Oldingi maqolalarimizda buyrak kuchsizligini davolash, buyrak yaralarini davolash hamda suyak chiqqanda birinchi tez yordam haqida gaplashdik. Bugungi maqolamiz, uy sharoitida buyrak og’rig’ini davolasn haqida bo’ladi.
Qanaday belgilari mavjud:
Buyrakda ba’zan ozish, so’lish va charvisi kamayish hollari paydo bo’ladi. Ko’p jinsiy aloqa va ortiq bo’shalish ta’sirida buyrak yog’i butkul yo’qoladi. Buning belgilari-jinsiy aloqa xohishining kamayib ketishi, peshobning oq va ko’p bo’lishi, belning zaif bo’lishi va unda yengil og’riq bo’lishi; ba’zan gavdaning ozishi ham sodir bo’ladi.
Buyrak og’rig’ini davolash mumkinmi:
- Buyrak og’rig’ini davolasn uchun shirin bodomning 400 grammiga 400 gramm shakar qo’shib, tuyib, 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, ozish va charvi yogi kamayishiga foyda qiladi.
- Xuddi shunday pista mag’iziga teng baravar qo’shib, tuyib, talqonini 15 kun 3 maxal och xolda 2 qoshiqdan iste’mol qilinsa, jinsiy aloka xohishining pasayib ketishiga foyda qiladi.
- Tovuq va g’oz yog’larini, echkining buyrak yogini charvi yogi solingan issik nonni 15 kun 3 maxal to’yib iste’mol qilinsa, foyda qiladi. Bu narsalarga peshob xaydovchi dorilar va quvvat beruvchi dorilar aralashtiriladi. Peshob xaydovchi dorilarni yetkazuvchilik vazifasini ado etishi va tabiiy quvvatni harakatga solishi uchun aralashtiriladi.
- Buyrak og’rig’ini davolash uchun uzoq muddat sigir suti ichib yurilsa, buyrak ozishiga foyda qiladi.
- Buyraklari og’rigan kishilarga qo’zi gushti, jo’ja gushti va qo’y kallalari shurvasida maydalangan buyrakni pishirib, sho’rvasi ichirilsa, foyda kiladi.
- Dumba solib tayyorlangan ovqatlarni iste’mol qilinsa- yanada foydaliroq bo’ladi.
- Semiz qo’zining kallasini qozonga solib, unga bir yarim litr suv quyiladi. So’ng qozonni berkitib loylab, bir kecha-kunduz et suyakdan ajralgunicha, hatto suyaklari bir-biridan ajralishga yaqinlashguncha tandirga qo’yib pishiriladi. Unga sariyog’ aralashtirib iste’mol qilinsa, buyrak ozishi tuzaladi.
- Sariq yo’ng’ichka bargi, temirtikanni teng baravar olib, talqoniga ozroq piyoz aralashtirib, 10 kun 3 maxal iste’nmol qilinsa, buyrak ozishi tuzaladi.
Hoji Megnazar Rustam o’g’lining «Dard borki, darmon bor» kitobidan.