Salom do’stlar, oldingi maqolalarimizda yuzdagi dog’larni ketkazish, quruq yuz uchun niqoblar hamda yuz va bo’yin terisi parvarishi haqida gaplashdik, bugungi mavzumiz, uy sharoitida yuz falajini davolash yo’llari, usullari, yuz nerv shamollashi, kasallikning boshlanish belgilari, turlari, xatarlari haqida bo’ladi.
Yuz falajining belgilari:
Bu kasallikda tuflash va puflash og’izni bir tomonidan bo’ladi. Ikkinchi tomoni havoni ham, tupukni ham tuta olmaydi. Ko’pincha yuz falaji bilan birga, bosh og’rig’i ham paydo bo’ladi. Yuzning qaysi tomoni falajga uchragani shunday aniqlanadi: kasal tomoni qo’l bilan tortib tuzatilganda, sog’lom tomon o’zi osonlik bilan tabiiy shakliga qaytadi.
Mushaklarning bo’shashishi sababli bo’ladigan yuz falajining belgilari shuki, unda harakat kuchsizlashadi, sezgilar xiralashadi, teri va mushaklar yumshoq tuyuladi. Tortishganlik sezilmaydi, ko’zning quyi qovog’i osilib qoladi. Tanglay terisining o’sha ko’zga ro’para turgan yarmi ham bo’shashib, rutubat turganga o’xshab likilab turadi. Tilni pastga bosib turib qaralsa, buni ko’rish mumkin. Bunga sabab tanglay terisining o’sha ko’zga ro’para turgan terisi ko’z qovog’iga hamkor bo’lib osiladi. Bunda bemor yuzining terisi bo’yin tomonidan qochib uzoqlashadi va uni o’z joyiga qaytarish qiyin.
Nervidan bo’ladigan yuz qiyshayishining belgilari quyidagilar: ko’pincha sezgilar xiralshmaydi, peshona terisi taranglashib, ajinlar yo’qoladi va yuz mushagi qattiqlashmaydi. So’lak va tupuk oz keladi. Teri bo’yin tomonga ko’proq tortiladi va uni joyiga qaytarish qiyin bo’ladi.
Yuz suyaklarida og’riq, terisida uvishish, yuzning ko’p uchishi yuz falaji paydo bo’lishining belgilaridir.
Yuz falajini davolash yo’llari
- Yuz falajiga uchragan kishini 4 yoki 7 kungacha qimirlatmaslik kerak. Bemorga 28-29 kun zaytun yog’i qo’shilgan no’xat suvidan qilingan ovqatlar beriladi. Asal va jo’ja go’shti kabi qurituvchi narsalar berilmaydi.
- 1 mahal 1 osh qoshiqdan 2 kun makkai sano talqonini kapalab, orqasidan qaynagan suv ichish lozim.
- Bo’yin orqasini 30 kun 1 mahal zaytun yog’i bilan massaj qilish kerak.
- Qorin och vaqtida 1 oy 1 mahal uzum sirkasi bilan yuzni yuvib turish kerak.
- Yuz falajiga uchragan kishi 200 gr sedanani 150 gr uzum sirkasiga aralashtirib, 25 kun burunga tiqib yotilsa, foyda qiladi.
- Eng yetuk tadbir yovvoyi hayvonlarning go’shtini burunga tiqib, kechasi bog’lab yotishdir. Masalan quyon, tog’ echkisi, va bug’u go’shtlarini hidlab sinab ko’rganda, yaxshi foyda qiladi.
- 500 gr bo’yimodaron, 500 isiriq talqonini 7 litr buloq yoki yomg’ir suvida 1 sutka ivitiladi. Ertasi kuni 25 minut qaynatiladi. Yuz falajiga uchragan kishiga 28 kun och holda 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichirilsa yaxshi foydasi tegadi.
- Bemorni qorong’i uyga joylashtiriladi. Qirg’iy, zog’ora baliq o’ti, lavlagi suvi, ona suti bilan aralashtirilib, 12 kun burunga oz-ozdan 3-4 mahal tomiziladi.
- Goho yuz falajiga uchragan kishilar oynaga qarashi buyuriladi. Shunda ular yuzlarini teng baravarlash uchun urinadilar. Yuzni tuzatish uchun 30 kun 3 mahal eng muvofiq oyna – bir oz urintiradigan xitoy oynasiga ko’p qaralsa, yaxshi samara beradi.
- Bu kasalga uchragan bemor tuzalguncha, lalmi no’xatni 1 kg ni 4 litr suvda 1 sutka ivitiladi. Ertasi kuni 45 minut qaynatib, 3 mahal 100 gr dan ichiladi.
Hoji Mengnazar Rustam oglining «Dard borki, darmon bor» kitobidan.