Baliqdan taom tayyorlashning 7 xil turi

Baliqdan taom tayyorlash usullari

Salom do’stlar, bugungi mavzu, baliqdan taom tayyorlash usullari: duxovkada baliq pishirish, qaynatib baliq pishirish, qovurib pishirish, cho’gda pishirish haqida bo’ladi.

Tirik, muzlatilgan va sovitilgan baliqlardan turli xil mazali va qaynoq taomlarni tayyorlash mumkin. Bu holatda taom tayyorlashning turli xil usullaridan qo’llaniladi: qaynatish, dimlash, qovurish va toblash kabi.

Ovqatlar bo’limiga qaytish

Qaynatilgan baliq

Kerakli masalliqlar: 750 gr baliq (osyotr, sevryuga, beluga), 1,5 suv. Tozalangan sabzavotlar: 50 gr piyoz, 50 gr petrushka ildizi, ziravorlar: tuyilmagan qora murch, lavr yaprog’i; 10 gr tuz, 750 gr garnir, va 250 gr sharob bilan tortilgan oq qayla.

Tayyorlanishi: Bo’laklarga bo’lingan baliq 3-5 daqiqaga qaynatilgan suvga solib, so’ng sovuq suvda chayiladi, po’stlog’i tangalaridan tozalanadi. Bu orada baliq sovib ulgurishi lozim. Keyin baliqni yana yuvib , idishga solib, ustidan qaynatilgan suv quyiladi. Ustiga to’g’ralgan piyoz va petrushka solinadi.

So’ng past olovda 30 daqiqa qaynatib, oxiriga 10 daqiqa qolganida tuyilgan qora murch, tuz, lavr yaprog’i solinadi. Tayyor bo’lgan baliq suvdan olib, bo’laklarga bo’linib maxsus idishlarga teriladi. Ustiga qayla quyib, petrushka bilan bezatiladi. Yoniga garnir qilib qaynatilgan kartoshka yoki kartoshka pyuresi qo’shiladi.

Baliqdan taom tayyorlashning 7 xil turi

Sutda pishirilgan baliq

Kerakli masalliqlar: 600 gr suyagi va terisi olingan baliq, 200 ml sut, 250 gr sholg’omsimon piyoz, tuyilmagan qora murch, ta,bga ko’ra murch, 750 gr garnir, petrushka ko’kati.

Tayyorlanishi: Tayyorlab olingan baliq bo’laklarini idishga solib, ustiga to’g’ralgan piyoz, tuz, qora murch sepiladi. Ustidan qaynatilgan sut quyib, 20 -30 daqiqa qaynatiladi. Tayyor bo’lgan baliqni qaynatmadan chiqarib, maxsus idishlarga teriladi. Yoniga garnir qo’yib, petrushka ko’kati bilan bezatiladi va dasturxonga tortiladi.

Garnir: qaynatilgan kartoshka, kartoshka pyuresi.

Baliqdan tayyorlangan palov

Kerakli mahsulotlar: 600 gr osyotr balig’i, 900 ml suv, 10 gr tuz, 500 gr guruch, 700 ml baliq sho’rvasi, 400 gr qizil piyoz, 150 gr o’simlik yog’i, tuz, petrushka, ukrop.

Baliqdan taom tayyorlash usullari:

Osyotr balig’i 3-5 daqiqaga qaynatilgan suvga solib, so’ng yuvib tozalanadi. Bo’laklarga bo’lib idishlga solinadi va ustidan qaynatilgan suv quyib tuzlanadi. Oxirida 15-20 daqiqa qaynatiladi

To’g’ralgan piyoz tovaga solib o’simlik yog’ida yaxshilab qovurib olinadi. Bir idishga haligi baliq pishgan sho’rvasidan solib, ichiga yuvilgan guruch, haligi qovurilgan piyoz, tuz qo’shib qaynatiladi. Pishgan guruch maxsus idishga suziladi va ustiga qaynatib pishirilgan baliq qo’yiladi. Mayda to’g’ralgan petrushka va ukrop bilan bezatilib dasturxonga tortiladi.

Dimlab pishirilgan baliq

Kerakli masalliqlar: 600 gr baliq lahm joyi, 200 ml sho’rva yoki suv, 150 gr sabzi, 30 gr petrushka, 20 gr seldr ildizi, 80 gr piyoz, 100 gr tomat pyuresi, 50 gr o’simlik yog’i, 2 choy qoshiq 3 foizlik sirka, 20 gr shakar, lavr bargi, tuyilmagan qora murch, tuz va 750 gr garnir.

Tayyorlanishi: Tayyorlab olingan baliq bo’laklarga bo’linib, idishga teriladi. Keyin sabzavotlar teriladi. Ustiga sho’rva yoki suv quyilib, o’simlik yog’i, tomat pyuresi solinadi. Qopqog’ini yopib, 50 daqiqa tayyor holga keguncha dimlanadi. Oxirida ziravorlar qo’shiladi.

Tayyor bo’lgan dimlangan baliqni tarelkalarga suzib, ustidan qaynatilgan qayla quyiladi va garnir bilan dasturxonga tortiladi.

Garnir: Qaynatilgan kartoshka, kartoshka pyure, sabzavotli ragu.

Baliqdan taom tayyorlashning 7 xil turi

Butunligicha qovurilgan baliq

Kerakli masalliqlar: 750 gr tozalangan baliq, 50 gr bug’doy uni, 50 gr o’simlik yog’i, tuyilgan qora murch, tuz, 750 gr garnir, 250 gr tomat qaylasi.

Tayyorlanishi: Tayyorlab olingan baliq yuvib, ustiga tuz, murch sepib unga aralashtiriladi. Tovada qizdirilgan yog’ga solib har ikki tomoni qovurib olinadi. So’ng duxovkaga qo’yib pishiriladi. Tayyor bo’lgan baliq duxovkadan olib maxsus idishga qo’yiladi va garnir bilan bezatiladi. Tomat qaylasi alohida yoki baliq bulan burga dasturxonga tortiladi.

Garnir: qovurilgan kartoshka, kartoshka pyure va qaynatilgan sabzavotlat.

Baliqdan taom tayyorlashning 7 xil turi

Qo’rada qovurib pishirilgan baliq

Kerakli mahsulotlar: 600 gr baliq, 30 gr margarin, 400 gr yangi pomidor, 100 gr piyoz, 100 gr ko’k piyoz, 1 dona limon, petrushka, tuyilgan murch, ta’bga ko’ra tuz.

Tayyorlanishi: Bo’laklarga bo’lingan baliq yuvilib, qaynatilgan suvda chayib 3-5 daqiqa qaynatib olinadi. Ustiga tuz bilan murch sepib sixlarga tortiladi. Baliqlar ustiga margarin surtib, qo’radagi olov ustida pishiriladi. Olovda pishib tayyor bo’lgan baliqlar likopchalarga solinadi. Ustiga pomidor bo’laklari va piyoz terib chiqiladi. Limon bo’laklari va petrushka ko’kati bilan bezatilib dasturxonga tortiladi.

Toblab (duxovkada) pishirilgan baliq

Kerakli masalliqlar: 1kg karp balig’i, 70 gr o’simlik yog’i, 150 gr piyoz, 2 bo’lak sarimsoq, 30 gr tomat pyuresi, 2 dona lavr yaprog’i, 5 dona qora murch, ta’bga ko’ra tuz va petrushka.

Tayyorlanishi: Karp balig’i yuvib-tozalab, boshi va qanotlari kesib olinadi. So’ng ichki va tashqi tomonidan tuzlab 30 daqiqa tindiriladi. Baliqni ustiga o’simlik yog’idan surtib, yarim tayyor holdagi piyoz, to’g’ralgan sarimsoq, tomat pyuresi, murch, tuz, lavr bargi solinadi. Baliq solingan tovani duxovkaga qo’yib, ustiga muntazam sharbat quyib turiladi.

Taom yanada mazali va iforli bo’lishi uchun 1 soatdan so’ng pishgan baliq ichidan sarimsoq bo’laklari olib tashlanadi. Pishgan baliq duxovkadan olib tarelkaga qo’yiladi. Ustidan tomatli yoki smetanali qayla quyib, mayda to’g’ralgan petrushka bilan bezatiladi va dasturxonga tortiladi.

«Pazandalik sirlari» ensiklopediyasidan.

Rating
( No ratings yet )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: