat. Otga minsa, martaba va boylikka erishadi. Otlar hovlilar orasida egarsiz chopib yurganini ko’rish sel va yomg’irlardan darak.

Ot go’shtini yeyish kishilar ichida yaxshi nom qozonishga ishora. Otni so’yganligini ko’rsa, mol-quvvat va azizlikka erishadi. Ot tezagi ulug’ kishining mol-dunyosi deb ta’bir qilinadi.

Qora ot-xavf, tashvish; oq ot-ishonch, quvonch; qizg’ish ot-voqealarning tez kechishi va natijasi shubhali bo’lishini bildiradi.

Dildora Abdullayeva “Tushlar olami” kitobidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: