Salat tayyorlashning har xil turlari

Salat tayyorlash usullari, retseplar.

Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda suyuq taomlar tayyorlashning 6 turi, tort pishirishning 4 usuli, hamda tortlar retsepti va kerakli masalliqlar haqida gaplashdik, bugungi mavzu salat tayyorlash usullari, retseplar, tayyorlanish jarayoni haqida bo’ladi.

Salatlarning tarkibi asosan sabzavotlar va ko’katlardan iborat bo’ladi. Sabzabotlardan bodring, pomidor, rediska, karam, bulg’ori, sholg’om, turp, sabzi, baqlajon va boshqalar. Ko’katlardan ko’k piyoz, porey piyozi, petrushka, ukrop, kinza, seldrey, salat bargi, ismaloq, shovul, sarimsoq, estragon va shu kabilardir.

Bundan tashqari yana salatlarga go’sht mahsulotlarini, parranda go’shtlarini, baliq va dengiz mahsulotlaridan qo’shib ishlatish mumkin. Oldindan tayyorlangan salat (gazak) larni dasturxonga tortishdan oldin sovutgichga qo’yib bir soat tindirish lozim.

Ovqatlar bo’limiga QAYTISH

Ko’katli salat

Kerakli masalliqlar: 500 gr ko’k salat barglari, 100 gr ko’k piyoz, 100 gr smetana yoki qayla, 20 gr petrushka (ukrop) ko’katlari, 20 gr rediska yoki pomidor va tuz.

Tayyorlanishi: Salat barglari olib, yuvilib somoncha shaklida, ko’k piyoz esa maydalab to’graladi. Sabzavotlar ham mayda to’gralib hammasi bir idishda ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi. Salat idishlarga solinadi. Ustidan tuz sepib, smetana yoki salat qaylasidan quyiladi. Ukrop (shivit), petrushka ko’katlari albatta sepiladi. Dasturxonga tortayotganda ustini bezakli shaklda to’g’ralgan rediska yoki pomidor bilan bezatiladi.

Rediska bir oz nordon bo’lishi mumkin, shuning uchun uni 20 daqiqa muzdek suvda ushlab turish lozim.

Bodring bilan tayyorlanadigan ko’k salat

Kerakli masalliqlar: 200 gr ko’k salat barglari, 400 gr yangi bodring, 100 gr smetana, petrushka, ta’bga ko’ra tuz.

Salat tayyorlash usullari: Yuvib olingan salat barglari somoncha shaklda to’g’raladi. Bodringlar esa yupqa parrak shaklda to’g’raladi. So’ng salat idishga ustma-ust solib tuz sepiladi. Ustidan smetana quyilib, mayda to’g’ralgan petrushka ko’kati sepiladi. Keyin dasturxonga tortiladi.

Salat tayyorlashning har xil turlari

Bodring, tuxum, ko’k piyozdan tayyorlanadigan salat

Kerakli mahsulotlar: 240 gr yangi bodring, 300 gr ko’k piyoz, 2 dona tuxum, 60 gr smetana, 3 foizlik sirka, tuyilgan qora murch, ta’bga ko’ra tuz.

Tayyorlanishi: Bodringlar parrak shaklida to’g’rab olinadi va maydalab to’g’ralgan ko’k piyoz bilan aralashtiriladi. Ustiga sirka, tuz, murch, sepib maxsus salat idishiga solinadi. Ustini qaynatib olingan tuxum parraklari bilan bezatiladi. Bezatilgan salat ustiga smetana quyib chiqiladi.

Bodring va rediskadan tayyorlanadigan salat

Ishlatiladigan mahsulotlar: 500 gr yangi bodring, 50 gr rediska, 50 gr ko’k piyoz, 50 gr ukrop (shivit), 2 dona tuxum, 100 gr smetana, ta’bga ko’ra tuz.

Tayyorlanishi: Yuvib tayyorlab olingan bodring va rediskalar parrak yoki bo’lakchalar shaklida to’grab olinadi. Ko’k piyoz va ukrop mayda to’g’rab, bodring va rediska bilan aralashtiriladi. Ustiga tuz sepib, smetana quyiladi. Barcha masalliqlar yaxshilab aralashtiriladi. Maxsus salat idishiga solinadi. Ustiga qaynatib to’g’ralgan tuxum qo’yib bezatiladi va ukrop (shivit) sepib chiqiladi.

Salat tayyorlashning har xil turlari

Pomidor va bodringdan tayyorlanadigan salat

Kerakli masalliqlara: 400 gr yangi pomidor, 150 gr yangi bodring, 50 gr ko’k piyoz, 100 gr smetana yoki 100 gr salat qaylasi, salat barglari, petrushka, tuyilgan murch, tuz.

Tayyorlanishi: Pomidor va bodringlar yupqa parrak yoki bo’laklar shaklida to’g’rab olinadi. Maxsus salat idishiga pomidor va bodringlar ketma-ket terib chiqiladi. Ushbu qatorlar orasiga to’g’ralgan ko’k piyoz solinib, tuz va murch sepiladi. Ustiga smetana yoki salat qaylasidan quyiladi. Dasturxonga tortish chog’ida mayda to’g’ralgan ukrop va petrushka bilan bezatiladi.

Pomidor va bulg’oridan tayyorlanadigan salat

Kerakli masalliqlar: 400 gr yangi pomidor, 100 bulg’ori, 100 gr olma, 50 gr oddiy yoki ko’k piyoz, 150 gr mayonez yoki 100 gr salat qaylasi, tuz va petrushka.

Tayyorlanishi: Tayyorlab olingan pomidorlar bo’lakchalar shaklida to’g’raladi. Olma va bulg’ori somoncha shaklida, piyoz yarim halqa shaklida, ko’k piyozlar maydalab to’g’raladi. To’g’ralgan sabzavot va mevalar bir idishga colib tuz sepiladi. Ustiga mayonez yoki salat qaylasi quyib ehtiyotkorlik bilan barchasi aralashtiriladi. Dasturxonga tortayotganda maxsus salat idishiga solinib, petrushka ko’kati bilan bezatiladi.

Bahor salati

Kerakli mahsulotlat: 200 gr ko’k salat, 200 gr rediska, 200 gr yangi bodring, 50 gr ko’k piyoz, 2 dona tuxum, petrushka ko’kati, 100 gr smetana va ta’bga ko’ra tuz.

Tayyorlanishi: Tayyorlab olingan ko’k salat barglari eniga to’g’raladi. Rediska va bodringlar parrak shaklida, ko’k piyoz maydalab to’g’raladi. barcha masalliqlar aralashtirilib, tuz sepiladi. Ustiga smetana quyiladi va salat idishiga solinadi. Dasturxonga tortayotganda qaynatilgan tuxum bo’laklari va petrushka ko’kati bilan bezatiladi.

«Pazandalik sirlari» ensiklopediyasidan.

Qizil karamdan tayyorlanadigan salat

Kerakli masalliqlar: 500 gr yangi karam, 50 ml 3 foizlik sirka, 20 gr shakar, dolchin, tuz, 30 gr o’simlik yog’i, petrushka va 50 ml suv.

Tayyorlanishi: Tayyorlab olingan yangi qizil karamni somoncha shaklida to’g’rab, ustiga tuz sepiladi va suvi chiqquncha aralashtiriladi. So’ng ustiga sirka dolchin qaynatmasi va shakar solinadi.

Qaynatma quyidagi usulda tayyorlanadi: suvga dolchin va shakar solib yaxshilab qaynatiladi va tayyor bo’lgach , 30 daqiqa tindirib qo’yiladi. Shundan so’ng qaynatmani elakchadan o’tkazib suzib olinadi.

Tayyor bo’lgan salatni maxsus idishga solinadi. Ustidan o’simlik yog’i quyib, petrushka ko’kati bilan bezatiladi.

Salat tayyorlashning har xil turlari

Tuzlangan karamdan tayyorlanadigan salat

Kerakli mahsulotlar: 500 gr tuzlangan karam 50 gr yangi klyukva, 50 gr yangi olma, 20 gr shakar, 30 gr o’simlik yog’i, 20 gr oddiy yoki ko’k piyoz.

Salat tayyorlash usullari: Tuzlangan karam maydalab to’g’raladi. Olmalarni po’stlog’i hamda urug’laridan ajratib, bo’laklarga bo’linadi. Klyukva mevasi terib tozalanadi. Olma va klyukvani karam bilan aralashtiriladi. Ustiga shakar, o’simlik yog’i solib maxsus salat idishiga solinadi. Maydalab to’g’ralgan ko’katlar bilan bezatilib dasturxonga tortiladi.

Ispancha salat

Kerakli mahsulotlar: 200 gr bulg’ori, 200 gr pomidor, 150 gr oddiy piyoz, 100 gr qotirilgan non, 150 gr yangi bodring, 200 yogurt yoki smetana, tuz va murch.

Tayyorlanishi: Bulg’ori urug’laridan ajratib olinadi va somoncha shaklida to’g’raladi. Pomidor va bodring bo’laklar shaklida to’g’raladi, piyoz maydalanadi.

Qotirma nonlar yog’da ozgina qovuriladi. Ushbu masalliqlar barchasi yaxshilab aralashtirilib, ustiga yogurt quyiladi. So’ng ta’bga ko’ra tuz va murch sepiladi.

Rediska va sabzavotlardan tayyorlanadigan salat

Kerakli masalliqlar: 300 gr rediska, 100 gr sabzi, 100 gr yangi pomidor, 100 gr mayonez yoki smetana, 20 gr ko’k piyoz, petrushka va tuz.

Salat tayyorlash usullari: Tayyorlab olingan rediska va sabzi somoncha shaklida to’g’raladi. Bodring va pomidor esa parrak shaklida to’g’raladi. Tayyor bo’lgan sabzavotlar aralashtirilib, tuz sepiladi. Ustiga smetana yoki mayonez va mayda to’g’ralgan ko’k piyoz sepiladi. Dasturxonga tortishdan oldin , petrushka ko’kati bilan bezatiladi.

Olive salati

Salat tayyorlashning har xil turlari

Kerakli masalliqlar: 250-300 gr qaynatilgan tovuq yoki kurka go’shti lahmi, 2-3 dona kartoshka, 2 dona yangi yoki tuzlangan bodring, 70-100 gr gulkaram, 2 dona yangi pomidor, seldrey ildizi, 2 osh qoshiq konservalangan loviya, 2 oshqoshiq, yashil no’xat, 100 gr sarsabl (sparja), tuz, murch, 2 oshqoshiq mayonez.

Qayla uchun: 1/2 stakan o’simlik, 3 foizlik sirka, 1 choy qoshiq shakar, murch, ta’bga ko’ra tuz.

Sarsabl bo’yiga to’g’ri chiziq qilib 3 sm qalinlikda kesiladi. Gulkaram, kartoshka, bodring, pomidor va parranda go’shtlari bo’lakchalar shaklida to’g’raladi. Seldr esa somoncha shaklida to’g’raladi. Qaynatilgan sabzavotlarning ma’lum qismi, parranda go’shti, yashil no’xat va loviya ustiga mayonez, tuz hamda murch sepib, maxsus salat idishiga solinadi. Ustidan qayla quyib aralashtiriladi.

Likopchaga parranda go’shti bo’laklari terib chiqiladi. Ustiga qolgan sabzavotlar, ko’k salat bargi hamda ko’katlar solinadi. Xahishga ko’ra salatga bezatiladigan go’sht bo’laklarini qovurib olish mumkin.

Qayla tayyorlash: o’simlik yog’i, sirka, shakar, tuz va murchni yaxshilab aralashtirib qayla tayyorlanadi.

Baliqli salat

Kerakli mahsulotlar: 90 gr baliq, 55 gr kartoshka, 30 gr sabzi, 40 gr bodring, 35 gr pomidor, 25 gr yashil no’xat, 35 gr gulkaram, 40 gr mayonez, 20 gr salat qaylasi, 10 gr ko’kat, tuz, murch va baliq uchun qayla.

Tayyorlanishi: Baliqli salatni tayyorlash uchun mayda suyaklari bo’lmagan har qanday baliq turi bo’laveradi. Avval ular bo’laklarga bo’lib olinadi. Qaynatilgan kartoshka va sabzi maydalab to’g’raladi. Keyin mayda to’g’ralgan pomidor va bodring bilan aralashtiriladi. Ustiga yashil no’xat, tuz va murch sepiladi. Sabzavotlar va baliqning bir qismi mayonez bilan aralashtirilib, salat idishiga solinadi. Atrofiga baliqning uzun bo’laklari hamda mayonez solinmagan sabzavotlarning qolgan qismi va gulkaram bo’laklari terib chiqiladi. Salatning usti ko’katlar bilan bezatiladi.

Dasturxonga tortishdan oldin, mayonez quyilmagan sabzavotlar ustiga salat qaylasi quyiladi. Baliqning ustiga esa ta’bga ko’ra sirka sepiladi.

Sabzi va sarimsoqli salat

Salat tayyorlashning har xil turlari

Kerakli masalliqlar: 500gr sabzi, 2-3 bo’lak sarimsoq, 150 gr smetana yoki mayonez, 50 gr kolbasa, murch, tuz, petrushka.

Tayyorlanishi: Tayyorlab olingan sabzi tozalab, katta qirg’ichdan o’tkaziladi. Ustiga mayda to’g’ralgan sarimsoq, tuyilgan murch, tuz, mayonez solib aralashtiriladi. Keyin maxsus salat idishiga solinadi.

Dasturxonga tortishdan oldin, salatning ustidan mayonez yoki smetana quyib, atrofi kolbasa hamda petrushka bilan bezatiladi.

«Pazandalik sirlari» ensiklopediyasidan.

Rating
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Макола екдими? Уртокларингиз билан булишинг!:
Islife
Изох колдиринг! Жавоб оласиз...

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: